Gvardiolaga Angliya Kubogidagi to'plar yoqmayapti
03 mar 21:38
Yangiliklar


Gvardiolaga Angliya Kubogidagi to'plar yoqmayapti
Pep Gvardiola Angliya Kubogidagi to'plar bo'yicha etiroz bildirdi.
"Manchester Siti" 1/8 finalda "Plimut"ni 3:1 hisobida taslim qildi.
"Siti" futbolchilari bergan 10ta zarba darvoza tomon bormadi. Angliya Kubogida Mitre Sports to'plaridan foydalanishadi.
"Odatda bunday zarbalardan so'ng to'p darvoza tomon borishi kerak. To'pni boshqarish qiyin. Ko'p yillar davomida futbolchi va murabbiylar bu haqida aytib kelishmoqda. Mag'lub bo'lsang, bu bahonadek eshitiladi, ammo bu to'p to'g'ri kelmaydi. Kechirasiz.
Bu haqida gapirishni xohlamagandim, chunki jazolanishni xohlamayman, ammo bu haqiqat. Chempionlar ligasi to'pi - betakror, APLniki - betakror, ammo bunisi yaxshi emas" - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar