So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  7 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

"Al Hilol" ustozi: "Biz ushbu musobaqaning final bahsida o'ynashni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

"Al Hilol" ustozi: "Biz ushbu musobaqaning final bahsida o'ynashni maqsad qilganmiz"

"Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus va himoyachi Kalidu Kulibali Elit Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz ushbu musobaqaning final bahsida o'ynashni maqsad qilganmiz. Ertaga jiddiy raqibga qarshi o'yin kutib turibdi. Biz guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlay oldik. Guruh bosqichida kuchli jamoalar bilan to'qnash keldik. Masalan, o'tgan mavsum g'olibi "Al Ayn". Biz "Paxtakor"ni hurmat qilamiz va ertaga qiyin uchrashuv bo'lishini bilamiz, ammo ertaga biz ustunlik qilishni ko'zlayapmiz. O'zimiz maqsad qilgan natija bilan Riyodga qaytib ketishimiz kerak" - dedi Jorje Jezus.

"Ertaga ancha muhim o'yin kutmoqda. Guruh bosqichini yakunlab oldik, endi esa pley-off bahslari. Biz kam gol o'tkazib yuboradigan jiddiy raqib bilan to'qnash kelamiz. Buyog'iga safarda va uyda o'yinlar o'tkazamiz. Ertaga g'alaba qozonishni va o'z muxlislarimizni xursand qilishni maqsad qilganmiz. Bizni musobaqa etakchilaridan biri deb takidlashmoqda. Ushbu gaplar so'zlar haqiqat ekanligini isbotlashimiz kerak. Riyodga ijobiy natija bilan qaytishimiz kerak" - deya fikr bildirdi Kalidu Kulibali.


- Janob bosh murabbiy, siz bir yarim avval ham O'zbekistonga, aniqrog'i Namanganga kelgan edingiz. "Navbahor"ga qarshi kechgan o'sha bahsdan so'ng o'zbek klublari ancha raqobat bardosh ekanligini aytib o'tgandingiz. Ertaga "Paxtakor"dan nimalar kutmoqdasiz? "Paxtakor" guruh bosqichida bor-yo'g'i bir marotaba g'alaba qozondi va u ham bo'lsa so'nggi turda...

- "Navbahor"ga qarshi o'yin va ertangi bahs o'rtasida farqlar ko'p. "Paxtakor" portugaliyalik bosh murabbiy qo'l ostida va ancha yaxshi shakllangan jamoa. Bir yarim yil avvalgi va ertangi bahsni solishtirish noto'g'ri. Ertangi qiyin bahsga qaramay, men ertaga jamoamdan ijobiy natija kutaman.

Kalidu Kulibaliga savol

- "Al Hilol" bir yarim yil avval "Navbahor"ga qarshi o'yin o'tkazish uchun kelganda, jamoadoshingiz Salim Al-Davsari O'zbekistondagi sovuq ob-havo haqida o'z ijtimoiy tarmoqlaridan birida post qoldirgan edi. Hozirgi havo esa so'nggi safaringizdagingdan ham sovuqroq. Ushbu jihat "Al Hilol" jamoasining o'yiniga salbiy tasir qilmaydimi?

- Ha, ob-havo biz uchun biroz noqulay bo'ladi. Qor va sovuqda o'ynash oson emas, ammo biz ertaga g'alaba qozonishni istasak, barchasiga tayyor bo'lishimiz kerak. Sharoitlar engil kutgandek emas, lekin biz barchasiga tayyormiz. Ob-havo va maydon holati ikki jamoa uchun ham bir xil bo'ladi. Avvalroq aytganimdek, asosiy maqsadimiz o'z muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilish. Biz ko'proq o'yin haqida o'ylashimiz kerak deb o'ylayman.

- "Al Hilol" jamoasining 6ta asosiy futbolchilari ertangi bahsni o'tkazib yuborar ekan. Ushbu yo'qotishlar jamoangiz o'yiniga tasir o'tkazmaydimi?

- Ha, biz har uch kunda o'ynayapmiz. Bunday tig'iz taqvimda harakatlanish oson bo'lmayapti. Tabiiyki, jarohatlar kuzatiladi. Biz bir nechta futbolchilarimizni yo'qotdik. Bunday qisqa vaqt ichida futbol o'ynash, futbolchilarning jismoniy holatiga tasir qiladi. Ertaga maydonga tusha oladigan futbolchilar o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etishi kerak. Ularga katta masuliyat yuklatilgan.

- "Al Hilol" ertaga katta ehtimol bilan birinchi raqam bo'lib o'ynaydi. "Paxtakor" esa ko'proq himoyalanishga va tartibli futbol namoyish etishga intiladi. "Paxtakor"ning zich himoyasini yorib o'tish haqida o'ylab ko'rdingizmi? Raqib ertaga himoyalanishni boshlasa, ushbu holatda qanday qaror qabul qilasiz?

- Bilasizmi, o'yin davomida har narsa ro'y berishi mumkin. Shu sababli, biz raqibni to'liq o'rganib chiqishimiz kerak. Ertaga biz ko'proq vaziyatlar yaratishga intilsak kerak. Bizning tarkibdagi futbolchilar mahoratliroqligi sababli bunday holat kuzatilishi mumkin, ammo bu futbol va o'yin davomida har narsa bo'lishi mumkin.




Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика