So’nggi yangiliklar

13:40Конор Макгрегор Криштианунинг йиғлаганига муносабат билдирди  0 13:21Ўзимизнинг карикатура. Олимпиада учун таркиб танлашда Тимур Кападзенинг боши қотган  2 13:01Olamsport: Ўзбекистоннинг Олимпиададаги байроқдорлари маълум, совриндор спортчиларимиз қанча пул олишади?  0 12:17Артета ва "Арсенал" янги шартнома бўйича музокаралар ўтказмоқда  0 11:42"Вулверхэмптон" Бразилия U-20 терма жамоаси етакчисини сотиб олди  2 11:15Копа Америка. Бразилия - Колумбия 1:1, Хамес Родригеснинг стандартлари Бразилияни қийнаб қўйди  1 10:562025 йилнинг ёзида эркин агентга айланиши мумкин бўлган энг қиммат футболчилар рўйхати эълон қилинди  1 10:28Копа Америка. Чорак финал олдидан Бразилия терма жамоасида катта йўқотиш бор  7 10:00«Челси» 35 миллионлик трансферни амалга оширди  4 09:42Шерзод Файзиев "Қизилқум"ни тарк этди  1 09:33Месси? Аргентина терма жамоасининг олимпиадага борадиган таркиби маълум  8 09:05Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  1 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун воҳа дербиси бўлиб ўтади  6 08:08Копа Америка. Чорак финал жуфтликлари маълум, бу ерда ҳам дахшатли ўйин бор!  19 07:59Копа Америка. Бразилия қийинчилик билан чорак финалга йўл олди  7

Timur Kapadze: "OKMK xatolarni kechirmaydi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "OKMK xatolarni kechirmaydi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Olimpik" - OKMK (0:1) jamoalari to'qnash kelgan uchrashuvdan so'ng "Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Avvalambor, OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin o'tdi. Bahsga yaxshi tayyorlangandik, raqibni o'rganib chiqqandik. Afsuski, o'yindagi bir epizodda xato qildik va OKMK bundan unumli foydalandi. To'g'ri, mahorat va tajriba bobida OKMK bizdan ustun. SHu sababli ular bunday paytda raqibni kechirib o'tirishmaydi. Umuman olganda, teng kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatdan kerakli xulosalarni chiqaramiz. Ikkala bo'limda ham bir qancha xatolar qildik. Yoshlarda beqarorlik bo'lishi mumkin, ko'p jihatlarni to'g'rilash kerakligini tushunib turibmiz.

- Biz bilgan "Olimpik" dastlabki daqiqalardanoq hujumga o'tadigan, raqib darvozasini o'qqa tutadigan jamoa. Bugun "Olimpik" OKMK darvozasi tomon birorta aniq zarba yo'llamadi.

- Birinchidan, OKMK bunga imkoniyat bermadi. Ikkinchidan, ular oddiy o'yin namoyish qilishdi. Asosan, Boakega uzun uzatmalar uzatishdi. Albatta, bu bizga qiyinchiliklar tug'dirdi. Zarba berdik, ammo raqib himoyachilaridan o'tmadi. Bundan yaxshiroq o'ynasak bo'lardi. Gol o'tkazib yuborgandan keyin yaxshiroq o'yin ko'rsata boshladik, tavakkal qilishga o'tdik. Raqiblarning xatosini ham kutdik. Katta kuch bilan hujumga o'tganimizda, OKMKning qarshi hujumda yaxshi o'ynashini ham hisobga oldik. OKMK oddiy o'ynagani uchun bizni ritmdan tushirib qo'ydi.

- Jamoangizda faqat yosh futbolchilar o'ynashadi. O'zingiz ham futbol o'ynagansiz. Tarkibingizda tajribali futbolchilarning bo'lishi qanchalik yaxshi yoki yomon?

- Albatta, tarkibda tajribali futbolchilarning bo'lishi yaxshi holat. Ular ortdan turib ko'rsatma berishadi, tanbeh qilib turishadi. Ammo bizda maqsad boshqacha, terma jamoa sifatida o'ynayapmiz, yigitlar o'zlari rivojlanishi kerak. Etakchilar paydo bo'lishadi. Bunda men hech qanday qiyinchilik ko'rmayapman. Jamoani barpo qilayotganimizda bizga bir-ikki nafar tajribali, masalan, markaziy yarim himoyachi olish kerakligini aytishdi. Superligaga chiqqanimizda ham shunday savol yana takrorlangandi. Bundan mani bormi? Biz terma jamoamiz, ular turnirlarda bizga yordam berishmaydi. Ularga ko'proq imkoniyat beramiz. Umuman olganda buni uddalayapmiz. Hech kimga o'yin bobida yutqazmayapmiz, yaxshi o'ynayapmiz. Bazida farq katta bo'lib ketishi mumkin. Yigitlar o'sishdi va ishochnliroq o'ynashmoqda. Bugun ishlar o'xshamagandir, ammo ularning katta bo'lishayotgani sezilmoqda. Ammo bu chempionatning boshlanishi.

- To'g'ri, bu mavsumning starti. Ammo "Paxtakor"ga qarshi bahsdan keyin yigitlar jiddiylashib qolgandek. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Fikringizga qo'shilaman. O'tgan mavsum startida ham bizni unchalik mensishmagan, jiddiy qabul qilishmagandi. Endi esa boshqa jamoalar bizni yanada jiddiyroq o'ylashmoqda. "Paxtakor"ga qarshi o'yin ko'rsatmoqdaki, yigitlarning darajasi endi yuqoriroq. Balki, yigitlarni natija uchun o'ynatishga ham o'rgatish kerakdir. Endi biz uchun ham raqiblarni mag'lub etish topishmoqqa aylanmoqda. "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin, balki, yigitlar biroz xotirjam bo'lib olgandir. Hozir kartochkalar bobida ham muammolar bor. Jizzaxda ham qizil kartochka qabul qilib olganmiz. Albatta, buni gaplashib olamiz. Yoshlar jamoamizda ham chetlatilganlar bor. Bularni yigitlar bilan muhokama qilib olganmiz. Boshida shunday bo'ladi, o'tiramiz, gaplashib olamiz. Yigitlar tempni ko'tarib olgandan keyin barchasi yaxshi bo'lib ketadi. Bizga ham "Paxtakor", OKMK, "So'g'diyona" kabi jamoalarga qarshi o'ynash qiziq. Hozir barcha jamoalar har-xil darajada. Futbolchilarim esa o'yindan-o'yinga yaxshi tajriba olishmoqda. Bugungi o'yinda hech nima o'xshamagandir, ammo bu kelasi o'yinda barchasi chiroyli o'tishi uchun turtki berishi kerak. 

- Juda ko'p qizillar bo'lib ketdi. Bugun diskvalifikaciyadagi to'rt futbolchi yoshlar jamoasi tarkibidan edi. Ular ligani mensishmadimi yoki yulduzlik kasaliga chalindimi?

- Agarda o'yin videosini tomosha qilsangiz, kartochkalarning ko'pi nohaq tarzda berildi. Tushunarli, janjal bo'lgandi. Lekin bizdan uch kishi chetlatilishi kerak emasdi, bir futbolchida qizil tayin edi. SHunchaki ular janjal markazida bo'lgani uchun qizil kartochka berildi. Buni biz videoda ko'rdik, chetlatish yo'q edi. Yoshlar ligasidagi ikkinchi tur o'yinida esa Timur Mamasidiqovga simulyaciya ishlatgan deb ikkinchi sariq berilmoqda. Biz bu fikrga qo'shilmadik. CHunki penalti beriladigan joyda hakam jarima zarbasi belgiladi. Nolimayman, zaxiradagi futbolchilarga imkoniyat beryapmiz. Albatta, Jasur ham, Temur ham, Ali ham bo'lganida yaxshiroq bo'lardi. Oldimizdagi turnir oldidan bu jamoaga kuch berardi. Ammo shunday bo'lsa ham kelasi o'yinlarda ular jamoaga yordam berishadi. 

- Jo'raqo'ziev, Odilov va Jiyanov o'yinda poziciyalarini almashib o'ynab turishdi. Bu taktik ishlanmami yoki o'zlarining kreativligi?

- Umuman olganda, buni hech qachon taqiqlamaganman. Ularga poziciyalarni almashib turishni tavsiya qilganman. Bazida shunday vaziyatlar bo'ladi, hujumda boshqa futbolchi katta hajmli ishni qilishi mumkin. Odatda o'yinlarda futbolchilarda yuklamalar bir xil bo'ladi. Undan tashqari, futbolchilar qanotda o'ynashni ham o'rganib olishgan. Bu ular uchun yaxshi tajriba. Qanotlarni o'zgartirib turish himoyachilarga ham qiyinchilik tug'diradi. Bazida bir himoyachi raqib hujumchisiga moslashgandan keyin boshqacha fikrlaydigan, boshqacha texnikali hujumchi kelsa, noqulaylik tug'diradi. SHu orqali ular markaziy hujumchi va qanot hujumchilari vazifalarini tushunib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика