So’nggi yangiliklar

08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  1 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  10 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  8 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3

Timur Kapadze: "Navbahor" o'tgan yili bajarilmay qolgan vazifani uddalash uchun harakat qilayapti" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Navbahor" o'tgan yili bajarilmay qolgan vazifani uddalash uchun harakat qilayapti"

Coca-Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Olimpik" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa yaxshi harakat qildi. Bugungi uchrashuvni tomosha qilgan muxlislar ayni tomoshabop o'yin guvohi bo'lishdi deb o'ylayman. Jamoamiz yigitlari yomon harakat qilishmadi, har bir vaziyat uchun oxirigacha kurashishdi.

- Bu yilgi "Navbahor" va uning muxlislari haqida munosabatingizni bildirib o'tsangiz...

- "Navbahor" ayni kunlarda yaxshi formada. Ular o'tgan yili o'xshamay qolgan chempionlik uchun harakat qilishayapti. Muxlislari ham har doim jamoasini qo'llab-quvvatlashadi. Ular yaxshi o'ynasa, kerak bo'lsa raqib jamoani ham olqishlashadi.

- "Olimpik" atrofidagi ijobiy gap-so'zlar jamoaga bosim yuklab qo'ymadimi? Jamoa o'tgan yilgidek ko'rinmayapti...

- Bizda tarkibda o'zgarishlar ham bo'ldi. Yigitlar yomon harakat qilishmayapti. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Bizning vazifamiz ham shu aslida. Yigitlarni bosh maqsadimiz tomon munosib tayyorlash.

- "Navbahor" bilan bilan kubok o'yinida ham to'qnash kelasizlar. Bu borada fikringiz qanday?

- Biz hali guruhdan chiqmadik. "Andijon" bilan raqobat jiddiy kechayapti. Bugun o'ynagan jamoa bilan 3 kundan keyin yana to'qnash kelish osonmas. Biroq, buning ham yaxshi tomoni bordir deb hisoblaymiz.

- U-20 jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoamiz tarkibidan ko'zlaganlaringiz bormi?

- Albatta, ularning har biri nomzod. Nufuzli turnir oldida ekanliklari uchun avvalroq chaqirmagandim. Albatta, bu terma jamoamizdan bizga nomzodlar bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика