So’nggi yangiliklar

20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  3 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  15 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8

Timur Kapadze: "Himoyada yuzaga kelgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Himoyada yuzaga kelgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik"

Pro liganing 16-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. "Aral Samali" jamoasi ham bugungi o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rgani ko'rinib turibdi. Suniy maydonda futbol o'ynash baribir qiyin. Yaxshi o'ynayotgandik, himoyada yuzaga kelgan xato evaziga gol o'tkazib yubordik. O'yinning so'nggi qismi keskin va qiziqarli ruhda o'tdi. Bugun ikki ochko yo'qotdik, deb o'ylayman, chunki birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. "Aral Samali"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Kimdir xato qilmasa, gol bo'lmaydi. Himoyachimiz xatosi evaziga gol o'tkazib yubordik. Xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz, maqsadimiz sari harakat qilishda davom etamiz.

"Aral Samali" jamoasi yaxshi shakllanmoqda ekan, o'zgarishlar ko'p. Bu erda futbolni yaxshi ko'radigan muxlislar soni ko'plab topiladi, lekin maydon baribir belgilangan standart darajasida emas. Birinchidan, suniy maydon, bundan tashqari, bir oz kichikroq. Lekin futbol o'ynasa bo'ladi.

Farg'onaning "Neftchi" klubiga hujumchi sifatida kelganimda jamoa safida bir qator tajribali futbolchilar bor edi. Xususan, qoraqalpoq futbolidan Nematullo Quttiboev ham o'ynagan. Yodimda bor, u kishi bizga vaziyatlarni gol bilan yakunlash bo'yicha ko'p narsalarni o'rgatgan. Bundan tashqari, jamoada aka-uka Do'rmonovlar, Sergey Lebedev, Aleksandr Pisarev, Andrey Fyodorov kabi nomdor futbolchilar bor edi, ulardan ko'p jihatlarni o'rganganmiz", – dedi "Olimpik" bosh murabbiyi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика