"Olimpik" vakillari 2 oydan beri maosh olishmayapti

Tolibjon Qosimov
10 iyul 2025, 15:01
Proliga ishtirokchisi bo'lgan "Olimpik" klubida maoshlar bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan.

Bu haqda "Championat.asia" sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"O'zbekiston tarixida ilk bor Olimpiadaga chiqishga katta hissa qo'shgan "Olimpik" klubida futbolchilar, murabbiylar va xodimlar oldida qarzdorlik mavjud ekan.

Ishim bitdi, eshagim loydan o'tdimi?", - deb yozdi Saydullaev.


Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum ham Parij Olimpiadasidan keyin "Olimpik" vakillariga 3 oydan oshiq vaqt mobaynida maoshlari berilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia