Tilemans "Arsenal" bilan shartnoma borasida kelishib oldi
13 noy 2022 10:47
Yangiliklar


Tilemans "Arsenal" bilan shartnoma borasida kelishib oldi
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 25 yoshli belgiyalik futbolchi allaqachon "kanonirlar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Oldinroq Tilemansga Kataloniyaning "Barselona" jamoasi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Xavbekning "Lester" bilan amaldagi bitimi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali Belgiya terma jamoasi futbolchisini 40 million evroga baholamoqda.
Tilemans joriy mavsum "tulkilar" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Futbolchi 2019 yildan beri ingliz klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ilgari u "Monako" va "Anderlext" klublarida ham to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 4
03:20
APL. "Liverpul" o'z uyida "Nyukasl"ni mag'lub etdi va jadvaldagi etakchiligini yanada mustahkamladi 13

Fikrlar