Tibo Kurtua: "Belgiya Evropa chempionatini yutmoqchi"
11 iyu 2021 20:56
Yangiliklar
Tibo Kurtua: "Belgiya Evropa chempionatini yutmoqchi"
"So'nggi turnir o'tkazilganiga besh yil o'tdi. Menda 2016 yildagi muvaffaqiyatsizlik uchun birovdan o'ch olish tuyg'usi yo'q. Biz intilishda davom etishimiz kerak, ushbu turnirda g'alaba qozonish istagimiz yuqori. Avvalgidan-da yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. Qiyinchiliklarni engib o'tsangiz, kuchli bo'lasiz. ‘Real’ bilan mavsumni yaxshi o'tkazdim.
Evro-2020'da yaxshi natijaga erishamiz degan umiddaman. O'z ustimizda ko'proq ishlashimiz kerak, turnirdagi ishtirokimiz ertaga boshlanadi. Rossiyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz, xuddi Rossiyadagi Jahon chempionatida bo'lgani kabi o'yindan o'yinga kuchayishimiz kerak.
Albatta, uchrashuv qiyin ruhda o'tadi. Futbolchilar maydonda juda ko'p energiya sarflaydi, bu aniq. Tomoshabinlar qarshisida futbol o'ynash ajoyib va biz murakkab uchrashuvga tayyormiz", — deydi Kurtua.
Fikrlar