So’nggi yangiliklar

12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  3 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  6 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  3 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  9 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  1 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  9 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0

Tiago Lino De Souza: "Qatar musobaqani uchta mag'lubiyat bilan tark etmoqchi emas" Yangiliklar

Tiago Lino De Souza: "Qatar musobaqani uchta mag'lubiyat bilan tark etmoqchi emas"

Teglar :  Futzal
Osiyo chempionati 1-turidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab qatarliklar ustozi Tiago Lino De Souza qatnashdi.
"Bugungi uchrashuv ishqibozlar uchun qiziqarli bo'ldi deya aytolmayman. Yaponiya tarkibiga nazar soladigan bo'lsak, bu futzalchilar bir necha yillardan buyon birgalikda o'ynab keladi. Rodrigo ham Yaponiyaga 8 yildan buyon bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Yaponiya juda kuchli va tajribali va shakllanib ulgurgan jamoa. Biz esa hali yangi jamoamiz. Qatar endi-endi o'sib kelmoqda. Biz imkon qadar yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. Yaponiya bilan o'yinda kichik hisobda yutqazganimiz ham yomon natija emas. Biz uchun muhimi natija emas. Maqsadimiz munosib ishtirok etish.

Keyingi Avstraliya va Malayziyaga qarshi bahslarda yutuqqa erishishga harakat qilamiz. qatarda ham futzalni rivojlantirish uchun ishlar ketmoqda. Biz ushbu musobaqada Qatar nimalarga qodir ekanligini ko'rsatishga va isbotlashga harakat qilamiz. Biz turnirni uchta mag'lubiyat bilan yakunlamoqchi emasmiz. Asosiysi maqsadimiz Qatarda ham futzalni saviyasini, darajasini oshirish. Menga Avstraliya - Malayziya uchrashuvini natijasi muhim emas. Men uchun keyingi bellashuvda g'alaba qozonish muhim. SHu bois menga bu to'qnashuvning ahamiyati u qadar muhim emas.

Yaponiyada 7 daqiqadan so'ng 4tasi chiqdi va 4tasi chiqdi, o'yinchilar almashgani bilingani yo'q, ular bir birini o'rnini to'ldira olishayapti. Avstraliyada ham shunday bo'lishi mumkin. Menda esa bunday imkoniyat yo'q. Bir xil o'yin qoidasi buzilgan vaziyatda Qatar futzalchilariga 2ta sariq kartochka ko'rsatildi, Yaponiyaga esa xuddi shunday vaziyat uchun ogohlantirish yo'q. Nimaga? Qatar mitti davlat bo'lgani uchun bizga bunday munosabatda bo'lishmasin. Bizda ham qoidalarni biladigan odamlar bor", - deydi Qatar bosh murabbiyi Tiago Lino De Souza.

SHahboz Beg'amov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика