So’nggi yangiliklar

15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  1 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   12 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  3 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  5 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  12 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  5 11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  6 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  15 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  4 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  5 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  2 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  7

Terri Anrining yangi izdoshi Kilian Mbappe haqida Yangiliklar

Terri Anrining yangi izdoshi Kilian Mbappe haqida

Teglar :  Kilian Mbappe
Mbappening talanti Franciya uchun yangilik emas. 2012 yili 14 yoshli yigitning oldiga “Real” ustozi Zinedin Zidanning o'zi kelgan va Kilianani Madridga ko'chirib o'tishga harakat qilgan.

Yosh yigitning otasi Zidanga ushbu taklifga rad javobini bergan. SHundan so'ng Mbappe “Monako”ga yo'l olgan. Albatta, biroz vaqtdan so'ng “Real” Kilian uchun yana ovni boshlaydi, ammo bu safar u biroz qimmat turadi.

Mbappe akasidan ko'ra talantliroq futbolchi. Kilian barcha yoshda o'z tengqurlari orasida ajralib turgan. O'tgan yili yozda Evro U-19 o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada Mbappe turnirning eng yosh futbolchisi bo'lib porladi. Franciya U-19 terma jamoasi ushbu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan va Mbappe musobaqaning eng foydali futbolchilari qatoridan joy oldi. Iyul oyida muxlislar Mbappedan liga 1 (oliy liga)da ajoyib natijalar ko'rsatishini istadi va Kilian muxlislarni ranjitmadi.



Kuchli taraflari

Mbappening kuchli tarafi bu uning tezligida. Kilian to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Uning eng xavfli tarafi qanotdan uyushtiradigan hujumlari hisoblanadi. Mbappe uzun oyoqlari bilan katta qadam tashlab istalgan raqibidan o'tib ketishi mumkin.

Mbappe to'p bilan muloyim harakat qiladi va  u tezlik olmaganda ham har qanday raqibga xavf sola oladi. Kilian jasur futbolchi, u taniqli himoyachilardan ham qo'rqmaydi. O'ziga bo'lgan ishonch ko'pincha unga qo'l keladi. Mana shunday texnikaviy salohiyati bilan yorqin dribling qila oladi. Mbappe yuksak mahorat egasi. Yo'llagan zarbalaridan 74 foizi darvozaga aniq boradi, to'pga yo'llagan zarbalaridan 30,4 foizi esa darvoza to'ridan joy oladi. Ushbu raqamlar top hujumchilarning darajasi bilan baravar. Mbappe mana shunday natijalarni 18 yoshida amalga oshirmoqda.



Kuchsiz tarafi

Kilianning zaif nuqtasi uning driblingida. Mbappe to'pni o'zida mohirlik bilan olib yuradi, ammo bazida o'z imkoniyatilariga katta baho berib yuboradi. Lekin uning raqib futbolchisini aldab o'tishga bo'lgan urinishi ko'pincha to'pni yo'qotish bilan tugaydi. Kiliani uchinchi urinishida raqib futbolchisini aldab o'tib uni ortda qoldirib ketadi. Yosh francuzning ishonchli driblingdagi ko'rsatgichi 34,4 foizni tashkil etadi. Mbappe jismoniy kurashlarda raqiblariga imkoniyatni boy beradi. Ehtimol 18 yoshli tezkor qanot himoyachi uchun ajablanarli emasdir. Bor yo'g'i 17 foizgina ko'rsatgichda Kliani yakka kurashlarda g'olib chiqishi mumkin. Ko'p hollarda yakka kurashlarda raqib jamoa futbolchisiga osonlik bilan imkoniyatni boy berib qo'yadi. Kilian xavodagi kurashda ham yaxshi o'ynay olmaydi. Yosh franciyalik futbolchi xavodagi kurashlarning bor yo'g'i 10 foizida g'olib chiqishi mumkin. Barqaror o'yin ko'rsatmasligi Mbappening yana bir kamchiligi sanaladi. Mbappe barqaror o'yin ko'rsata olmaydi. Bir safar yaxshi o'yin ko'rsatsa boshqa safar umuman yomon o'yin ko'rsatadi.



O'yin uslubi

Mbappe kuchli va tezkor yarim himoyachi. Taniqli futborlchilarni ham aldab o'tishdan qo'rqmaydi. Yosh franciyalik futbolchi ikkala qanotda ham bemalol harakat qila oladi, xattoki markazdan ham hujum qilish qobiliyatiga ega. Mbappe har doim raqib darvozasini ishg'ol qilishni ko'zlab harakatlanadi. Kilian qanotlardan uyushtirilayotgan hujumlarda ishtirok etishni yoqtiradi, jamoadoshlariga to'pni uzatish o'rniga raqib darvozasiga zarba berish yo'llarini izlash uning sevimli uslubi.

Franciyada Mbappeni Terri Anriga kamdan-kam hollarda Antonio Marsyalga qiyoslashadi. Anri 18 yoshida 22 uchrashuv o'tkazib raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qilgan. Marsyal 3 yil oldin 15 uchrashuvda maydonga tushib 2 marotaba raqiblar darvozabonini ranjitgan. 18 yoshli Mbappe esa mavsumda “Monako” safida 12 marotaba raqiblar darvozasiga gol urgan.



Yutuqlari

“Monako” klubi tarixida raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan eng yosh futbolchi.

ECHL musobaqasi tarixida raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan ikkinchi eng yosh futbolchi (Benzemadan so'ng).
Evro – 2016 U-19 musobaqasining eng yaxshi yarim himoyachisi.

18 yoshida 39 marotaba maydonga tushib raqiblar darvozasini 13 bor ishg'ol qilgan va 10 marotaba golli uzatma oshirgan.

Ko'p hollarda Mbappening o'rniga uning otasi qaror qabul qiladi. Yozda “Manchester Siti” futbolchining transferi uchun “Monako”ga 40 million evro taklif qilganda aynan Mbappening otasi bunday taklifga rad javobini bergandi. Mbappening transfer summasi o'yindan-o'yinga qimmatlashib bormoqda. Kilian yoz oyida Evropaning top klublaridan biriga o'tish ehtimoli ham yo'q emas.




footballhd.ru saytidan Jahongir Sotvoldiev tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика