"Real" Mbappe kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi
19 iyu 2025 18:44
Yangiliklar
"Real" Mbappe kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'tkir gastroenterit bilan shifozonaga yotqizildi.
Avvalroq "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso franciyalik o'yinchini jamoa azolariga kasallik yuqtirish xavfining oldini olish maqsadida mehmonxonada yakkalantirilganini malum qilgandi.
Madridning "Real" klubi AQSHda o'tkazilayotgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Chorshanba kuni madridliklar Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi bilan durang o'ynadi (1:1) va unda Mbappe o'yinni o'tkazib yubordi.
Turnirning navbatdagi uchrashuvida "Real" 22 iyun kuni Meksikaning "Pachuka" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar