So’nggi yangiliklar

20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  1 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  1 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  5 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0 18:31Суперлига. 16-тур ўйинларини бошқариб борадиган ҳакамлар маълум  2 17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  4 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  13 16:44"Реал" бугун "Барселона"дан ўтиб кетиши ва навбатдаги рекордларни ўрнатиши мумкин  8 16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  20 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  10 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  13 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  7 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  14 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  9

Terma jamoamiz Abu Dabida BAAni tor-mor etdi Yangiliklar

Terma jamoamiz Abu Dabida BAAni tor-mor etdi

BAA va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
BAA - O'zbekiston 0:4
Gollar:
Temur Kapadze 30, - 0:1. Muhammad G'arib 45+1, - 0:2.Server Jeparov, 68 - 0:3.Navro'z Alimov, 90+3 - 0:4.
Bosh hakam:
Ibrohim Ali Nuriddin (Misr)
O'zbekiston:
Eldor Suyunov, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov (Egor Krimec, 75), Sanjar Tursunov (Navro'z Alimov, 75), Odil Ahmedov (Sardor Rashidov, 84), Aziz Haydarov, Temur Kapadze (Igor Sergeev, 75), Server Jeparov, SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 84), Vohid SHodiev, Farruh Sayfiev (Salim Mustafoev, 84). 
BAA: 12.Xolid Issa, 25.Xabush Solih (4.Habib Fardan, 46), 7.Ali Mabxut (20.Said Salim Al Xatiri, 46), 8.Hamdan Al Kamoli, 18.Muhammad Favzi, 21.Mahmud Hamis Al Hammadi (14.Abdulaziz Sanqur, 46), 11.Ahmad Halil Al Junaybi, 15.Ismoil Salim Al Hammadi (19.Ismoil Ahmad Muhammad, 85), 23.Muhammad Ahmad G'arib, 5.Amir Abdulrahmon (26.Muhammad Al Amudi, 67), 13.Hamis Ismoil.
Zaxira: 1.Ali Xasif, 22.Muhammad Al Xosani, 2.Ahmad Ali Salim, 6.Muhanad Al Amin, 9.Abdulaziz Haykal, 16.Rashid Al Falasi,  24.Tariq Al Hammadi.
Ogohlantirishlar: Mahmud Hamis Al Hammadi 3, Muhammad G'arib 56, Server Jeparov 57.


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

90+6. O'YIN TUGADI.
O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda BAAni yirik hisobda taslim qildi.

90+3. Jeparov to'pni Navro'z Alimovga oshirdi, yosh hujumchining chamasi 20 metrlardan yo'llangan zarbasini darvozabon qaytara olmadi - 0:4!

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOL! GOOOOOOOOOOOOL! NAVRO'Z ALIMOOOOOOV! AJOYIB GOL!

90. O'yinga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Jeparovvv! Burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi!

87. XAVFLI VAZIYAT! Rashidov chap qanotdan oldinga o'tdi va Alimovga to'p uzatdi. Navro'zning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

86.
Ikkala jamoa murabbiylari bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Yangi futbolchilar hozircha maydonga moslashishmoqda

82. O'zgarishlar. O'zbekiston.
SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, Odil Ahmedov o'rniga Akmal SHorahmedov, Salim Mustafoev va Sardor Rashidov tushdi

77.
Eldor Suyunovga yana bir bor tasanno! Raqib hujumchisiga imkon qoldirmadi

75. O'zgarishlar. O'zbekiston.
Anzur Ismoilov o'rniga Egor Krimec, Sanjar Tursunov o'rniga Navro'z Alimov, Temur Kapadze o'rniga Igor Sergeev tushdi

75. Statistika. O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida 15-marta BAAga qarshi maydonga tushdi va ilk bor raqib darvozasiga bitta o'yinda 3ta gol urdi!

74. Xavfli vaziyat!
Himoyadagi xatodan so'ng Ismoil Salim Al Hammadi zarba berdi, kuchsiz zarbadan so'ng Suyunov to'pni egallab oldi

72.
Terma jamoamiz azolari erkin harakat qilishmoqda. Tursunov o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni markazdagi Jeparovga oshirdi. Sardorimizning zarbasi xavfli chiqdi, biroz noaniq!

68. AJOYIB KOMBINACIYA AJOYIB GOL! CHap qanotda Odil Ahmedov to'pni SHodievga oshirdi, Vohid bir nafar raqibni aldab markazdagi Tursunovni "ko'rdi". Sanjarning zarbasidan so'ng to'pni posbon qaytardi, qaytgan to'pni Jeparov darvozaga joylab qo'ydi - 0:3!

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SERVER JEPAROV! 0:3

66. ZARBA! Ahmad Halil jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi! Biroz noaniq!

65.
Arabalar shoshma shosharlik bilan harakat qilishmoqda. Hujumlar bor, lekin pala partish

62. Xavfli vaziyayayat! Jeparov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, to'pni posbon qaytardi!

57. ZARBAAA! Jeparovning yo'llagan zarbasidan so'ng Xolid Issa to'pni qaytardi!

57. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Server Jeparov

56. SHodiev jarima maydoni yonida jarima to'pi ishlab oldi, xavfli bo'lishi mumkin. Darvozagacha 27 metr masofa

56. Ogohlantirish. BAA.
Muhammad G'arib

54. Yaxshi hujum!
Vakillarimiz raqib jarima maydoni ichida yaxshi harakat qilishdi, biroq yakuniy zarba o'xshamadi. Tursunov, Jeparov va Ahmedov faol o'ynashgandi

52. ZARBAAA! Hamis Ismoilning 30 metrlardan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi!

51.
Jamoalar to'pni markazda ushlab turishibdi, hozircha hech bir tomon xavfli hujumni tashkil etgani yo'q.

47.
BAA ustozi Mahdi Ali tabiiyki natijadan qoniqmayapti va bir yo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdi

46. O'zgarishlar. BAA.
Ali Mabxut o'rniga Said Salim Al Xatiri, Xabush Solih o'rniga Habib Fardan, Mahmud Hamis Al Hammadi o'rniga Abdulaziz Sanqur tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha O'zbekiston 2:0 hisobida oldinda. 15 daqiqa tanaffus

45+2.
Gol bo'lgan vaziyatda SHodiev raqib posboni Xolid Issaning yuziga zarba berib yubordi...posbonga shifokorlar yordam ko'rsatishdi

45+1.
Ahmedov o'ng qanotga Tursunovga to'p uzatdi, Sanjar to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Muhammad G'arib kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi - 0:2.

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:2

44. ZARBAAAAAAAA! Ahmad Halil Al Junaybining zarbasi aniq chiqdi! Eldor Suyunovga tasanno!


41. Aziz Haydarov jarima maydoni yonida Ali Mabxutni yiqitdi. BAA xavfli jarima to'piga ega bo'ldi

37. Xavfli vaziyat! Arablar jarima to'pini amalga oshirishdi, Mahmud Hamisning zarbasi xavfli lekin biroz noaniq chiqdi!

34. Temur Kapadze o'ng qanotdan jarima maydoniga to'p uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Keyingi vaziyatda Haydarov raqib futbolchisi tomonidan yiqitildi, hakam indamadi

31. Hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun bir daqiqa vaqt berdi

30. O'ng qanotdan SHuhrat Muhammadievning havolatib oshirib bergan to'pini Temur Kapadze boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

30. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Temur Kapadze!! 0:1

29. Sayfiev va Suyunov o'zaro tushunmovchiligi tufayli arablar sal qolsa gol urishlari mumkin edi

28. Jeparov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p to'g'ri Xolid Issaning qo'llariga borib tushdi

26. BAA hujum qildi, Ali Mabxut va Mahmud Hamis Al Hammadi zarba berishda kech qolishdi

25. Terma jamoamiz chap qanotdan hujum tashkil qildi. Sayfiev oldinga o'tib to'pni Odilga oshirdi, Ahmedov to'pni yana Farruxning o'ziga qaytardi, chap qanot himoyachimiz zarba bera olmadi

21. Odil Ahmedov yana bir bor zarba berdi, to'p noaniq ketdi

18. Terma jamoamizning tezkor hujumi...Biroq Jeparov to'p uzatishda noaniq harakat qildi, Tursunov to'pga eta olmadi

15. Ahmad Halil! Hujumchi jarima maydonimiz yoniga yaqinlashib kelib zarba berdi, kuchsiz chiqqan zarbadan so'ng to'pni Suyunov egallab oldi

13. ZARBAAA! Odil Ahmedov chamasi 30 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi!

12. Xavfli vaziyat! Odil Ahmedov to'pni o'ng qanotdan erlatib Jeparovga oshirdi, Server orqaroqda turgan Tursunovga tashladi, Sanjarning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

9. Farruh Sayfievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi aniq lekin kuchsiz chiqdi, darvozabon o'z o'rnida

8. CHap qanotdan oshirilgan to'pni Mullajonov qaytarib yubordi va raqibning hujumini to'xtatdi

7. Jeparov markazda to'pni sheriklariga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi, aks holda hujum xavfli ko'rinish olardi

5. BAA futbolchilari jarima to'pini amalga oshirishdi, to'pga hech kim tegmadi va darvoza yonidan o'tib ketdi

4. Vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi. Jeparovning oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

3. Ogohlantirish. BAA. Mahmud Hamis Al Hammadi

O'YIN BOSHLANDI!

- Bahs soat 19:37da boshlandi.

- O'yin boshlanishi biroz kechikmoqda.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика