So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  21 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  3 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

BAA - O'zbekiston uchrashuvini katta ekranda tomosha qilishni istaganlar diqqatiga! Yangiliklar

BAA - O'zbekiston uchrashuvini katta ekranda tomosha qilishni istaganlar diqqatiga!

Toshkentda O'zbekiston terma jamoasining hal qiluvchi o'yinlari ko'chada jonli efirda namoyish etiladi - jonli atmosfera, koncertlar va yoshlarning kuchli energiyasi!

5 iyundan 10 iyungacha O'zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon yoshlar harakati markaziga aylanadi. Bu erda "O'zbekiston — istedodlar zamini" deb nomlangan yangi loyiha doirasida vatanparvarlik, birdamlik va yoshlar salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan keng ko'lamli tadbirlar bo'lib o'tadi.

Haftaning eng asosiy voqealari — Jahon chempionati — 2026 saralash bosqichidagi hal qiluvchi o'yinlarning to'g'ridan-to'g'ri namoyishi:

5 iyun — BAA vs O'zbekiston (Abu-Dabi shahrida)
10 iyun — O'zbekiston vs Qatar (Toshkent shahrida)


O'yinlar yulduzli osmon ostida katta ekranda namoyish etiladi.

6 iyundan 9 iyungacha — koncertlar, motivacion chiqishlar va yoshlar uchun maxsus tematik tadbirlar tashkil etiladi.

Tashkilotchilar 16 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan 100 mingdan ziyod ishtirokchilarni kutmoqda. Tadbirlarga kirish Telegram-bot orqali ro'yxatdan o'tish asosida amalga oshiriladi: @land_uzbot

Boshlanish sanasi — 5 iyun, soat 19:00 da.


O'yinlar va tadbirlar Zo‘r TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Loyiha Uzbekistan’s Club tomonidan Toshkent shahar hokimligi va O'zbekiston futbol associaciyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Tadbir to'liq moliyalashtirishni Kapitalbank, Uzum va Ucell kompaniyalari o'z zimmasiga olgan.

Tashkilotchilar takidlashicha:


"Kutubxona oldidagi maydon faol yoshlar, sportchilar, ijodkorlar, jurnalistlar, blogerlar va befarq bo'lmagan fuqarolar uchun jozibali maskanga aylanadi. Bu — birdamlik, qo'llab-quvvatlash va ilhom manbai bo'ladi. Umid qilamizki, ushbu tashabbus har yili o'tkaziladigan yoshlar harakatiga asos soladi".

Championat.asia loyihaning axborot hamkori sifatida O'zbekiston yosh istedodlarini qo'llab-quvvatlaydi!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика