Ter SHtegen 3-4 oyga safdan chiqishi mumkin
25 iyu 2020 21:41
Yangiliklar


Ter SHtegen 3-4 oyga safdan chiqishi mumkin
"Barselona" kiperi tizzasidagi og'riqlar sabab jarrohlik stoliga yotishi kutilmoqda.
As manbasiga ko'ra, operaciya CHempionlar Ligasining joriy mavsumi yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi. Tiklanish uchun esa 3-4 oy talab qilinishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, tizzasidagi og'riq sabab Ter SHtegen La Liga so'nggi turi doirasida "Alaves"ga qarshi o'tgan uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar