Teo Uolkott: "Angliya chempioni nomini hozirdan aytish juda qiyin masala"
17 okt 2016 15:33
Yangiliklar
Teo Uolkott: "Angliya chempioni nomini hozirdan aytish juda qiyin masala"
"Arsenal" jamoasi vingeri Teo Uolkott jamoasining ushbu mavsumdagi chempionlik bahsidagi imkoniyatlarini chamaladi.
- "Suonsi"ga qarshi o'yinda bazan xotirjamlikka berildik. Bu orada esa ular bizni diqqatimizni jamlashimiz kerakligini eslatib qo'yishdi. Muhimi kerakli g'alabaga erishdik.
Men yana bir gol urib to'pni o'zim bilan uyga olib qaytsam yanada yaxshiroq bo'lardi.
SHunda o'yinni yuqori notada yakunlardim.
To'g'risini aytaman, hozir men turnir jadvaliga qaramayman. Hozirda eng muhimi o'zimizni nazorat qilishimiz kerak.
Bundan buyog'iga ham o'yinlar sifatli o'tkazib g'alabalarni qo'lga kiritish lozim.
Agarda hozirgi tarkibimiz va jarohat olgan futbolchilarni qaytishini inobatga olsak, unda ushbu mavsumda nimalar ruy berishini kim biladi deysiz.
SHunisi aniqki, hozirda chempionatning bo'lajak chempioni nomini taxmin qilish juda qiyin masala.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar