Uolkott jamoasida qoladigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
6 apr 2021, 22:33
Yarim himoyachi Teo Uolkott "Sautgempton"ning to'laqonli a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

"TalkSport" xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Ayni damda u "Sautgempton"da ijara asosida o'ynamoqda. Uning transfer huquqi "Everton"ga tegishli bo'lib, ijara muddati ushbu mavsumdan keyin yakunlanishi kerak edi.

Ammo futbolchi yozda erkin agentga aylanadi va "Sautgempton"ga tekinga o'tadi.

Ushbu mavsumda 32 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashib, 2 gol va 3 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TalkSport