Teo Uolkott faoliyatini yakunladi

Omonjon To`xtamirzayev
18 avg 2023, 17:52
"Arsenal"ning sobiq futbolchisining professional futbolchilik yo'li yakuniga etganini ma'lum qildi.

34 yoshli vingerning oxirgi klubi "Sautgempton" edi. Qizig'i, Teo professional futboldagi ilk qadamlarini ham aynan shu klubda tashlagandi.

Uolkott 2006 - 2018 yillar davomida Londonning "Arsenal" klubi sharafini himoya qildi. "Kanonirlar" bilan Teo 6 ta sovrinni – 3 tadan Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia