Ten Hag Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi zaxiradan maydonga tushishni xohlamaganini tasdiqladi
21 okt 2022 17:21
Yangiliklar
Ten Hag Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi zaxiradan maydonga tushishni xohlamaganini tasdiqladi
Bu haqda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag malum qildi.
19 oktyabr kuni "Manchester Yunayted" Angliya chempionati 12-turida "Tottenxem"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ronaldu final hushtagi chalinguncha stadionni tark etdi, jamoadoshlari g'alabani nishonlashayotganda u kiyinish xonasida bo'lmagan. 20 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” matbuot xizmati jamoa murabbiylar shtabi portugaliyalikni “CHelsi”ga qarshi o'yinda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qilgani haqida yozdi.
"Ha, Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushishdan bosh tortdi. Buning oqibatlari bo'lishi kerak. Bu jamoa ruhi uchun muhim", – dedi ten Hag.
"The Athletic" portali xabariga ko'ra, Ronaldu keyingi uch kun davomida yakka tartibda shug'ullanadi.
Fikrlar