Ronaldu "Old Trafford"ni "Tottenxem"ga qarshi o'yin tugamasidan tark etdi. U hatto kiyinish xonasiga ham kirmagan

Sherzod Nurmatov
20 okt 2022, 16:59
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" – "Tottenxem" (2:0) o'yini tugamasidanoq stadiondan ketdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi APL 12-turida "Tottenxem"ga qarshi o'yinning 90-daqiqasida qo'pollik tribunaosti yo'lakka yo'l olibgina qolmay (2:0), final hushtagi chalinguncha "Old Trafford"ni butunlay tark etdi.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum ikkinchi marta butun o'yinni zaxirada o'tkazdi. Garchi Erik ten Hagda yana ikkita o'zgarish qilish imkoniyati bo'lsa-da, uni maydonga tushirmadi. Kechagi bahsda Skott Maktominey, Entoni Elanga va Kristian Eriksen zaxiradan maydonga tushdi.

Tribunaosti yo'lagiga kirib ketgan Ronaldu hatto "Manchester Yunayted" kiyinish xonasiga ham kirmadi. Krishtianuning xatti-harakati MYU futbolchilariga ta’sir qilmadi – ularning barchasi "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alabani birgalikda nishonlashdi.

Avgust oyida Ronaldu "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida hushtak chalinguncha stadiondan chiqib ketgandi. O'sha o'yinda hujumchi tanaffusda almashtirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic