Ten Hag: "Juda afsusdaman, lekin Sanchoning holati o'zgarmadi"
07 okt 2023 16:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/766212_original.jpg)
![](/upload/storage/766212_220.jpg)
Ten Hag: "Juda afsusdaman, lekin Sanchoning holati o'zgarmadi"
Ten Hag vinger Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"dagi holati haqida gapirdi.
Futbolchi mutaxassis bilan ziddiyatga ega.
"Men juda afsusdaman, lekin Sanchoning holati o'zgarmadi. U mavjud emas va asosiy jamoaning bir qismi emas. SHunday ekan, boshqa aytadigan gapim yo'q", – dedi ten Hag.
Angliyalik futbolchi murabbiy bilan mojaroga borgani tufayli bir oyga yaqin vaqtdan beri maydonga tushmayapti. 23 yoshli vinger joriy mavsum APLda 3 ta o'yinda qatnashdi.
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Stiv Bryus Sancho murabbiydan kechirim so'rashi lozimligini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar