Ten Hag: "Juda afsusdaman, lekin Sanchoning holati o'zgarmadi"

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023, 16:40
Ten Hag vinger Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"dagi holati haqida gapirdi.

Futbolchi mutaxassis bilan ziddiyatga ega.

"Men juda afsusdaman, lekin Sanchoning holati o'zgarmadi. U mavjud emas va asosiy jamoaning bir qismi emas. Shunday ekan, boshqa aytadigan gapim yo'q", – dedi ten Hag.

Angliyalik futbolchi murabbiy bilan mojaroga borgani tufayli bir oyga yaqin vaqtdan beri maydonga tushmayapti. 23 yoshli vinger joriy mavsum APLda 3 ta o'yinda qatnashdi.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Stiv Bryus Sancho murabbiydan kechirim so'rashi lozimligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano