Temur Jo'raev: "Futbolchi charchab qolganidan keyin boshi ham yaxshi ishlamay qoladi"
11 may 2015 08:00
Yangiliklar


Temur Jo'raev: "Futbolchi charchab qolganidan keyin boshi ham yaxshi ishlamay qoladi"
Oliy liga 8-tur o'yini "SHo'rtan" - "Olmaliq" (3:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Temur Jo'raevning bellashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Olmaliq" bilan bo'lgan o'yin so'nggida jamoamizga koncentraciya etishmadi. Orqa chiziqda diqqat bilan o'ynay olmadik. SHu narsa jamoamizga pand berdi. Jamoamizda barcha futbolchilar o'zaro yaxshi til topishishgan. Bu borada muammo yo'q. Uchrashuv so'nggida futbolchilar jismoniy jihatdan ancha toliqib qolishmoqda. SHu narsa g'alabani qo'ldan boy berishimizga asosiy sabab bo'lmoqda deb o'ylayman. Futbolchi charchab qolganidan keyin boshi ham yaxshi ishlamay qoladi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi "SHo'rtan" jamoasi darvozaboni Temur Jo'raev.
SHahboz Beg'amov yozib oldi.

Fikrlar