So’nggi yangiliklar

19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  0 19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)  3 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   1 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  38 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  14

​Tavsiya qilamiz. "Ser Aleks meni ilk qadamlarini tashlayotgan bolakayga o'xshatgandi". De Xea bilan katta intervyu Yangiliklar

​Tavsiya qilamiz. "Ser Aleks meni ilk qadamlarini tashlayotgan bolakayga o'xshatgandi". De Xea bilan katta intervyu

"Daily Mail" nashri "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeadan katta intervyu oldi.

Unda u jamoaga endigina borgan vaqtlari va "iblislar" tarkibidagi o'tgan mavsumlari haqida gapirdi.

David De Xea Ispaniyadagi mashg'ulotlar o'taydigan qarorgohda o'tirib, diqqatini monitorga qaratgandi. U o'zining APLdagi ilk o'yini videosini tomosha qilmoqda. MYU 2:1 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa-da, o'yin yosh posbon uchun juda qiyin o'tdi. "Vest Brom" futbolchisi SHeyn Longning zarbasi darvozabondan o'tib, golga aylandi. Raqib jamoa muxlislari esa Davidning ustidan kulishdi va "hech nimani eplay olmaydigan" deb atashdi. O'shanda "Sportsmail" jurnalisti Jeymi Rednapp o'shanda shunday fikr bildirgandi: "Bu ish de Xeaga to'g'ri kelmaydi".

"YO, Xudo", - dedi David, ko'zlarini yopgan holda va APLdagi og'ir debyuti haqida u shunday dedi: "Qattiq kurashlarga boy o'yin bo'lgandi. "Vest Brom" yosh darvozabonni ko'rib, undan foydalanishni o'yladi. Uzoqdan zarbalar berib, diqqatimni sinashdi. O'z ustimda ishlashim kerakligi va yaxshi darvozabon bo'lishim uchun vaqt kerakligini bilardim. Debyutim bo'lganligi uchun o'sha o'yinda menga juda og'ir bo'lgandi. Yangi mamlakat, yangi jamoa, o'zim bilmagan begona til. Juda yosh edim. Tengdoshlarim hali o'quv yurtlarida bilim olishsa, men dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynayotgandim. Bizda juda tajribali himoyachilar ko'p edi - Rio Ferdinand, Nemanya Vidich va Patris Evra. Yodimda, Rio va Peddi menga: "Ha, sen hali yoshsan, biroq bu "Manchester Yunayted" va biz faqat eng zo'rlarini qabul qilamiz".

Fergyuson ispaniyalikning suyangan tog'iga aylandi. Fergi uni Edvin van der Sarning o'rniga transfer qilgandi. SHartnoma imzolanguniga qadar Fergi darvozabonlar murabbiyini de Xeaning o'yinlarini kuzatish uchun yuborardi. Keyinchalik afsonaning o'zi Ispaniyaga tashrif buyurdi. Ungacha David jamoasi bilan uchrashuvlarda ikkitagina gol o'tkazib yuborgandi. Ser Aleks 2000 yilda o'g'lining to'yi tufayli Manchester derbisida qatnashmagandi, 1998 yilda esa oilasidagi muammolari sababli "Midlsbro"ga qarshi bahsga bora olmagan. Bu safar u Angliya liga kubogi doirasidagi uchrashuvdan voz kechdi va "Atletiko" - "Valensiya" uchrashuviga bordi. Qaytishda u yordamchilariga David "Manchester Yunayted"ga o'tishini malum qilgandi.

De Xea o'sha paytlarni shunday eslaydi: "Fergyuson vaziyatdan foydalanishga qaror qildi. Meni jamoaga olib ketish uchun katta jasorat kerak edi. Fergyuson jasoratli insonlardan biri. U menga qarab, jamoaga o'tganimdan keyin moslashish uchun vaqt ketishini va ayrim muammolar bo'lishini aytdi. Unga qadar menga "Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida malumotlarni o'qigandim, biroq bunga ishonmagandim. Van der Ser 40 yoshga kirgandi va unga voris izlanayotganligi aniq edi. Ammo men futbol olamidagi kichik bolakay edim".

Haqiqatdan ham, Davidni muammolar har bir qadamiida taqib qildi. 2011 yilda transfer qilinganidan keyinoq u Angliya Superkubogida qatnashdi va ketma ket xatolarga yo'l qo'ydi. "The Sun" nashri o'sha o'yin borasida shunday degandi: "Beso'naqay "Yunayted" darvozaboni". Uning ilk mavsumi yakunlanayotganida bir vaqtlar "Yunayted"da o'ynagan darvozabon Massimo Taibi intervyu berdi va uni o'ziga tenglashtirdi.

Ayni damda David de Xea dunyoning eng zo'r darvozabonlaridan biri. U ketma ket uch mavsumdan buyon "Manchester Yunayted"da eng yaxshi futbolchi bo'lmoqda. Ketma ket 5 mavsumdan buyon PFAning yil ramziy terma jamoasidan o'rin oldi va Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod bo'lib turibdi. U APLda "quruq o'yin" o'tkazish borasida eng yaxshi natija qayd etib, "Oltin qo'lqop"ning amaldagi egasi sifatida Angliya kubogi finaliga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoadoshlari Davidning o'yinlaridan hayratdalar. Ander Errera tabassum-la: "David ham "Special One". Mashg'ulotlarda unga shunday zarba beraman-u, keyinchalik golni ispaniyalik sharhlovchilar kabi nishonlamoqchi bo'laman. Biroq uning qo'li qaerdandir paydo bo'ladi. Qiyin holatda ham u to'pni qaytarib yubormaydi, bittada ushlab oladi. Ajoyib seyvlarni amalga oshiradi, shuning uchun ham muxlislar uni sevishadi va u haqida qo'shiqlar kuylashadi. Televizorda u haqda har kuni 5-6 ko'rsatuv tayyorlashadi, "Twitter" esa tomidan ketmoqda. Biroq David hech nima bo'lmayotgandek, har doimgi ishini bajaradi"

Errera qo'shimcha tarzda: "O'yinlardan oldin asabiy bo'lib qolaman. Miyamga tashqi kuchlar zarba bergandek va tinch tura olmayman. SHunday paytlarda David menga: "Ander, tinchlan. Barchasi yaxshi bo'ladi. Ular bizga gol ura olishmaydi, chunki darvozada men turibman", deydi. 2016 yilda Angliya kubogining yarim finalida u Romelu Lukakuning penaltisini qaytardi va o'yindan keyin mening oldimga kelib: "Mana, barchasi bajarildi. Ertangi kun haqida o'ylashni boshlayver". David shunday inson. Uning boshqachaligi mana shunda".

U o'zini dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb biladimi? "Men yaxshi o'ynayman. O'zimga ishonaman, biroq ishlashda davom etishim va sovrinlarni qo'lga kiritishim kerak".

De Xea faoliyati davomida birinchi marta bir mavsumda zarbalarni qaytarish borasida eng yaxshi natijasini qayd etdi – 80,45 %.

Ispaniyalik faoliyatini Madridda boshladi va yoshligida hujumda to'p tepdi. De Xeaning ustozi Manuela Infante u haqida shunday deydi: "Darsda bolalar o'zlarining rejalari haqida yozishlari kerak edi va David shunday yozdi: "Peter SHmeyxel kabi bo'lishni istayman".

Ikki darvozabonning uslubi bir-biridan ajralib turadi. Peter zarbalarga asosan qo'llarini tashlardi, David esa oyoqlari bilan ham to'plarni qaytaraveradi. Unga oyoqlarida to'pni qaytarganlari haqida eslatsam, David kuldi: "To'p mening oldimga uchib kelsa, oyoqlarim ham qo'lim kabi bo'lib qoladi. Ayrim murabbiylar buni o'zgartirishimni istashdi, biroq barchasi foydasiz bo'ldi. Bu mening noodatiyligim. Bu esa yomon emas nazarimda", - dedi David. U to'pni oyoqda qaytarish darvozabonlar uchun yomon odat ekanligini tan oldi.

De Xeani "Old Trafford"da birdaniga qabul qilishmadi. Ilk mavsumda u kutilganidan ko'proq gollar o'tkazib yubordi. Ko'pchilik Fergi uni jamoadan ketkazib yuboradi deb hisoblagandi. David turgan o'yinda "Yunayted" derbida 1:6 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ispaniyada oila azolari va do'stlari Davidning mashg'ulotlarini ko'rishga borib turishardi. Uning otasi Xose esa ilk marta "Yunayted" mashg'ulotlariga tashrif buyurganida, Fergi buni taqiqlab qo'ydi. "Yunayted" rahbariyati darvozabonning o'sishi va rivojlanishi uchun barchasiga tayyorligini shu bilan ko'rsatgandek bo'ldi.

De Xeaning kasalligi bor edi, uzoqni ko'ra olmasdi va shu boisdan o'yinlarga linzalar bilan maydonga tushardi. U o'zining ilk mashg'ulotida linzalar taqishni unutdi. Ser Aleks Fergyuson maydonda to'p tepadigan futbolchilar kabi darvozabonlar bilan ham bir xil muloqotda bo'lardi. 

Ispaniyalik darvozabonning "Yunayted"dagi faoliyati o'zgarish nuqtasi "CHelsi" bilan uchrashuvga to'g'ri keldi. Fergyuson o'shanda Ben Emosdan Davidni afzal ko'rdi. O'shanda 3:3 hisobidagi durangni qayd etildi. Xuan Mataning jarimadan tepgan zarbasini de Xea "o'rgimchak to'ri"dan qaytarib qoldi: "Bu holat men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etdi. O'yindan o'yinga harakatlarim yaxshilanib borayotgandi. Xuan baribir menga qarshi tish qayrab yuribdi.

"Yunayted"dagi ikkinchi mavsumim menda yorqin taassurotlarni qoldirdi. "SHporlar"ga qarshi uchrashuvdan keyin katta bosim borligini his qildim. O'shanda Gari Nevill meni tanqid qilgandi. O'z xatoimni tan olaman, biroq ko'pgina seyvlarni amalga oshirgandim. O'sha kuni qor yog'gandi va shu orqali raqibning tezligini hisobga olish qiyin kechdi.

Oradan bir qancha vaqt o'tib, "Real"ga qarshi bahs olib bordik. Fergyuson meni o'zi bilan o'yindan oldingi matbuot anjumaniga olib kirdi. U Britaniya va Ispaniya matbuotiga menda boshqacha iqtidor borligini aytdi. U nimalar deganini so'zma so'z eslayman. Ser Aleks meni ilk qadamlarini tashlayotgan bolakayga o'xshatdi va yiqilishmni, o'rnimdan turib, yo'limda davom etishim kerakligini aytdi. U matbuot anjumanini shunday so'zlar bilan yakunladi: "Bu bolakay yo'lida davom etadi". U: "Men bilan yonma yon o'tirgan insonga ishonaman", deb butun dunyoga aytdi. U baqirib yubormadi, qo'pollashmadi. U menga ishonch va vaqt kerakligini bilardi".

De Xea murabbiyning ishonchini oqladi va faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Ketma ket gollardan saqlab qolgan uchrashuvda "Yunayted" 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. 

SHotlandiyalik murabbiy "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda Gari Nevillning o'yinlaridan qanoatlanmadi va uni tanqid qildi. O'yindan keyin Fergyuson futbolchilarga maydonga qor yoqqani tufayli o'yinni baholash qiyin bo'lganini barchaga tushuntirdi. David kiyinish xonasiga kirganida futbolchilar uni o'rab olishdi. Stil va Fergyuson uni himoya qildi. Erik Stil har doim Davidni himoya qilardi. "Vest Brom"ga qarshi uchrashuvdan keyin bo'lgan holatda ham Davidni o'z "qanoti ostiga olgandi".

"U xato qildi va unga shunday dedim: "Sen o'zingga o'xshamayapsan". O'sha zarba noodatiy tarzda yo'llandi. U bilan buni muhokama qildim va Davidning ko'nglini ko'taradigan ayrim gaplarni aytdim. U gol urish uchun yaqinlashib kelayotgan ikki futbolchiga qarshi chiqsa ham vaziyatni to'g'ri baholab, to'pni ushlab olmoqda. Mahorat - jasoratni talab qiladi. Jasorat esa yillar davomida orttirilgan tajriba evaziga keladi".

Menga bir narsa juda ham qiziq. David ham qiyin vaziyatga tushib qolganida qanday hislarni his qiladi? David o'ylab turib: "To'risini aytsam, o'zimga har doim ishonaman. Har vaqt dunyoning eng yaxshisi bo'lish uchun intilganman. Zarba esa qandaydir soniyaning kichik lahzasida menga etib keladi. Bu vaqt ichida hech qanday hissiyotni tuyib bo'lmaydi".

Fergyuson jamoadan ketganidan keyin "Yunayted"dagi omadsizliklar ko'paydi. Klub rivojlanishdan to'xtab qolgandek ko'rindi. 2015 yilning yozida, Lui van Galning ikkinchi mavsumi boshlanayotgan bir vaqtda bulutlarning qattiqroq qoraydi. "Real" de Xeani sotib olish uchun qattiq kirishdi. Transfer ishlari tarixi ancha muddat davomida yozilgan bo'lsa-da, oynaning so'nggi kunlariga qadar bu hal bo'lmadi. David oilasi bilan Madridga ketib qoldi. Biroq transfer qay tarzda amalga oshmaganini barcha bilsa kerak.

Van Galning tasdiqlashicha, darvozabon o'shanda dastlabki ikki uchrashuvda qatnashishdan bosh tortgan va shu boisdan zaxira jamoasiga jo'natib yuborilgan. De Xea ham buni tan oldi. Amalga oshmagan transferdan keyin jamoaga qaytdi. "O'sha mavsumdagi "Old Trafford"dagi ilk o'yinim "Liverpul"ga qarshi bo'lgandi. Meni esa bir jihat tashvishga solayotgandi: Muxlislar meni qanday kutib olisharkin... Har doimgidek, ular meni yaxshi qarshi olishdi va men haqimda qo'shiq kuylashdi. Bu esa men uchun eng muhim holat edi".

Van Gal haqida gapirar ekan, darvozabon uni "pesado" deb atadi. Bu so'zni ispanchadan tarjima qilsak - "zerikarli" degan manoni beradi. Agarda bu so'zni pozitiv tomondan ishlatsak - "extiyotkor" degani.

David Joze Mourino bilan yaxsh ishladi. Portugaliyalik mutaxassis darvozabon bilan Evro-2016 vaqtida ilk marta suhbatlashgandi. Davidning tavsiyasiga ko'ra, MYUga Emilio Alvares darvozabonlar murabbiyi etib tayinlandi. Alvares de Xea bilan "Atletiko"da birga ishlagandi. Aynan u Davidning yuqori reakciyali bo'lishiga katta hissa qo'shgan. Alvares yaqin masofalardan to'pni qanday qaytarish kerakligini uqtira olgan.

Davidning otasi Xose – "Xetafe"ning sobiq darvozaboni bo'lgan. "Yoshligimda u men bilan qo'polroq gaplashardi. Keyinchalik uning muomalasi yaxshi tomonga o'zgardi va men ham yanada kuchliroq bo'lishni boshladim. Otam meni hozir ham tanqid qiladi, kamchiliklarimni yashrmaydi, har bir detalga etibor beradi. U yoshligimdan meni shug'ullantirgan. Otam men uchun muhim inson.

"Van Gal qo'l ostida 4-o'rinni egallash - men uchun qo'rqinchli edi. Men g'alabalar qozonishni istaymanyu. "Yunayted"ga g'oliblik mentaliteti singgan murabbiy kerak. Fergyuson davrida biz shunday edik, o'rtada o'sha ruhni yo'qotdik va Mourino bizga buni qaytara oldi. Evro-2016 vaqtida u bilan gaplashganimda, Mourino meni eng kerakli inson deb aytgandi va sovrinlarni vada qilgandi va buning ustidan chiqmoqda. Fergyuson ketganidan keyin biz og'ir davrlarni boshimizdan o'tkazdik. Endi u paytlar ortda qoldi. Biz oldingi "Yunayted"ni qaytarishimiz, ECHL va APL sovrinini qo'lga kiritishimiz kerak. Albatta bunga kuchimiz etadi".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика