

Unga “Monako“ jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Fabricio Romano ma'lum qildi. Ma'lumotlarga qaraganda Fransiya jamoasi darvozabonni erkin agent sifatida jamoaga qo'shib olishni reja qilgan. Biroq “Fiorentina“ ham o'zining asosiy darvozaboni bilan xayrlashishni istamayapti. Italiya jamoasi darvozabonga 2028 yilga qadar bo'lgan yaxshilangan shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o'tamiz, yakuniga etgan mavsumda de Xea 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 11 ta uchrashuvda “quruq“ o'yin o'tkazdi. Uning “Fiorentina“ bilan tuzgan shartnomasi shu yilning iyunida yakunlanadi.



