So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Tavsiya qilamiz. Nyu-Yorklik shifokor koronavirus haqida to'liq tushuncha berdi Yangiliklar

Tavsiya qilamiz. Nyu-Yorklik shifokor koronavirus haqida to'liq tushuncha berdi

Teglar :  Koronavirus
Bir oydan ko'proq vaqtdan beri Nyu-York markaziy shifoxonalaridan birida COVID-19 bilan kurashayotgan doktor Deyv Praysning foydali maslahatlari barchaga asqotishi aniq.

U intervyuda infekciya xavfini qanday qilib 99 foizga kamaytirish va virus tarqalishini to'xtatish mumkinligi haqida aniq gapirib berdi.

Koronovirus o'limga olib keladigan darajada xavflidir. Biz har kuni uning xususiyatlari haqida bilib boryapmiz va unga qarshi kurashishni o'rganyapmiz.

Demak, quyida mutaxassisning fikrlari bilan tanishamiz:

"Bizning shifoxonamiz COVID-19 bilan zararlangan Nyu-Yorkdagi barcha bemorlarning taxminan 20 foizini qabul qiladi. Mening vazifam bemorlarni suniy o'pka ventilyaciyasi (IVL) apparatiga joylash va o'z vaqtida ularni u erdan chiqarishdan iborat.

Mening asosiy maqsadim - bemorni qo'rqitish emas, balki undagi qo'rquvni kamaytirish va o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish. Nutqim davomida ozgina hissiyotga berilishim mumkin, ammo bu men qo'rqayotganimni emas, aksincha, yaqindan beri qo'rqmay qo'yganimni anglatadi.

Kasalxonamizda turli xil operaciyalar amalga oshiriladi, shu jumladan, yurak jarrohligi, organlarni transplantaciya qilish. Biroq hozir biz barchamiz deyarli 100% COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bilan bandmiz. SHaxsan o'zim kun bo'yi COVID bilan zararlangan bemorlar bilan ishlayman. Biz har kuni virus haqida yangi narsalarni o'rganamiz: kundan-kunga uning qanday xususiyatlarga ega ekanligi haqidagi malumotlarni bilib boramiz.

Ushbu virusning o'ziga xosligi uning inson tanasiga tanish emasligidadir. Biz aniq biladigan narsa, COVID-19ga chalingan bemorlarning aksariyatida turli xil intensivlikdagi uchta alomat uchraydi: isitma, yo'tal va tomoq og'rig'i. Kasallik 5-6 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin".

COVID-19ni qanday yuqtirib olishadi?

Buning katta qismi infekciyalangan odam yoki inkubaciya davrida bo'lganlar bilan uzoq muddatli aloqa tufaylidir. Infekciyalarning deyarli 99,9 foizi qo'l bilan ko'rishish va infekciyalangan qo'l bilan yuz, ko'z, burun yoki og'izga teginish natijasida yuzaga keladi. Havo orqali ham infekciyani yuqtirish mumkin, ammo hozirgi paytda kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ushbu usul bilan siz virusni faqat infekciyaga uchragan inson bilan yaqin masofada, yani 15-30 daqiqa davomida birga bo'lishingiz oqibatida yuqadi. Lekin, yana bir bor takrorlayman: zararlanishlarning aksariyati aniq jismoniy aloqa (qo'l bilan ko'rishish) va yuz (va boshqa azolar)ga tegish orqali sodir bo'ladi.

Bu juda muhim vaziyat.

Bu bizga katta dalda beradi. Nima uchun? "CHunki, biz virusning bizga qanday o'tishi mumkinligini aniq bilamiz". Men har kuni ko'p miqdordagi COVID-19 kasallari bo'lgan shifoxonada bo'laman va kasal bo'lmasligimga aminman, chunki bu virusni yani davomiy ketma-ketlikni tushunaman, o'zimni qanday tutishni bilaman.


Infekciyani yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?

1. Eng asosiysi, qo'llaringizni nazorat qilish va ularning toza ekanligini doimo kuzatib borish. Doimiy ravishda sanitayzer(antiseptik vosita)dan foydalanish kerak. Liftga kirib, tugmachani bosdingizmi - sanitayzer, qandaydir eshikni ochdingizmi - sanitayzer. Agar sanitayzeringiz bo'lmasa, barcha harakatlarni tirsak bilan bajaring. Har safar boshqa odamlar tegishi mumkin bo'lgan sirtlarni dezinfekciya qilish kerak.

2. Ikkinchi muhim narsa - qo'llaringiz bilan yuzingizga tegmaslik, buni ongli ravishda kuzatib borish shart. Biz har doim ham yuzimizga tegib turamiz, hatto buni sezmaymiz. Statistikaga ko'ra, odam o'zi anglamagan holda yuziga kuniga 90 marta tegadi. COVID-19 kasaliga chalingan inson bilan bilmagan holda qo'l bilan salomlashdingiz va keyin yuzingizga qo'l bilan tegdingizmi? Tamom! Siz ham kasal bo'ldingiz!

Tibbiy madaniyatni qanday oshirishimiz va o'zimizni qanday qilib tarbiyalashimiz kerak? Buning usullaridan biri niqob taqishni boshlashdir. Gap shundaki, bu sizni infekciyadan himoya qiladi (ko'p hollarda havo orqali ham yuqtirish mumkin), yani yuzingizga tegmaslikni o'rgatadi. Bu har qanday niqob bo'lishi mumkin (shunchaki yuzingizga sharf bog'lab qo'yishingiz ham mumkin) - bu sizga mashg'ulot uskunasi(trenajyor) sifatida ishlaydi. Yuzingizda niqob bo'lsa, shunchaki yuzingizga tegishni to'xtatasiz.

SHuning uchun oddiy maslahat: uydan chiqayotganda, niqob taqing.

Ushbu ikkita jarayon: qo'llaringizni toza tutish va yuzingizga tegmaslikni o'rganish, o'zingizni himoya qilishning ajoyib usullari sanaladi.

Ular 99,9% hollarda samarali bo'ladi. Albatta, 0,01% bemorlar g'alati tarzda virusni yuqtirib olishgan va biz bu qanday sodir bo'lganligini hech qachon bilmaymiz, lekin o'zingizni va yaqinlaringizni himoya qilish uchun yuqoridagi ikkita narsani amalda qo'llash kifoya.

3. Uchinchidan - sizga respirator kerak emas.

Kasalxonada bemor bilan xonada bo'lganimda respirator kiyaman va biz bemorni yo'talishiga olib keladigan maxsus shilimshiqni olib tashlaymiz. Qolgan vaqtlarda men oddiy niqob taqaman. Gonkong va Singapurda ushbu qoidalarga rioya qilish (bemorlar bilan odatiy munosabatda bo'lganda jarrohlik niqobini kiyish va maxsus davolash jarayondarida respiratorni kiyish) tibbiy xodimlar orasida kasallikka chalinishga olib kelmadi. Ha, Nyu-York klinikalarining tibbiy xodimlaridan kimdir kasal bo'lib qoldi, ammo bu himoya vositalarining yo'qligi bilan bog'liq. Terapevtlar 15 daqiqadan ko'proq vaqt davomida bemorlar bilan aloqa qilishgan, tibbiy namuna olishgan va hokazo. Hozir shifoxonamizda tibbiy xodimlar orasida birorta ham kasallik yuqtirganlar qayd etilmadi. Oddiy sharoitlarda: ko'chada, do'konda va boshqa maskanlarda respirator kerak emas.

4. To'rtinchisi - ijtimoiy masofa. Bir-biringizdan 1,5-2 metr masofada turing. Buni qilish juda qiyin ish emas. Oddiy qoida, ammo juda foydali. Dorixonaga yoki do'konga borganingizda, navbatda turgan odamning orqasida turishingiz shart emas. Undan bir necha qadam narida turing.


Atrofingizdagi olamdan qo'rqmang

Agar siz ushbu to'rtta oddiy qoidani tushunib, to'g'ri qabul qilsangiz, qo'rquv yo'qoladi. Tashqi dunyodan qo'rqmang, qo'shningizdan qo'rqmang. Nazarimda, ushbu to'rtta qoidani bilish erkinlik hissini beradi. Axir, do'konlarda, pochta bo'limida, banklarda va hokazolarda ishlash uchun qolgan odamlar (ular kasal bo'lish xavfi yuqori bo'lganlar toifasida), dushman sifatida qabul qilinadi. Siz yuqtirishning yagona usuli - iflos qo'llaringiz bilan yuzingizga tegizganingizda yoki kasal odam bilan uzoq vaqt munosabatda bo'lishda. Buni anglab etsangiz, kerakciz qo'rquvni yo'q qiladi, sizga ulkan engillikni beradi. Do'konlarda ishlaydigan va uyingizga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib beradigan odamlar dushman emas, balki qahramonlardir.


Agar kasal bo'lib qolsangiz, nima qilish kerak?

Agar sizda isitma kuzatilsa, o'zingizni boshqa oila azolardan ajrating. Oila azolaringizning barchasi uy sharoitida to'rtta qoidaga amal qilishni boshlashlari kerak. Iloji bo'lsa, bemorni alohida xonaga joylashtiring. Agar bemor o'z xonasidan chiqishi kerak bo'lsa, masalan, ovqatlanish uchun. Avval qo'llarini yuvishi va niqob taqishi lozim. Keyin, ovqatdan so'ng, u tegib ketgan barcha yuzalar dezinfekciya qilinishi kerak. Uzoq muddatli munosabatni o'rnatmaslik juda muhimdir.

SHuning uchun kasal qarindoshingiz bilan bir kvartirada bo'lishdan qo'rqmang - shunchaki ushbu oddiy tavsiyalarga amal qiling. Ushbu vaziyat bo'yicha ikkita istisno mavjud: agar sizning oilangizda keksa inson yoki yaqinda kimyoviy terapiya muolajalarini olgan kishi bo'lsa, u uchun bemor bilan aloqani mutlaqo cheklash va uni alohida xonaga ajratib qo'ygan yaxshiroq. Ammo, agar buning imkoni bo'lmasa, unda bu odamning bemordan holi bo'lishini doimiy kuzatib borish kerak.


Bemorlar tomonidan tez-tez beriladigan savollar:

Kasalxonaga qachon borish kerak? Yagona javob - nafas olishda qiyinchilik bo'lsa.

Biz nafas olish bilan bog'liq muammolar bo'lmaganligi sababli shifoxonamizga murojaat qilib kelgan ko'plab odamlarga javob berib yuboramiz. Ko'pincha, 3-4 kundan keyin ular o'zlarini yaxshi his qilishadi. Nafas olishda qiyinchilikka uchraganlarning ko'pi stacionarga yuboriladi va 5-7 kundan keyin uyga qaytishadi. COVID-19 bo'yicha murojaat bilan kelganlarning atigi 10%ida virus aniqlanadi. 1-3% holatda bemorlar suniy o'pka ventilyaciyasi (IVL) apparatiga muhtoj. Suniy ventilyaciyaga joylanganlarning aksariyati 7-10 kun ichida tiklanadi.


Dezinfekciyalash vositalari haqida

COVID-19 har qanday dezinfekciyalash vositalaridan o'ladi. Bu uchun kichik bir tomchi dezinfekciyalash vositasi zarur.


Do'kondan olib kelingan mahsulotlarni dezinfekciya qilish kerakmi?

Agar siz kasallar ko'p bo'lgan shaharda yashasangiz, bu yaxshi fikr. Agar mahsulot buyurtma qilgan bo'lsangiz, etkazib beruvchidan mahsulotni eshikdan tashqarida qoldirishni so'rashingiz lozim. Keyin qo'lqop kiyib, uyga olib kirasiz va paketlarning sirtini dezinfekciya qilasiz. 


Kasallik qaysi yosh toifalarini qamrab oladi?

Bizning kasalxonamizga deyarli barcha yosh guruhlari keladi: 23 yosh, 35 yosh, 45 yosh - va ularning aksariyatida surunkali kasalliklar mutlaqo yo'q. Pandemiya boshlanganda kasallik faqat keksa odamlarga, shuningdek, jiddiy kasalliklar(diabet yoki saraton kasalligi)ga chalingan odamlarga tasir qiladi, degan noto'g'ri tushuncha tarqalgan edi, ammo bu haqiqat emas. So'nggi uch hafta davomida men faqat COVID-19 bo'lgan bemorlar bilan ishladim va barcha yosh guruhlarini ko'rmoqdaman. Masalan, 35 yoshli bemorlar ko'p. Keksa va bir oz katta bo'lganlar uchun jarayon biroz qiyinchilik tug'diradi. Kasallik og'ir kechayotgan yoshlar va kasallikka bardoshli keksa odamlar ham bor.


Hozir qanday taxminlar qilish mumkin?

Ehtimol, ijtimoiy izolyaciya 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Bu uzoq vaqt. Ammo pandemiyaning tarqalishini boshdan kechirgan barcha yirik shaharlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, birinchi narsa koronavirusning tarqalish chizig'ini cheklash. Kasalxonalar to'lib ketmasligi uchun kurashish. O'ylaymanki, o'zini o'zi izolyaciya qilish - bu siz kelgusi bir necha oy davomida yashashning bir usuli sifatida qabul qilishingiz kerak bo'lgan hodisa. O'zingizni qanday tutish qoidalarini bilsangiz vahimaga tushishga hech qanday sabab yo'q. Bu bir-biri bilan va tashqi dunyo bilan o'zaro munosabatlarning yangi usuli. Asosiysi, yangi qoidalarga ko'nikish. Qoidalar odat tusiga kirishi bilan sizga qiyin va qo'rqinchli ko'rinmaydi.

SHerzod Nurmatov tarjimasi. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика