So’nggi yangiliklar

18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  12 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  4 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  4 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  10 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5

Tavsiya qilamiz. "Biz juda kambag'al edik, umuman pulimiz bo'lmasdi". Romelu Lukaku haqida qayg'uli hikoya Yangiliklar

Tavsiya qilamiz. "Biz juda kambag'al edik, umuman pulimiz bo'lmasdi". Romelu Lukaku haqida qayg'uli hikoya

Ayni paytda Rossiya maydonlarida JCH-2018 bahslari davom etmoqda.

Guruh bosqichidan so'ng to'purarlar poygasida Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku 4ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda (Krishtianu Ronalduda ham shuncha gol). Belgiyaning o'yinlariga oid suratlarni tomosha qilar ekansiz, terma jamoada o'yindan oldin futbolchilar orasida hamisha faqat bir inson gapirishini ko'rasiz. Bu Lukaku. Doimo o'yindan oldin va qiyin pallada jamoadoshlarini ruhlantiruvchi Romelu haqida tasirli hikoyani etiboringizga havola etamiz. Bu hikoyani o'qish jarayonida ko'zingizga yosh kelishi mumkin. Bunga tayyor bo'ling, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz.


Romeluning shaxsiy hayotidan ajoyib tarix.

"Biz qiyinchilikda yashayotganimizni bilgan kunimni yaxshi eslayman. Muzlatkich yonida turgan onam va uning yuz tuzilishini angladim. O'shanda 6 yosh edim, maktabdan tushlik qilish uchun kelgandim. Onam har doimgidek non va sut tayyorlab qo'ygandi. Bolalikda bunday jihatlarga etibor bermas ekansan.

O'sha kuni uyga bordim va oshxonaga kirdim. Onam har doimgidek muzlatkichning oldida sutning qadog'i bilan birga turardi. Bu safar u sutga yana nimadir qo'shdi. U qutini qo'ydi. U nima qilganini tushunmadim. U menga tushligimni berdi va hech nima bo'lmagandek tabassum qildi. O'shanda gap nimadaligini tushundim. U sutga suv qo'shgan edi. Bizda haftalik zaxira sut uchun ham pul yo'q edi. Biz shunchaki bechora emas, g'irt kambag'al bo'lib qolgandik.



Otam professional futbolchi edi, biroq u faoliyatini yakunlaganidan keyin pulimiz ham tugadi. Avvaliga biz kabel televideniesisiz qoldik. Ortiq hech qanday futbol ko'rish yo'q. Translyaciyalar yo'q. Signal yo'q. Kechalari uyga kelsam chiroq bo'lmasdi. Haftalab elektr quvvatisiz yashardik. CHo'milgim kelganida issiq suv bo'lmasdi. O'shanda onam gazda suv qaynatib, ilitib berardi. Men esa cho'michda ustimdan suv quyib cho'milardim. Onam ko'chamizdagi do'kondan qarzga non so'ragan vaqtlari ham bo'lardi. Novvoylar meni va ukamni bilgani uchun dushanba kuni non olishga va pulini juma kuni qaytarishga ruxsat berishardi.

Biz juda og'ir holatda ekanligimizni bilardim. Lekin, onam sutimga suv qo'shib berganidan keyin barchasi tamom bo'lganini tushundim. Endi shunday yashaymiz.

Hech nima demadim, onamni hafa qilishni xohlamadim. SHunchaki o'z tushligimni edim. O'sha kuni o'zimga, yaratganga so'z berdim. Kimdir barmog'i bilan turtgandek bo'ldi va meni qaysidir manoda "uyg'otib yubordi" va men nimalar qilish kerakligini tushundim. Onamni bunday yashashiga qo'yib bera olmasdim. Yo'q, hech qachon. Bunga yo'l qo'ya olmayman.

Futbolga bog'liq insonlar ruhiyatning kuchi haqida gapirishni yaxshi ko'rishadi. Tan olishim kerak, men siz ko'rgan eng baquvvat yigitman. CHunki uyda ukam va onam bilan qorong'ulikda o'tirib iltijo qilganlarimizni eslayman, nimadir o'zgarishiga ishonardik va bilardik. Men vadamni bajardim. Bir kuni uyga kelsam onam yig'lab o'tirgan ekan. Ularga qarab: "Ona, ko'rasiz, barchasi o'zgaradi. Tez orada men "Anderlext" tarkibida o'ynayman. Bizda barchasi yaxshi bo'ladi. Siz boshqa bunday yig'lamaysiz". O'shanda 6 yosh edim.

Otamdan so'radim: "Siz necha yoshingizdan professional darajada futbol o'ynashni boshlagansiz?". U javob berdi: "O'n olti". O'shanda qaror qildim: "O'n olti bo'lsa o'n oltida".

Men uchun har bir o'yinim finalga teng edi. Istirohat bog'larda o'ynasam ham, bolalar bog'chasida o'ynasam ham final. Jiddiy aytyapman. Har doim to'pni bor kuchim bilan tepib, yirtib yuborishga intilardim. Bu sizga R1 tugmasini bosish emas. Menda yangi FIFA o'yini yoki PlayStation yo'q edi. Men o'ynamaganman. Barchani futbol bilan o'ldirishni istardim.

O'sishni boshlaganimda ayrim o'qituvchilarim va ota-onalar jonimga tegib ketishardi. Yoshi kattalardan biri ilk bor "Nechchi yoshdasan? Qaysi yil tug'ilgansan?" deb so'raganini unutmayman. Men o'yladim: "Nima? Siz jiddiy aytyapsizmi?". 11 yoshligimda "Lers"ning o'smirlar jamoasida o'ynardim va ota-onalardan biri menga maydonga tushishimga halaqit qilishga urinardi. U g'azablandi: "Necha yosh bu bola? Qani hujjatlarini ko'rsating! U qaerdan olgan?"



Men Antverpenda tug'ilganman. Men belgiyalikman. Otam o'shanda u erda bo'lmagan, chunki uning mashinasi yo'q edi. Demak u mening safardagi o'yinlarimga ham bora olmasdi. U erda mutlaqo yolg'iz edim. Har doim o'zim uchun o'zim turib berardim. Sumkamdan hujjatlarimni oldim va hammaga ko'rsatdim. Ular esa hujjatlarimni bir-birlariga uzata boshlashdi. Qonim qaynadi va o'yladim: "O'g'lingizni o'ldiraman. Men shundoq ham uni o'ldirmoqchi edim, lekin hozir bo'laklarga bo'lib tashlayman. O'g'lingiz uyga ketguncha yo'l bo'yi yig'laydi."

Belgiya futboli tarixidagi eng zo'r futbolchi bo'lishni istayman. Mening maqsadim shunday bo'lgan. Yaxshisi ham, buyuk ham emas, eng zo'ri. Ko'p narsalar sabab jangovor kayfiyatda o'ynardim: kvartiramizda kalamushlar yugurib yurardi, Evropa CHempionlar ligasini ko'ra olmasdim, ota-onam menga umid bilan qarashmoqda.

O'z maqsadlarim yo'lida bordim. 12 yoshimda 34 uchrashuvda 76ta gol kiritdim. Men bu gollarni otamning oyoq kiyimlarida urardim. Mening oyog'im ularniki bilan teng bo'lganida ikkimiz bir butsa kiyardik. Bir kuni bobom (onamning otasi)ga qo'ng'iroq qildim. U mening hayotimdagi eng muhim insonlardan biri edi. U orqali men otam va onam tug'ilgan Kongo bilan aloqa qilib turardim. Unga: "Menda barchasi alo darajada. Men 76ta gol urdim, biz ligani yutdik. Katta klublar meni kuzata boshlashdi". U mening futboldagi yutuqlarimni har doim quvonch bilan eshitardi, biroq bu safar nimadir o'zgargandek.

Bobom: "Buning barchasi alo darajada. Biroq, Rom, men uchun bir ish qila olasanmi?". "Albatta, nima?", - deb so'radim men. "Mening qizimga qarab tura olasanmi?" - dedi bobom. Uning nima demoqchi ekanligini yaxshi anglamagan holda dedim: "Onam haqida? U bilan hammasi joyida". U aytdi: "U haqida qayg'uraman deb vada ber. Men uchun, ho'pmi?". "Yaxshi, bobo, barchasini tushundim, vada beraman", - dedim men.

Besh kundan so'ng u olamdan o'tdi. Nihoyat, u nimani nazarda tutganini tushundim. U haqida o'ylash juda og'ir. Men uning hech bo'lmasa yana to'rt yil yashashini va "Anderlext"da qanday o'ynayotganimni ko'rishini xohlardim. Men vadamni bajardim, bizda hammasi yaxshi bo'ldi.

Onamga 16 yoshimda o'z maqsadlarimga etishishimni aytgandim. Biroq 11 kunga kechikdim. 2009 yilning 24 may kuni. Final o'yini "Anderlext" - "Standart".

Bu mening hayotimdagi eng aqlbovar qilmas kun. Mavsumning boshida deyarli o'ynamadim. Murabbiy meni zaxirada qoldirdi va o'yladim: "Bu holatda zaxirada o'tiraversam professional shartnoma imzolay olamanmi?". Va men murabbiy bilan gaplashib olishga qaror qildim. Unga: "Vada beraman, agar meni asosiy tarkibda tushirsangiz, dekabrgacha 25ta gol uraman". Murabbiy mening ustimdan kuldi. "Keling, unda bahslashamiz", - deb taklif qildim. Murabbiy: "Yaxshi, agarda dekabrgacha 25ta gol urmasang, zaxiraga "uchasan". Biz kelishib oldik.

"Va yana, - qo'shimcha qildim men. - Yutsam bizga har kuni oladi (shirinlik) olib berasiz". U rozi bo'ldi. Bu ahmoqona bahs edi, tarif kerak bo'lsa. Men 25ta golni noyabrgacha kiritib bo'ldim. Rojdestvo arafasida vada qilingan oladilarni edik. Bu dars bo'lsin. Hech qachon qorni och bola bilan garov bog'lama.

Professional shartnomani o'z tug'ilgan kunim, 13 mayda imzoladim. O'sha kuniyoq FIFA sotib oldim va televidenieni uyga qaytardim. Mavsum yakuniga etib borayotgandi, o'shanda uyda o'tirgandim. Belgiya ligasida vaziyat keskin tus olgandi. "Anderlext" va "Standart" bir xil ochko to'plashgandi. Biz g'olibni aniqlash uchun pley-off doirasida ikkita o'yin o'tkazishimiz kerak edi. Javob uchrashuvidan oldin o'rinbosarlar murabbiyi menga qo'ng'iroq qildi.

– Allo?
– Salom, Rom. Nimalar bilan bandsan?
– Bog'da futbol o'ynash uchun ketmoqchiman.
– Yo'q-yo'q, tez tayyorlan.
– Nima uchun? Qaerga?
– Sen hozir stadionga kelishing kerak. Sen asosiy jamoaga keraksan.
– Nima-a? Men?
– Ha, sen.

Otamning oldiga yugurdim va baqirdim: "Tezroq bo'ling! Ketishimiz kerak! Tez-z".
"Qaerga?" - deb so'radi u. "Ota, "Anderlext"ga", - dedim men.

Stadionga etib bordik va orzular bilan kiyinish xonasiga kirdim. Mendan qaysi raqamda o'ynashimni so'rashdi. Men 10-raqamni so'radim. Yosh va jasur edim. Ekipirovkachi menga: "Akademiyadagilar 30dan yuqori bo'lgan raqamlarni olishlari mumkin". Men javob berdim: "Yaxshi, 3ni 6ga qo'shsak 9 bo'ladi. Menga 36ni bering". O'sha kecha asosiy jamoa o'yinchilari meni qo'shiq kuylashga majbur qilishdi, hozir qaysi qo'shiqligini eslay olmayman ham. Miyamda qaysidir ohanglari jaranglab turadi. Keyingi tongda do'stim oldimga keldi, onam esa meni o'yinga ketganimni aytadi.

"Qaerga?" - deb so'radi u. Onam: "Finalga".

Stadionga kelgan barcha futbolchilarda yaxshigina sport kostyumi bor edi, mendan tashqari. Men avtobusdan eski kostyumda tushdim. Barcha kameralar menga qaratilgandi. Kiyinish xonasigacha 300 metr yo'l yurish kerak edi. Bu taxminan 3 daqiqa vaqt olardi. Kiyinish xonasiga kirganimdan keyin telefonim jiringlay boshladi. Barcha tanishlarim meni televizor orqali qo'rishgandi. Taxminan 3 daqiqada 25ta sms xabari keldi. Do'stlarim aqldan ozayozgandi. Ular so'rashdi: "U erda nima qilyapsan? Nima uchun seni televizorda ko'rsatishyapti?".

Ulardan faqatgina biriga, eng yaxshi do'stimga javob yozdim: "Do'stim, o'ynaymanmi yoki yo'q, buni bilmayman. Biroq o'yinni tomosha qil".

Murabbiy 64-daqiqada meni maydonga tushirdi. "Anderlext" tarkibida 16 yosh 11 kunlik bolakay maydonda harakat qilayotgandi. Biz finalda mag'lub bo'ldik, biroq men juda baxtli edim. Bobom va onamga bergan vadamni bajardim. O'shanda angladim-ki, endi barchasi yaxshi.

Keyingi mavsumda mening oldimda maktabni tugatish va Evropa ligasida o'ynash majburiyati turgandi. Kechqurun aeroportga jo'nash uchun maktabga kattagina sumka bilan borardim. Biz ligani yutdik, men esa kelib chiqishi afrikalik bo'lgan eng yaxshi futbolchiga aylandim. To'g'risini aytaman, barchasi shunday bo'lishini bilardim, ammo bunchalik tez bo'lishi hayolimga ham kelmagandi. Matbuotda ham men haqimda yoza boshlashdi va umidlar bildirishdi. Ayniqsa, milliy terma jamoa borasida. To'g'ri, termada unchalik yaxshi o'ynay olmaganman. SHunchaki o'yinim o'xshamagan. Ammo o'shanda 16-17 yosh edim! Barchasi yaxshi yo'lga tushib olganida men haqimda gazetalarda: "Romelu Lukaku - belgiyalik hujumchi", deb yozishdi. Ishlar biroz yomonroq bo'lganida: "Romelu Lukaku - kelib chiqishi afrikalik bo'lgan belgiyalik hujumchi", deb atashdi.

Agarda mening o'yinim yoqmasa, ko'rmang, bu sizning huquqingiz. Biroq men shu erda tug'ilganman. Antverpen, Lej va Bryusselda katta bo'lganman. "Anderlext" uchun o'ynashni orzu qilganman. Vensan Kompani kabi bo'lishni istardim. Gaplarimni francuz tilida boshlab, golland tilida yakunlay olaman; biroq qaerda bo'lsam ham ko'proq ispan, portugal va lingal tilida gaplashaman. Men - belgiyalikman. Biz barchamiz - belgiyalikmiz.

Biroq vatandoshlarim nima uchun har doim mening yomon o'yin o'tkazishimni kutishini tushunmayman. "CHelsi"ga o'tganimda o'ynay olmadim, ular ustimdan kulishdi. Meni "Vest Bromvich"ga ijaraga berib yuborishganida ham kulishdi. Hechqisi yo'q. Biz uyda sutga suv qo'shganimizda ular yonimda bo'lmagan. O'zimning yonimda bo'lmaganlar ustimdan kulsa, etibor bermayman. Bilasizmi eng yomoni nima? Men 10 yil CHempionlar ligasini ko'rmaganmiz. Maktabga borganimda barcha final haqida gapirardi. Men esa nimalar bo'layotganini tushunmasdim.



Eslayman, 2002 yilda "Real" "Bayer" bilan o'ynagandi, barcha: "Qanday zarba bo'ldi! Qanday ajoyib zarba bo'ldi!", deyishdi. Men esa gap nima haqida ketayotganini bilmasdim. Oradan ikki hafta o'tib, biz kompyuter sinfida o'tirardik. Do'stlarimdan biri internetdan video yuklab oldi. Nihoyat Zidan chap oyog'ida yuqori burchakni qay tariqa nishonga olganini ko'rdim. Yozda do'stimning uyiga borib, Ronaldoning JCH finalidagi fenomenal o'yinini tomosha qildim. Turnirning oldingi qismida nimalar bo'lganini esa bolalarning suhbatlaridan bilib oldim. 2002 yilda oyoq kiyimlarimda yirtiqlar bo'lardi. Katta teshiklar!

Oradan 12 yil o'tib, o'zim jahon chempionatida o'ynadim. Endi esa yana bir Jahon chempionati, bu safar ukam ham men bilan. Bir tarixga, bir uyga ega bo'lgan ikki yigit yuqorilarga ko'tarila olishdi (Ushbu suhbat JCH-2018 oldidan uyushtirilgan, o'shanda hali terma jamoalarning mundial uchun yakuniy tarkibi elon qilinmagan edi. Romeluning ukasi, himoyachi Jordan Lukaku Belgiya terma jamoasining JCH uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi, ammo yakunda bosh murabbiy Roberto Martines kichik Lukakuni termaning yakuniy ro'yxatiga kiritmadi). Endi faqatgina xursandchilik haqida o'ylayapman. Stress va dramalar uchun hayot juda qisqa. Men va mening klubim haqida nima istashsa, o'shani gapiraverishsin.



Yosh bola bo'lganimizda hatto Terri Anrining o'yinlarini televizor orqali ko'rish imkoni bo'lmagan. Hozir esa biz terma jamoaning o'zida undan nimalarnidir o'rganyapmiz (Terri Anri Belgiya terma jamoasida Roberto Martinesning yordamchisi hisoblanadi). Men tirik afsonaning yonida turibman, u esa menga maydonda o'zi bajargan xatti-harakatlarni o'rgatmoqda. Terri mendan ko'ra ko'proq futbol ko'radigan yagona inson. Biz u bilan hamma narsani muhokama qilamiz. Biz birga o'tirib, Germaniyaning ikkinchi divizioni haqida gapirishimiz mumkin. Men undan: "Terri, "Fortuna Dyusseldorf"ni ko'rdingmi?" deb so'rayman. U esa menga: "Hazillashyapsanmi? SHubhasiz", - deydi.

Men uchun bu dunyoda yaxshiroq narsa yo'q. Bobom bularning hammasini ko'rishini juda ham xohlardim. Men "Manchester Yunayted", Premer-liga, CHempionlar ligasi, milliy terma, Jahon chempionati haqida gapirmayapman. Men hayotim haqida gapirdim. Bobomga yana qo'ng'iroq qilib, shunday deyishni istardim: "Ko'ryapsizmi, men vada bergandim. Qizingizda hammasi yaxshi. Endi uyimizda kalamushlar yo'q. Endi polda yotishimizga hojat yo'q. Bizda hammasi yaxshi. Mendan hujjatlarimni boshqa so'rashmaydi. Endi ular bizni yaxshi tanishadi".



Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +126   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика