So’nggi yangiliklar

11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6

Tarixda bugun: Libosi yirtilgan Isma, havodagi posbon, so'nggi soniyalarda hujumga borgan "Navbahor" darvozaboni Yangiliklar

Tarixda bugun: Libosi yirtilgan Isma, havodagi posbon, so'nggi soniyalarda hujumga borgan "Navbahor" darvozaboni

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: Bikmaevning benefisi, 2ta penalti, 8ta gol va guruhdagi oxirgi o'rin

Bugun Superliganing yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

Superliga-2018 8-turi doirasida o'ziga xos principial raqiblar o'zaro to'qnash kelishgan. SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" o'z maydonida Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Navbahor"ni qabul qilgan. 17 mingdan ziyod muxlis bevosita stadiondan kuzatgan juda qiziqarli va keskin kurashlar va voqealarga boy o'tgan uchrashuvdan bir quloch ajoyib kadrlarni tarixga muxrlagandim. Quyida 2 yil oldin aynan shu sanada o'tgan o'sha bellashuvdan o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan suratlarni etiboringizga havola etamiz.


Darvoqe, Superliga-2018ning yakuniy jadvalida "Paxtakor" ikkinchi, "Navbahor" esa uchinchi o'rinni band etgan.

Superliga-2018
8-tur
, 25.04.2018
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 17456 tomoshabin
"Paxtakor" – "Navbahor" 1:0
Hakamlar:
SH.Qosimov (Toshkent), X.SHodmonov (Toshkent), A.Burov (Buxoro), F.Yansupov (Toshkent).
Gol: Tiago Bezerra 77 (pas Jaloliddin Masharipov).

"Paxtakor": 25.Eldor Suyunov, 29.Vladimir Kozak, 55.Marko Simich, 4.SHerzod Azamov, 2.Akmal SHorahmedov, 7.Azim Ahmedov (80.Rostin Griffits, 90+2), 8.Dilshod Rahmatullaev, 9.Jaloliddin Masharipov (22.Jasur Yaxshiboev, 82), 18.Bahrom Abdurahimov, 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 10.Jamshid Iskanderov, 20.Jasur Hakimov, 21.Kamoliddin Tojiev, 27.Doston Ibragimov, 28.Stanislav Andreev, 34.Farruh Sayfiev.

"Navbahor": 45.Akbar To'raev, 6.Oston O'runov (9.Dilshod Jabborov, 81), 10.Azizbek Turg'unboev, 11.Zohir Pirimov (23.Behruz Sadilloev, 80), 15.Azamat Allaniyozov (17.Sardor Sulaymonov, 64), 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Azamjon Aliev, 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoevich.
Zaxira: 68.Mamatxonov Mirzohid, 8.Ayubxon No'monov, 12.Nenad Inac, 20.SHohzamon Xayrullaev, 27.Ravshan Do'stmatov.

Ogohlantirishlar: J.Masharipov 72, B.Abdurahimov 87, M.Simich 90 - T.Payovich 72, J.Mehmonov 74, D.Jabborov 81, D.Stanoevich 86.

"Paxtakor" ham, "Navbahor" ham milliy chempionatimizning barcha mavsumlarida ishtirok etib kelayotgan klublar.


2 yil oldingi uchrashuvda asosiy tarkibda tushganlardan bugungi kunda faqat ikki nafari hamon "Navbahor"da. Bular: Aziz Turg'unboev hamda Mirzohid G'ofurov.


"Paxtakor"dan esa o'sha kuni o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlaganlardan E.Suyunov, V.Kozak, SH.Azamov hamda J.Masharipovlar hozir ham "sherlar" sharafini himoya qilishmoqda. 2 yil oldin toshkentliklar safida to'p tepgan Azim Ahmedov esa hozirda "Navbahor" sardori hisoblanadi.


Mo'minjonov vs Arveladze.


Ilhom Mo'minjonov, Anvar Soliev va Vladimir Andreev.


"Nasaf"da yorqin o'yinlari bilan tanilgan Bahrom Abdurahimov "Paxtakor" asosiy tarkibidan muqim joy ololmagandi.


Namangandan Toshkentga kelgan muxlislar.


Aziz Turg'unboev o'zini ko'rsata boshlagan paytlar edi.


Uchrashuvni stadiondan 17456 nafar tomoshabin kuzatib borgandi.


Superligada himoyachilar uchun eng bosh og'rig'i bo'ladigan o'yinchi Jaloliddin Masharipov.


To'p uchun kurash doim kemkin tus oladi.


Darko Stanoevich.


Mirzohid G'ofurov Superliga-2018da 16ta to'p kiritgan Ismoil Gonsalveshga qarshi.


- Keyingi mavsum meni "Paxtakor"ga chaqirishadi?
- Meni o'rnimgami?


Yaxshi kadr;)


Tiago Bezerra tinib-tinchimas o'yinchi edi, yuqori darajali legioner bo'lmasa-da, undagi azart uncha-munchasida yo'q. Uning Superliga-2018 to'purari bo'lishija ham aynan intiluvchanlik va azart bosh omil bo'lgan deb o'ylayman.


Ikki "dev" Oston O'runov va Darko Stanoevichning orasiga tushib qolgan Bahrom Abdurahimov.


Mo'minjonovni kayfiyati alo.


Arveladze esa nimadandir norozi.


Libosi yirtilib ketgan Isma.


Ismaga darhol boshqa forma berildi.


Bu darvozabonga keyinroq yana to'xtalamiz...


O'sha kuni kiritilgan yagona golga assistentlik qilgan Jaloliddin Masharipov.


Baland bo'yli va jismonan baquvvat markaziy himoyachilar Darko Stanoevich hamda Tomislav Payovich.


Ikki jamoa etakchilari ishtirokida yaxshi kadr.


Oston O'runov ancha-muncha raqiblarni ortidan yugurtirib yurardi.


77-daqiqada Masharipovning pasidan keyin Bezerra hisobni ochgandi. Bu gol yagona bo'lib qoldi.


Havodagi posbon. Ajoyib kadr.


Odatda Davron Hoshimov raqiblarni yiqitardi, bu safar aksi)


Uchrashuvning so'nggi soniyalarida "Navbahor" darvozaboni Akbar To'raev hujumga bordi. Ko'rib turganingizdek u havodagi kurashni yutishiga bir baxya qolgandi.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика