So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  2 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  7 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  7 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Tarixda bugun: Hayratdagi Nuriev va g'azabdagi Abramov Yangiliklar

Tarixda bugun: Hayratdagi Nuriev va g'azabdagi Abramov

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayotgandik.

Garchi, qator chempionatlar, shu jumladan Bundesliga start olganiga qaramay ushbu loyihani hozircha to'xtatmay turamiz.

Foto Tarixda bugun: Mansur Saidov va Akmal Xolmatovi bor "Neftchi", kuchli yomg'ir ostida o'tgan o'zbek "El Klassiko"si

Bugun Superliga yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz.

Superliga-2019 9-turi doirasida muxlislar Toshkent derbisi guvohi bo'lishgandi. Andrey Fyodorov boshqaruvidagi "Lokomotiv" jamoasi o'z maydonida Vadim Abramov ustozligidagi "Bunyodkor"ni qabul qilgan. Uchrashuvda hisob ochilmagan, 90+4 - daqiqada "qaldirg'ochlar" kiritgan golni hakamlar o'yindan tashqari holat deb inobatga olishmagandi. O'sha vaziyat ko'plab munozaralarga sabab bo'lgandi.

Darvoqe, Superliga-2019ning yakunida "Lokomotiv" 49 ochko bilan vice-chempion bo'lgan ersa, "Bunyodkor" 43 ochko bilan bronza medallarini o'ziniki qilgandi.


Superliga-2019
9-tur
, 17.05.2019
Toshkent, "Lokomotiv" stadioni, 3112 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Firdavs Norsafarov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 7.Azizbek Haydarov (77.Diyor Turopov, 61), 8.Jamshid Iskanderov (9.Filip Rayevac, 80), 23.Yovan Jokich, 71.Arslanmirat Amanov (14.Azizbek Amonov, 46), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Mamur Ikromov, Avazbek O'lmasaliev, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Ergashev, Igor Yelich.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 3.Islom Qobilov, 6.Anvar G'ofurov, 19.Nurillo To'xtasinov, 8.Jasur Jaloliddinov (34.Suhrob Izzatov, 55), 10.Xurshid G'iyosov (30.Abdulla Abdullaev, 79), 26.Ulug'bek Abdullaev, 13.Lutfulla To'raev, 17.Sanjar Qodirqulov, 14.Mirjahon Mirahmadov (20.Vladislav Nuriev, 59).
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Sergey Proxorov, Boburbek Farhodov, Sanjar Rixsiboev, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov.

Ogohlantirishlar: D.Hoshimov 33, D.Turopov 90+1 - A.G'ofurov 80, S.Izzatov 90+3.

Uchrashuvni stadiondan kuzatish uchun kelgan muxlislarga "Lokomotiv" klubi muborak ramazon oyi munosabati bilan iftorlik qilib olish uchun egulik va ichimliklar tarqatilgandi.



Bir yil oldin derbida asosiy tarkibda tushganlardan faqat Xurshid G'iyosov va Ulug'bek Abdullaev hozir "Bunyodkor" tarkibida emas.


O'tgan mavsum "Bunyodkor" o'yinida asosiy boshqaruvchi bo'lgan Lutfulla To'raev to'p bilan.


Javohir Ilyosov.


"Bunyodkor" muxlislari.


"Lokomotiv" muxlislari.


To'p uchun kurashda Mirahmadov va Jokich.


To'qnashuv.


Bugungi kunda J.Koreya K-2 ligasida to'p harakat qiluvchi "Anyang" klubi azosi Xurshid G'iyosov hamda J.Koreya K-ligasi vakili "Seongnam"da o'ynayotgan Jamshid Iskanderov.


Jasur Jaloliddinov.


Andrey Fyodorov.


O'tgan mavsum Superligada 11ta gol urgan Temurxo'ja Abduxoliqov.


Vadim Abramov.


Sardor Mirzaev 52-daqiqada himoyachilarni dog'da qoldirda va zarba berdi, ammo...


Ammo, mehmonlar darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov jamoasini goldan qutqarib qolgandi.


Boy berilgan imkoniyatga Temurxo'janing munosabati.


"Lokomotiv" stadioni media tribunasi.


"Lokomotiv"da unchalik omadi yurishmagan Rayevac.


O'yinning 90+4 - daqiqasida Vladislav Nuriev hisobni ochgandi, ammo yon chiziq hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi.


Gol inobatga olinmaganidan hayratga tushayotgan Nuriev.


Abramov hazab otiga mindi va yon chiziq hakami yoniga bordi.


O'FA: “Lokomotiv” darvozasiga urilgan golda offsayd bor edi


Vadim Abramov: "Qanot hakami xato qildi deb o'ylayman"

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика