So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  109 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Taqdiri bir hafta ichida hal bo'ladigan futbolchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Taqdiri bir hafta ichida hal bo'ladigan futbolchilar (mutolaa uchun)

Transfer oynasi tugashiga atigi bir hafta qoldi. SHuning uchun qaysi futbolchilarni kuzatib borish lozim?

Quyida belgilangan oxirgi sana – 1 sentabrga qadar asosiy sarlavhalarga aylanishi mumkin bo'lgan futbolchilarni keltirildi:


Krishtianu Ronaldu, hujumchi, “Manchester Yunayted”
Dushanba kuni “Liverpul” ustidan qozonilgan ajoyib g'alaba qayd etilgan o'yin uchun asosiy tarkibdan tushib qolgan Ronalduning taqdiri u yoki bu tarzda aniqlik kiritilmagunicha bahs mavzusi bo'lib qolaveradi. 37 yoshli futbolchi CHempionlar Ligasida o'ynash uchun MYUni tark etmoqchi, biroq uning tanlovlari va vaqt tugab bormoqda. ESPN manbalari Ronaldu “Old Trafford”da qolishidan darak bermoqda, biroq uning salbiy munosabati kiyinish xonasiga tasir qilishi mumkinligi borasidagi havotirlar muddat yaqinlashib borgani sayin vaziyatni o'zgartirib yuborishi mumkin.




Per Emerik Obameyang, hujumchi, “Barselona”
Obameyangning “Barsa”ga qo'shilganiga ko'p bo'lgani yo'q. U fevral oyida “Arsenal” bilan shartnomasi bekor qilinganidan so'ng yangi jamoasi tarkibiga kelgandi. Endi Kataloniya klubi uni 25 million evro atrofida transfer qilmoqchi, bu orqali klub 55 mln evroga yangi kelgan Jyul Kundeni La Liganing maosh chegarasi ostida ro'yxatdan o'tkazish imkoniga ega bo'ladi. Bir qancha muddatdan buyon qiziqish bildirib kelayotgan “CHelsi” asosiy davogar hisoblanadi. Xabar berilishicha, Obameyangning o'zi “Borussiya” Dortmunddagi sobiq ustozi Tomas Tuxel bilan qayta aloqani o'rnatishni xohlaydi, ammo futbolchi 33 yoshda va “CHelsi” uni sotib olish uchun juda ko'p mablag' sarflashdan saqlanishga harakat qiladi.


Frenki de Yong, markaziy yarimhimoyachi, “Barselona”
De Yong bu yozda sarlavhalarda hukmronlik qildi, biroq uning “transfer ertagi” nihoyasi xunuk bo'ldi. 2020 yil oktabr oyida yarim himoyachining haftalik maoshi qisqartirilgan edi, biroq manbalar ESPNga “Barsa” yana shunday qilmoqchi ekanini xabar qildi(uning amaldagi shartnomasiga zid tarzda).

“Barsa” “Manchester Yunayted”ning 85 mln evrolik taklifini qabul qildi, biroq de Yongning o'zi CHempionlar Ligasida o'ynashni istaydi shuning uchun “CHelsi” va “Bavariya” uning atrofida o'ralashib yuribdi.

Futbolchining maoshi bilan bog'liq qarzdorlik qariyb 20 mln evroni tashkil etadi. SHu tufayli uning ketishi bo'yicha kelishuvning amalga oshishi ancha mushkul. Agar “Barsa” boshqa o'yinchilar hisobiga muammoni hal qilish uchun yukni biroz engillatolsa, u qolishi mumkin. Aytgancha, uning murabbiy Xavi bilan munosabatlari yaxshi.



Uesli Fofana, markaziy himoyachi, “Lester”
Fofana o'tgan hafta oxirida “Sautgempton”ga qarshi o'yinni mashg'ulotlarda ishtirok etmagani uchun o'tkazib yubordi. Uni asosiy tarkibdan chetlashtirgan “tulkilar” ustozi Brendan Rojersning so'zlariga ko'ra, 21 yoshli himoyachi o'ynash uchun to'g'ri fikrlash holatida emas. Xabarlarga ko'ra, “CHelsi” 70 mln funtgacha bo'lgan jami uch taklif bilan chiqqan. Ammo “Lester” futbolchining transferidan eng kamida 80 mln ishlamoqchi va qo'shimchasiga uning ketishiga unchalik xohish bildirayotgani yo'q. SHu alfozda Fofana yo shunday ulkan mablag' evaziga “CHelsi” azosiga aylanadi (bu himoyachi uchun to'lanadigan rekord mablag'ga aylanadi) yoki kamida yana 6 oy hozirgi jamoasida qolishga majbur bo'ladi.


Serjino Dest, himoyachi, “Barselona”
“U vaziyatning qanday ekanini biladi”. O'tgan hafta oxirida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Xavining so'zlari shavqatsiz edi va ular Destning “Kamp Nou”dagi kelajagi yo'qligini aytishdi. Manbalarning takidlashicha, avvalroq “CHelsi” qiziqish bildirgan bo'lsa da, boshqa bir klubga o'tkazishni xohlaydi. “Atletiko” va “Bavariya” bu borada susayib qoldi.

AQSH terma jamoasi qanot himoyachisi uchun “Manchester Yunayted” tanlovi ham bor, ammo vaqt tugab bormoqda, biroq Jahon CHempionati oldidan himoyachining yaxshi holatda bo'lishini taminlash uchun u “Borussiya” Dortmund himoyachisi Toma Mene transferining bir qismi sifatida Germaniyaga yo'l olishi mumkin.


Lukas Paketa, markaziy yarimhimoyachi, “Lion”
 
Xabaringiz bor, “Nyukasl” “Lester” yarimhimoyachisi Jeyms Meddisonni xarid qilish uchun bir qancha takliflar bilan chiqdi va barchasi rad etildi. SHu sababli ular etiborlarini boshqa nuqtaga qaratishiga to'g'ri keladi. “Lion” pleymekeri Paketa “Sent Jeyms Park”dagi braziliyalik hamkasblari Bruno Gimaraynsh va Joelintonlarga borib qo'shilishni istashi mumkin, biroq Liga 1 vakili futbolchini qo'yib yuborishi uchun 50 mln evrolik taklif berilishi kerak bo'ladi.

Transfer oynasi boshrog'ida “Arsenal” va PSJ u bilan bog'langan edi. Ularning qiziqishlari boshqa tomonga burilib ketdi. Malum bo'lishicha, “Vest Hem” futbolchi uchun kurashga qo'shildi.




Yuri Tilemans, markaziy yarimhimoyachi, “Lester”
2023 yilda tugaydigan shartnoma bilan Tilemans transfer oynasi yakunlanishi arafasida o'zini etibor markazida topishi mumkin. “Lester” 25 yoshli yarimhimoyachini yo'qotishni istamaydi. U 2019 yilda Premer liga kelganidan beri o'zining ajoyib o'yini bilan ko'rsata oldi. Biroq jamoa uning transferiga majbur qilinishi mumkin. Belgiyalik futbolchiga “Liverpul” va “Arsenal” qiziqish bildirmoqda. Uning transfer narxi 30 mln funt sterlingga tushishi mumkin.


Entoni Gordon, hujumchi, “Everton”
Gordonga yuqori baho berildi va avvalroq “Tottenhem” va “Nyukasl Yunayted” tomonidan kuzatib borilgan. “CHelsi” Angliyaning 21 yoshli vingerini qo'lga kiritishni hammadan ham qo'proq istaydi. Manbalarning malumotiga ko'ra, ular allaqachon 45 mln funt sterlinggacha bo'lgan ikki taklifni berib bo'lgan. Biroq “Everton” uni 50 mln funtlik taklif tushmagunicha ushlab turmoqchi. Avvalroq “Tottenhem”ga Richarlisonni 60 mln funtga berib qo'ygan “Everton”da sarflash uchun juda ko'p pul va ularni ishlatish uchun nihoyatda kam vaqt qoldi.


Hakim Ziesh, hujumchi, “CHelsi”
Zieshning kelajagi “Manchester Yunayted”ning “Ayaks”dan Antonini sotib olish uchun taklif qilib rad etilgan 80 mln evrodan ko'proq taklif bilan chiqishiga bog'liq. Agar MYU Antonini sotib olsa, “Ayaks” 2020 yilda jamoani 44 mln evroga tark etgan Zieshni qaytarishni xohlaydi. To'g'ri, 29 yoshli futbolchi hozir bunday mablag'ga sotib olinmaydi, biroq u agar “Stemford Bridj”ni tark etsa, Gordon yoki boshqalar tomonidan to'ldirilishi kerak bo'lgan bo'shliq hosil bo'lishiga sabab bo'ladi.




Rafael Leau, hujumchi, “Milan”
Portugaliyalik forvard o'tgan mavsumda Italiya chempioni bo'lish yo'lida 42 o'yinda 14 ta gol va 12 ta asist qayd etdi. Bu orqali u o'zini Evropaning top klublari radariga tushirdi. Hali bor yo'g'i 23 yoshda bo'lgan Leauning salohiyati yuqori va shuning uchun “Real” Madrid va PSJ uni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “CHelsi” 95 mln evrolik taklifi bilan futbolchiga qiziqqanlarning so'nggisi bo'ldi, biroq bu jamoaning yozgi boshqa daromadlariga bog'liq bo'lishi mumkin.



ORIGINAL MANBA

Mansurbek Nematov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика