So’nggi yangiliklar

20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  0 20:12U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  326 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  3 19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 3:3 (матнли трансляция)  32 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  11 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  6 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  36 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6

Tanishing, “Metallurg”ning yangi futbolchilari Yangiliklar

Tanishing, “Metallurg”ning yangi futbolchilari

Har mavsum arafasida klublar jamoaga kelib qo'shilgan yangi o'yinchilarning taqdimot marosimini o'tkazishi anana tusiga kirgan.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibiga ham 2020 yilgi mavsum uchun bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilganidan xabaringiz bor. Bugun “Metallurg” jamoasi qarorgohida yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi o'tkazildi. Klub rahbariyati jamoaga kelib qo'shilgan o'yinchilarga mavsum davomida omad, muvaffaqiyat yor bo'lishini, chiroyli, hujumkor, eng asosiysi samarali o'yinlari bilan bekobodlik ishqibozlarni xursand etishlarini tilashdi.

Tadbir yakunida mazkur futbolchilarning Coca Cola Superligasi o'yinlarida qanday raqamlarda ishtirok etishlari namoyish qilindi.

 
Doniyor Narzullaev, 24 yoshda, 1995 yilning 11 aprel sanasida tavallud topgan.
Ampluasi –
yarim himoyachi.
“Nasaf” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini Qashqadaryo viloyatining bosh jamoasida 2014 yili boshlagan. Olti mavsum davomida “Nasaf” tarkibida 81 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 3 ta gol kiritgan, 5 marta ogohlantirilgan. Osiyo chempioni (2018 yil, U-23 chempionati, Xitoy), O'zbekiston vice chempioni (2017), O'zbekiston kubogi (2015) va Superkubogi (2016) sohibi.



Calamat Quttiboev, 33 yoshda, 1986 yilning 21 may sanasida tavallud topgan.
Ampluasi
– yarim himoyachi.
Kuchlilar safida 154 ta uchrashuvda maydonga tushgan. “Mashal” (2010, 2014), “So'g'diyona” (2014), “Olmaliq” (2015), “Lokomotiv” (2017), “Buxoro” (2016, 2017-2019) jamoalarida o'ynagan. Raqiblari darvozasiga 18 ta gol kiritgan. 28 marta ogohlantirilgan.


SHahzodbek Ubaydullaev, 21 yoshda, 1998 yilning 2 mart sanasida tavallud topgan.
Ampluasi –
hujumchi.
Faoliyatini “Mashal” jamoasida boshlagan. Superligada 2019 yilgi mavsumni “Andijon” tarkibida o'tkazdi. 24 ta uchrashuvda maydonga chiqdi, 9 ta gol kiritdi. 4 bor sariq kartochka bilan jazolandi.



Murodbek Bobojonov, 25 yoshda, 1994 yilning 6 iyul sanasida tavallud topgan.
Ampluasi –
hujumchi.
Kuchlilar safida 2014 yildan faoliyat yuritib keladi. Muqaddam “Neftchi” (2014-2016, 2018), “Lokomotiv” (2017), “Qizilqum” (2019), “Buxoro” (2019) jamoalarida to'p surgan. 109 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 24 ta gol kiritgan, 9 marta ogohlantirilgan. O'zbekiston chempioni (2017) va mamlakat kubogi sohibi (2017).


Abdurahmon Abdulhaqov, 25 yoshda, 1994 yilning 16 oktyabr sanasida tavallud topgan.
Ampluasi
– yarim himoyachi.
Kuchlilar safida 2016 yildan o'ynab kelayapti. Uch yil mobaynida “Neftchi” (2016-2018) da to'p surgach, o'tgan mavsumni “Andijon” (2019) o'tkazdi. 73 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 4 ta gol kiritgan, 17 marta ogohlantirilgan.


Ixtiyor Toshpo'latov, 26 yoshda. 1993 yilning 4 mart sanasida tug'ilgan.
Ampluasi –
yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyatini “Mashal” jamoasida boshlagan. Muborakliklar safidabesh mavsumni o'tkazgach (2011-16), Superliganing “So'g'diyona” (2016-18), “Dinamo” (Samarqand, 2019) jamoalarida to'p surdi. Kuchlilar safida 111 ta uchrashuvda maydonga chiqqan, 16 ta gol kiritgan, 12 marta sariq kartochka biblan jazolangan.



Evgeniy CHumak, 24 yoshda. 1995 yilning 25 avgust kuni Ukrainada tavallud topgan.
Ampluasi –
yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyati davomida «Dinamo» (Ukraina, 2012-2016), «Goverla» (Ukraina, 2015), «Torpedo-BelAZ» (Belorus, 2016), «Zvezda» (Ukraina, 2016), «Karpati» (Ukraina, 2016), «Dnepr» (Belorus, 2017), «Desna» (Ukraina, 2018), «SHevardeni» (Gruziya, 2019) jamoalarida to'p surgan. O'zbek futboli muxlislariga 2019 yilning ikkinchi davrasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida paydo bo'lganligi bilan yaxshi tanish. Nomlari tilga olingan jamoalar tarkibida Evgeniy jami 74 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 10 ta gol kiritgan, 14 marta ogohlantirilgan.
Ukraina U-18 (2012-13 yillar, 8 o'yin, 0 gol), Ukraina U-19 (2013-14, 10, 0), Ukraina U-20 (2014-15, 9, 1), Ukraina U-21 (2014-15, 6, 2) terma jamoalariga jalb etilgan.



Abdug'ani Kamolov, 20 yoshda. 2000 yil 22 mart sanasida tug'ilgan.
Ampluasi –
himoyachi.
“Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2019 yilga qadar “Bunyodkor” jamoasi yoshlar tarkibida o'ynagan.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика