Davron Fayziev: "Argentina, Angliya, Gana yoki Senegal bilan bir guruhga tushishimizni xohlayman"
05 dek 2025 14:32
Yangiliklar
Davron Fayziev: "Argentina, Angliya, Gana yoki Senegal bilan bir guruhga tushishimizni xohlayman"
Futbol musobaqalarining gultoji bo'lgan mundialda ishtirok etish barcha terma jamoalarning maqsadi hisoblanadi. O'zbekiston terma jamoasi bu yil tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugun esa qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Ushbu tadbir oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Davron Fayziev fikrlarini bildirdi.
"Qura tashlash marosimini barcha qatori men ham kutyapman. Istardimki, terma jamoamizga Argentina, Angliya, Gana yoki Senegal raqib bo'lishini istardim. Negaki, kuchli jamoalar bilan raqobat qilishdan qo'rqmasligimizni ko'rsata oldik. Bekordan bekorga Jahon chempionatiga chiqib qolganimiz yo'q. Qurada yaxshi raqiblar ro'baro' kelishini tilab qolaman", – dedi Davron Fayziev.
Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar
Ҳамма кучсиз рақиб кутяптику
Uzbekistan
Gana
Shvetsariya
Taxminim