"Surxon" o'z safiga ikki rossiyalik futbolchini qo'shib oldi Yangiliklar

"Surxon" o'z safiga ikki rossiyalik futbolchini qo'shib oldi

Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etayotgan "Surxon" rossiyalik futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

"Surxon" matbuot xizmatining xabar berishicha, 23 yoshli Dmitriy Kratkov va 25 yoshli Kirill Kolesnichenkolar jamoa safiga qo'shilishdi.

Hujumchi Kolesnichenko yanvar oyida "Surxon" yig'inida ishtirok etib, bir qator nazorat uchrashuvlarida o'zini ko'rsatdi va klub bilan 1 yillik bitim imzoladi. U faoliyati davomida "Ural", "Qayrat", "Rotor", "Rodina" va "Amkar" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Tayanch yarim himoyachisi rolini bajaradigan Kratkov "Krasnodar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика