So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Superliganing internet tarmog'idagi translyaciyasi huquqini SHveycariya kompaniyasi harid qildi Yangiliklar

Superliganing internet tarmog'idagi translyaciyasi huquqini SHveycariya kompaniyasi harid qildi

O'zbekiston Professional futbol Ligasi o'z tarihida birinchi bor internet tarmog'idagi translyaciya huquqini sotishga erishdi.

Ushbu huquqni O'zPFLdan SHveycariyada joylashgan “Empower Sports”kompaniyasi 4 yillik muddatga harid qildi.

 “Empower Sports” kompaniyasi futbolni internet tarmog'ida mahsus texnologiyalar yordamida translyaciya qilish yo'nalishida faoliyat olib boradi. O'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan mycujoo.tv platformasi aynan ushbu kompaniyaga qarashlidir. Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilayotgan “Empower Sports” 2017 yilda 3900ta o'yinni internetda jonli tarzda translyaciya qilgan.

 SHu kungacha “Empower Sports” kompaniyasi O'zbekiston futbol Associaciyasi bilan OFKning qitada Ligalarni rivojlantirish dasturi doirasida hamkorlik qilib kelgan va ushbu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Empower Sports”ning rahbariyati O'zbekiston Professional futbol Ligasi tasarrufida o'tayotgan musobaqalarning elektron huquqini harid qilish taklifi bilan chiqqan.

 Kelib tushgan taklifni o'rganib chiqqan PFL rahbariyati shartnomani imzoladi. Bu borada, tashkilotning Bosh direktori Omon G'ofurov quyidagi fikrni bildirib o'tdi:

 “Empower Sports” kompaniyasi bizga yaxshi malum bo'lgan tashkilot. Qisqa fursat ichida u jadal rivojlanishga erishdi va dunyoning ko'plab Associaciyalari va Ligalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Endilikda biz ham internet tarmog'idagi translyaciya kontentini rivojlantirishga jiddiy etibor qaratishni maqsad qilganmiz”, - deydi Omon G'ofurov.

 Mycujoo.tv platformasida futbol ishqibozlari professional futboldan tortib, havaskorlar ligalari, futzal va boshqa turli hil musobaqalar o'yinlarini tomosha qilishlari mumkin.

 “Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri bu muhlislarda o'zbek futboliga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdir. Bu yil mamlakatimiz rahbariyati va O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyati tomonidan ko'rsatilayotgan jiddiy etibor tufayli futbolimizda katta o'zgarishlar va islohatlarga guvoh bo'lishimiz mumkin. Albatta O'zbekiston Professional futbol Ligasi ham futbolning har bir jabhasini rivojlantirishni maqsad qilgan. SHunday ekan, biz zamon bilan birgalikda qadam tashlash uchun “Empower Sports” kompaniyasining taklifini qabul qildik”, - deb qo'shimcha qiladi PFL Bosh direktori.


“Hozirgi kunda mamlakatning eng nufuzli futbol musobaqasi bo'lmish “PEPSI Superliga” o'yinlarining deyarli barchasi hamkorimiz bo'lmish “Sport” kanali orqali jonli tarzda efirga uzatilmoqda. Bu holat albatta muhlislarni va mutassaddilarni hursand qilmay qolmaydi, ammo bazi xollarda obektiv sabablarga ko'ra, u yoki bu o'yinni jonli kuzatishning imkoniyati bo'lmayapti. Ushbu xolatni bartaraf etish maqsadida biz internet translyaciyalarga murojat qilishga etibor qaratamiz. Hozirgi kunda Superliganing 6 klubi (“Nasaf”, “Paxtakor”, “Qo'qon-1912”, So'g'diyona”, AGMK, “Lokomotiv”) uy uchrashuvlarini translyaciya qilish imkoniyatiga egalar, qolgan 6 jamoani biz mavsum davomida loyihaga jalb qilamiz va shundan so'ng musobaqaning har bir uchrashuvi internetda jonli tarzda namoyish etiladi. Lekin biz faqatgina Superliga uchrashuvlari bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Bosqima bosqich biz Pro-Liga, Yoshlar ligasi, futzal va ayollar chempionatlarida ishtirok etuvchi jamoalarni ham loyihaga kiritamiz va shu tariqa, dunyoning istalgan burchagida bo'la turib, muxlislar O'zbekistonning turli viloyat va tumanlarida o'tayotgan ko'plab musobaqalarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi”, - deb takidladi Omon G'ofurov.

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика