Superligada ishlayotgan barcha murabbiylar ro'yxati

27 iyun 2019, 15:37
Superliganing birinchi davrasi tugashiga bir tur qolganida jamoalarning teng yarmida iste'folar kuzatildi.

Superliga-2019: Murabbiylar ro'yxati


"Nasaf" - Ro'ziqul Berdiev


"Qizilqum" - Hamidjon Aktamov 


"Paxtakor" - Shota Arveladze


"Metallurg" - Andrey Shipilov


AGMK - Mirjalol Qosimov


"Dinamo" - Davron Fayziev 


"Bunyodkor" - Vadim Abramov 


"So'g'diyona" - Ulug'bek Baqoev


"Buxoro" - Muhsin Muhammadiev (Tojikiston)


"Andijon" - Aleksandr Xomyakov (Rossiya)


"Qo'qon-1912" - Aziz To'xtaboev


"Lokomotiv" - Samvel Babayan 


"Navbahor" - Deyan Jurjevich (Serbiya)


"Surxon" - Baxtiyor Ashurmatov


Joriy mavsum iste'foga chiqarilgan murabbiylar ro'yxati:


"So'g'diyona" - Sergey Lushan


"Buxoro" - Baxtiyor Ashurmatov 


"Andijon" - Ildar Sakaev 


"Qo'qon-1912" - No'mon Hasanov


"Lokomotiv" - Andrey Fyodorov 


"Navbahor" - Andrey Kanchelskis


"Surxon" - Andrey Miklyaev



Superliga boshlangach murabbiy etib tayinlangan

"So'g'diyona" - Ulug'bek Baqoev

"Buxoro" - Muhsin Muhammadiev (Tojikiston)

"Andijon" - Aleksandr Xomyakov (Rossiya)

"Qo'qon-1912" - Aziz To'xtaboev

"Lokomotiv" - Samvel Babayan 

"Navbahor" - Deyan Jurjevich (Serbiya)

"Surxon" - Baxtiyor Ashurmatov


Qizig'i shundaki, o'tgan hafta iste'foga chiqarilgan uchala murabbiylarning ham ismi - Andrey. O'tgan hafta Andrey ismli murabbiylar uchun omadsiz keldi. Superligada ishlaydigan Andrey ismli murabbiylar orasidan faqatgina "Metallurg" ustozi Andrey Shipilovgina iste'foga chiqarilmadi. Lekin o'tgan hafta Shipilov iste'foga chiqarilmagan bo'lsada, jamoa "Nasaf"dan mag'lubiyatga uchradi.

Shuningdek, yana bir qiziq jihat shundaki, Baxtiyor Ashurmatov joriy mavsum Superligadagi jamoadan iste'foga chiqarilib, bugun boshqa jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Qayd etish kerakki, chempionat Oliy ligadan Superligaga o'zgargach faqatgina "Nasaf", "Qizilqum"  va "Paxtakor" murabbiyni almashtirgani yo'q. Qolgan barcha jamoalarda bu vaqt ichida qator murabbiylar o'zgartirildi. Oliy liganing oxirgi mavsumida va Superligada faoliyat ko'rsatib kelayotgan Ro'ziqul Berdiev, Hamidjon Aktamov va Shota Arveladze uzluksiz muntazam ishlab kelayotgan mutaxassislar sanalishmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia