Yevropaning yetakchi ligalarida eng ko'p maosh oluvchi murabbiylar ma'lum bo'ldi

AS nashri top-5 Yevropa ligasidagi eng ko'p maosh oluvchi bosh murabbiylar reytingini tuzib chiqdi.

Eng katta maoshni "Atletiko" klubi ustozi Diego Simeone oladi. Argentinalik mutaxassis oyiga 2,17 million evro ishlab topmoqda.

Yevropaning yetakchi ligalaridagi eng yuqori maoshli top-10 murabbiylar ro'yxati quyidagicha:

- Diego Simeone ("Atletiko" Madrid) – oyiga 2,17 mln evro

- Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") – oyiga 1,92 mln evro

- Antonio Konte ("Napoli") – oyiga 1,3 mln evro

- Mikel Arteta ("Arsenal" London) – oyiga 1,25 mln evro

- Luis Enrike (PSJ) – oyiga 1 mln evro

- Vensan Kompani ("Bavariya") – oyiga 1 mln evro

- Xans-Diter Flik ("Barselona") – oyiga 910 ming evro

- Massimiliano Allegri ("Milan") – oyiga 800 ming evro

- Jan Pero Gasperini ("Roma") – oyiga 800 ming evro

- Unai Emeri ("Aston Villa") – oyiga 770 ming evro.


Manba: АS