Superliga-2026. Bosh murabbiylar kimlar?

Narzulla Saydullayev
18 fev 2026
O'zbekiston Superligasi start olishiga 10 kun qoldi.

Yangi mavsum oldidan 7 ta klubda bosh murabbiy almashdi. Eng yosh murabbiy "Neftchi" ustozi Islombek Ismoilov - 33 yosh. "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov - 63 yosh. Ro'ziqul Berdiev 14 yildan ortiq vaqt davomida "Nasaf"da uzluksiz ishlab kelmoqda. OKMK ustozi Mirjalol Qosimov esa 7 yildan ortiq shu jamoani boshqarmoqda. "Mashal" bosh murabbiyi Igor Surov tanishtirilganiga 7 kun vaqt bo'ldi xolos. 


Bosh murabbiy

Klubi

Yoshi

Qachondan buyon shu klubda bosh murabbiy bo'lib ishlamoqda? 

Vadim Abramov

Dinamo

63

3 yil, 6 oy, 9 kun

Mirko Yyelichich

Lokomotiv

60

7 oy, 9 kun

Aleksandr Xomyakov

Buxoro

56

5 oy, 2 kun

Mirjalol Qosimov

OKMK

55

7 yil, 1 oy, 17 kun

Andrey Shipilov

Qo'qon-1912

54

2 oy, 7 kun

Ro'ziqul Berdiev

Nasaf

54

14 yil, 1 oy, 9 kun

Samvel Babayan

Andijon

54

2 oy, 18 kun

Stanislav Kudryashov

Surxon

50

1 oy, 10 kun

Sergey Tokov

Xorazm

44

1 oy, 17 kun

Timur Kapadze

Navbahor

44

2 oy, 18 kun

Ivan Boshkovich

So'g'diyona

44

2 yil, 10 oy

Ilyos Zeytullaev

Bunyodkor

43

1 yil, 29 kun

Kamoliddin Tojiev

Paxtakor

42

9 oy, 9 kun

Igor Surov

Mashal

40

7 kun

Akmal Rustamov

Qizilqum

39

6 oy, 22 kun

Islombek Ismoilov

Neftchi

33 

2 oy, 16 kun


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia