APLda eng ko'p o'zini oqlaydigan murabbiylar reytingi e'lon qilindi

Alisher
5 avg 2022, 10:38
The Athletic xodimlari bosh murabbiylar durang yoki mag'lubiyat qayd etganidan so'ng berilgan barcha 492ta intervyularni eshitib chiqishdi.

Unga ko'ra, germaniyalik mutaxassis Tuxel ko'pincha turli vaziyatlarni sabab qilib ko'rsatgan. Ochko yo'qotilgan o'yinlardan so'ng 19ta intervyudan 11tasida o'zini oqlashga harakat qilgan. U uch bor koronavirus, ikki martadan hakam, omadsizlik va ma'lum o'yinchilarning xatolarini qayd etgan. U bir martadan jamoaning charchaganini va "Stemford Brij" maysasining holatini ham sabab qilib ko'rsatdi.

Ikkinchi o'rinni 55,5 foiz norozilik bilan "Arsenal" ustozi Mikel Arteta egalladi.

"Manchester Yunayted"ni boshqargan Ralf Rangnik esa 40 foiz bilan 10-o'rinda. Yurgen Klopp ("Liverpul", 33,3%) 12-o'rinni, Pepe Gvardiola ("Manchester Siti", 27,3%) 16-o'rinni va Antonio Konte ("Tottenxem", 15,4%) 26-o'rinni egalladi.

Ro'yxatni "Lids"da ishlagan mutaxassislar Marselo Belsa (13%, 28-o'rin) va Jessi Marsh (12,5%, 29-o'rin) yopib berishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic