So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Superliga. "So'g'diyona" 90+14-daqiqada penaltidan gol urib, bir kishi kam bo'lib qolgan "Paxtakor"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" 90+14-daqiqada penaltidan gol urib, bir kishi kam bo'lib qolgan "Paxtakor"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Coca Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

"So'g'diyona" — "Paxtakor" 2:2

Hakamlar: V.Agishev, H.SHodmonov, SH.Rahmatov, T.Suyunov. 

VAR: R.Karimov. 

AVAR: S.SHoyusupov. 

Nazoratchi: T.Abdullaev. 

Komissar: SH.Rajabov.

Gollar: Sardor Sobirxo'jaev, 8 (0:1), Dragan CHeran, 19 (0:2), Marko Kolakovich, 45+1 (1:2), SHohro'z Norxonov, 90+14 (2:2).

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 5. Ayubxon No'monov (21. Abdujalil Manazarov, 25), 6. Iskandar SHoyqulov, 7. SHahboz Jo'rabekov, 11. Jasur Hasanov, 17.Husniddin G'ofurov (10. SHohro'z Norxonov, 55), 19. Javohir Qahramonov (28. Samandar Mavlonqulov, 79), 31. Luka CHermel (26. Vitaliy Denisov, 25), 77. Daniel Nasriddinov (9. SHavkat Salomov, 25), 93.Marko Kolakovich. 

Zaxira: 1. SHirinboy Abdullaev, 3. Dian Talxatov, 20. Bahodir Nasimov, 44. Yuriy Obshivac.

"Paxtakor": 33. Eldor Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Aleksandr Nasonov, 13. Ilya Martinovich, 34. Farruh Sayfiev, 6. Ikrom Aliboev, 7. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 17. Doston Hamdamov (88. SHahzod Azmiddinov, 53), 10. Dragan CHeran (28. Diyor Xolmatov, 90+7), 19. Pishemislav Banashak (8. Aziz Turg'unboev, 65). 

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov,15. Diyor Ortiqboev, 63. Muhammadali O'rinboev.

Ogohlantirishlar: Martinovich (90+2), Sobirxo'jaev (90+5)

CHetlatish: Hamrobekov (51). 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Dramatik va bahslarga boy bo'lgan uchrashuv yakunlandi.

90+14. To'p yonida Norxonov... GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Hisob tenlashdi! 

90+12. Penalti! Mana sizga drama!

90+10. Hakam "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilashi mumkin, VARga murojaat qildi.

90+7. CHeran o'rniga Xolmatov maydonga tushirildi. 

90+4. Sardorxo'jaev alamini raqibidan oldi va ogohlantirildi.

90+2. Maydonda dod-voy qilib yotgan ham, ogohlantirish olgan ham "Paxtakor" futbolchisi. Azmiddinov yordamga muhtoj, Martinovich ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90. Denisovning kuchli uzatmasidan so'ng "Paxtakor" futbolchisi engashib qolmaganida, to'p uning boshini ham olib ketishi mumkin edi.

88. Suyunov so'nggi besh daqiqa ichida ikkinchi marta tibbiy yordamga muhtoj bo'lmoqda.

86. "So'g'diyona" futbolchilarining zarbalariga "Paxtakor" darvozasi kaltalik qilmoqda.

79. Qahramonov qahramonga aylanishi mumkin edi, biroq uning zarbasi tribunaning yuqorisida o'tirgan tomoshabinga sovg'a bo'lib borgan bo'lsa, ajabmas.

78. ZARBA! Norxonov qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, biroq Suyunovning ruxsatisiz pashsha ham nariga o'tmasligi malum bo'ldi.

76. Mbappe ham o'zidan 16 yosh katta bo'lgan Hasanovdek mehnat qilmasa kerak. 

73. CHeran yo'q vaziyatdan ham imkon topib, gol uradi, ammo hakamlar buni hisobga olishmaydi. Ofsayd deb topildi.

69. Denisov Aliboevdan o'zbek futbolining og'riqli zarbalaridan birini qabul qilib oldi. 

67. "So'g'diyona" futbolchisining zarbasi regbi sportida bo'lganida, yaxshi ochko jamg'arardi.

65. Banashak uchun bugungi bahs yakunlandi, Turg'unbonev maydonga tushirildi.

61. CHeran raqibiga nisbatan arzimas qo'pollik ishlatdi. Keyin hakam menga ham qizil kartochka ko'rsatmasin degan maqsadda raqibidan uzr surab, uni turishiga yordam berdi. 

58. ZARBA! CHeranning zarbasi darvoza to'siniga borib urildi.

54. Hamdamov o'rniga Azmiddinov maydonga tushirildi.

53. Jo'rabekov o'z vaqtida tormoz berolmasdan dastlab maydon ortida bannerni kuragini erga tekkazdi, so'ngra o'zi ham umbaloq oshib qo'ydi.

52. Hamrobekov bugungi o'yindagi munosib xizmatlari uchun hakam tomonidan qizil qog'ozli esdalik sovg'asini qabul qilib olmoqda. Menicha, bu darajada himmatga arzirli qo'pollik emasdi. Qayta ko'rib chiqish kerak.

49. Hamrobekov Salomovni o'tkazib yuborgisi kelmadi. VAR esa hakamni chorladi. Hamrobekovga buyog'iga dam olish uchun sharoit yaratilishi mumkin.

46. Bugun ko'pgina vaziyatlarda "Paxtakor" jarima maydoniga oshirilgan to'p boshqalardan begonasirab, faqatgina Suyanovning qo'llariga borishni afzal ko'rmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'limda ham jamoalar chiroyli kombinaciyalar, aniq zarbalar kutib qolamiz, faqatgina abiturientlarga mo'ljallangan parta va stullarga jarohat etkazib, imtihondan benasib qoldirmasa bo'lgani.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Denisovning yon chiziqdan otgan to'piga sheriklari jon-jahdi bilan tashlanishdi, birovi oyog'ini cho'zdi, birovi qush singari qanot chiqarishga urinib ko'rdi, biroq qaysar koptok baribir "sherlar"ga borib tushdi hada vaziyat bartaraf etildi.

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Marko Kolakovich burchakdan uzatilgan to'pni peshonasidagi lazeri bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi.


45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Jasur Hasanov ofsayd qoidasi yaratilganidan xafa bo'lgan bo'lsa, ajabmas ushbu daqiqada.

39. Hakam penalti borasida VARga murojaat qilmoqda. Biroq videoyordamchilar jizzaxliklarni xursand qiladigan xabar aytmadi.

37. Denisov kim oladi-yo, shuginani-yo, deya yon chiziqdan to'pni ichgariga yo'naltirdi. Suyunov esa men olaman-o, shuginani-yo deya to'pni egallab oldi.

34. Rus tilida aytganda, qisqa "razbor" bo'lib o'tdi futbolchilar o'rtasida. Hakam esa bu er futbol o'ynaydigan maydon ekanligini ikkala jamoa azolariga eslatib qo'ydi.

32. Aliboev to'p bilan ketayotgan bir pallada nimadirdan cho'chib ketdi shekilli, o'z-o'zidan oyoqlari toyib ketdi.

27. CHeranning gol urgan oyog'ini raqib futbolchisi o'ziniki bilan solishtirib ko'rmoqchi edi, biroq bilmasdan jarohat etkazib qo'ydi.

25. "So'g'diyona"da xet-trik o'zgarish: No'monov o'rniga Manazarov, CHermel o'rniga Denisov, Nasriddinov o'rniga Salomov tushirildi

23. Taym-aut, futbolchilar nafas rostlab olishmoqda.

19. GOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Biz teleekranda miriqib reklama ko'rayotgan bir pallada "Paxtakor" ikkinchi golni uribdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Martinovich boshi bilan Draganga uzatdi va CHeran yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.


18. Hasanov sherigining uzatgan to'pini to'xtatmasdan "Paxtakor" darvozasiga zarba yo'lladi, to'p esa benzin yoqilg'isi tugayotgan avtomobil singari tezlik oldi.

16. CHermel Hasanovning burchakdan uzatmasiga bosh bilan zarba yo'lladi, uning urinishiga bor-yo'g'i 2-3 metr etmadi, xolos.

13. "So'g'diyona" futbolchisining qanotdan uzatgan to'pini Suyunov quchoq ochib qarshi oldi.

12. "So'g'diyona" himoyachisi qarshisiga yopirilib kelgan raqib futbolchilari orasida nima qilishni bilmasdan, to'pni ularga hadya qilib yubordi.

8. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Sardor Sobirxo'jaev zarbalar ketma-ketligini muvaffaqiyatli yakunladi. Ungacha bo'lgan vaziyatda ham darvoza ustunining titraganini ko'rdik. Himoyachilar esa shunday chiroyli golni yaqin masofadan tomosha qilish baxtiga muyassar bo'ldi.

4. "Paxtakor" himoyachisi maydon ortida to'p uzatib turadigan bolakayni uzatma amalga oshirdi.

"So'g'diyona" ko'k, "Paxtakor" oq rangli libosda harakat qiladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика