So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Superliga. "So'g'diyona" o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub etdi, Norxonov qahramon Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" o'z maydonida "Dinamo"ni mag'lub etdi, Norxonov qahramon

Teglar :  So'g'diyonaDinamo
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Coca Cola Superliga, 2-tur
SO'G'DIYONA – DINAMO - 1:0
11 mart 2022 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 18:30
Hakamlar
: Rahimbek Karimov, Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Komissar: Bekzod Aripov

Gol: SHohruz Norxonov 66, - 1:0 (Luka CHermel).

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov (31.Luka CHermel, 46), 5.Ayubxon Nomanov (16.Artyom Filiposyan, 86), 6.Iskandar SHaykulov, 7.SHahboz Jo'rabekov, 8.Marat Bikmaev (33.Doniyor Abdumannopov, 58), 10.SHohruz Norxonov (9.Bobur Farhodov, 76), 19.Javohir Qahramonov (11.Jasur Hasanov, 86), 44.Yure Obshivach, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Dian Talxatov, 20.Bahodir Nasimov, 21.Abdujalil Manazarov.

"Dinamo": 12.Miloe Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (97.Fahriddin Alimov, 79), 7.Temur Ismoilov (30.Jasurbek Umarov, 88), 15.Jo'rabek Mannonov (14.SHokir Yo'ldoshev, 79), 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Jasur Jumaev, 22.Abdujamol Isroilov, 31.Saydullo Rahmatov, 78.Aleksandar Glishich (11.Sahob Rashidov, 68), 88.Evgeniy CHumak (70.Oybek Nurmatov, 88).
Zaxira: 35.Aslonbek Ahrorov, 4.Doston Foteev, 9.To'lqin Ergashev, 19.Islom SHaripov.

Ogohlantirishlar: Ayubxon Nomanov 14, Abdujamol Isroilov 24, Sardor Qulmatov 62, Saydullo Rahmatov 78.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'yin tugadi. "So'g'diyona" - "Dinamo" 1:0

90+2. UXXXX! Faxriddin Alimov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Mitrovich o'z o'rnida 

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi 

88. O'zgarish. "Dinamo". Ismoilov va CHumak o'rniga Umarov va Nurmatov tushdi

88. ZARBAA! Abdumannopovning zarbasi biroz noaniq ketdi

86. O'zgarish. "So'g'diyona". Nomanov va Qahramonov o'rniga Filiposyan va Jasur Hasanov tushdi

79. O'zgarish. "Dinamo". Ibrohim Yo'ldoshev va Mannonov o'rniga Alimov va SHokir Yo'ldoshev

78. Ogohlantirish. "Dinamo". Saydullo Rahmatov

76. O'zgarish. "So'g'diyona". Norxonov o'rniga Farhodov tushdi

68. O'zgarish. "Dinamo". Glishich o'rniga Sahob Rashidov tushdi

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHRUZ NORXONOV 1:0. CHermelning jarimadan uzatgan to'pni Norxonov boshi bilan darvozaga yo'lladi! 



65. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Burchakdan uzatilgan to'pni Ibrohim Yo'ldoshev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Mitrovich qiyinchilik bilan to'pni ushlab oldi! 

64. ZARBAAAA! Muzaffar Muzaffarovning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Mitrovich to'pni qaytardi!  

62. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Sardor Qulmatov

60. ZARBAAAAA! Ayubxon Nomanovdan ajoyib zarba, Prekovichdan ajoyib seyv! 

58. O'zgarish. "So'g'diyona". Bikmaev o'rniga Doniyor Abdumannopov tushdi

51. ZARBAAAA! Jo'rabekov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi! 

46. O'zgarish. "So'g'diyona". Orifov o'rniga CHermel tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Jarima to'pi noaniq ketdi

44. "So'g'diyona"da xavfli jarima to'pi.

42. Jamoalar u qadar hujumkor o'yin namoyish eta olishmayapti, bunga maydon holati ham sabab bo'lmoqda

37. UXX! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Norxonov akrobatik tarzda zarba berishga urindi, o'xshamadi

34. Qahramonov jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni himoyachilar qaytardi

24. Ogohlantirish. "Dinamo". Abdujamol Isroilov

21. ZARBAAAAA! SHahboz Jo'rabekov chap tomondan birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Prekovich to'pni qaytardi! Hakamlar Jo'rabekov o'yindan tashqari holatda qolgan deb topishdi

17. ZARBAAA! Yana Ibrohim Yo'ldoshev burchak to'pidan keyin bosh bilan zarba berdi, noaniq!

14. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Ayubxon Nomanov

10. ZARBA! "Dinamo"dan burchak to'pi, Ibrohim Yo'ldoshev boshi bilan zarba berdi, noaniq!

8. ZARBAAAAA! Bikmaev burchak to'pini amalga oshirdi, Norxonovning boshi bilan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Prekovich seyv namoyish qildi! 

6. ZARBA! Muzaffar Muzaffarovning kuchli va aniq zarbasidan keyin Mitrovich to'pni ushlab oldi

3. Jizzaxda juda kuchli yomg'ir yog'moqda, maydonda ko'lmaklar paydo bo'lgan. SHunga qaramay stadionga muxlislar kelishgan.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика