So’nggi yangiliklar

09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  0 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  7 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  9 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  29 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Qizilqum"ga yutqazdi. Stanisavlevichdan gol va ikkita pas Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" o'z uyida "Qizilqum"ga yutqazdi. Stanisavlevichdan gol va ikkita pas

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


QO'QON-1912 – QIZILQUM - 1:3
28 may 2022 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Ilya Ilin, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 29, - 0:1 (Aleksandar Stanisavlevich). Pol Komolafe 52, - 0:2 (Aleksandar Stanisavlevich). Aleksandar Stanisavlevich 60, - 0:3 (Alisher Sanoev). Javohir Sidiqov 82, - 1:3 (Anvar Hojimirzaev).

"Qo'qon-1912": 1. Muzaffar Abdullaev, 5. Slavko Lukich (70. Bilolxon Toshmirzaev, 53), 8. Sanat SHixov, 10. Javohir Sidiqov, 11. Mo'minjon Meliev (27. Anvarjon Xojimirzaev, 46), 14. Avazxon Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro'ziev, 18. SHahzodbek Nurmatov (7. Jamshid Hasanov, 69), 33. Ivan Yosovich, 77. Murod Holmuhammedov.
Zaxira: 12. Nodirjon Ashurmatov, 21. Islomjon Abdullaev, 4. Ilhomjon Vahobov, 6. Dilshod Rahmatullaev, 20. Murodjon Komilov, 22. Sardorjon Evtovqo'ziev, .

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 7. Sanjar SHoahmedov, 10. Temurxo'ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich (29. Gabriel Gonzalo, 70), 14. Fayzulla Qambarov (88. Artyom Dmitriev, 87), 17. Salim Mustafoev (25. Azizbek Usmonov, 70), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 23. SHerali Jo'raev, 28. SHuhrat Muhammadiev, 43. Paul Komolafe (9. Humoyun Abdualimov, 90+4), 87. Alisher Sanoev (18. Jasur Azimov, 87).
Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 3. Abduvosidxon Abdurashidov, 5. Timur Nabiev, 77. Azamatxon Maksumov, .

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov 23.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'yin tugadi. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 1:3

90+4. O'zgarish. "Qizilqum". Komolafe o'rniga Abdualimov tushdi

90+4. ZARBAAAAAAAAAAAAAAa! Ivan Yosovich birga bir vaziyatda zarba berdi, "Qizilqum"ni darvoza to'sini muqarrar goldan qutqardi! 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi...

87. O'zgarishlar. "Qizilqum". Alisher Sanoev o'rniga Jasur Azimov, Fayzulla Qambarov o'rniga Artyom Dmiriev maydonga tushdi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Javohir Sidiqov 1:3! Hojimirzaevdan to'pni qabul qilib olgan Javohir ajoyib gol urdi! 




76. UXXX! Xojimirzaev raqib jarima maydoni ichida yiqildi, bosh hakam penalti yo'q dedi

71. ZARBA! Quvondiq Ro'zievdan kuchli va aniq zarba, Nesterov to'pni qaytardi! 

70. O'zgarishlar. "Qizilqum". Salim Mustafoev o'rniga Azizbek Usmonov, Aleksandr Stanislavlevich o'rniga Gabriel Gonzalo maydonga tushdi.

69. O'zgarish. "Qo'qon-1912". SHahzodbek Nurmatov o'rniga Jamshid Hasanov maydonga tushdi.

67. ZARBA! Temurxo'ja Abduholiqovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi..

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Aleksandar Stanisavlevich 0:3! Sanoev uzatgan to'pni Stanisavlevich darvozaga yo'lladi! 




56. ZARBAAAA! Burchak to'pidan keyin To'xtaxo'jaev darvozaga zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytdi! 

53. UXXXXX! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Nesterov bir amallab to'pni qaytardi, keyingi zarba noaniq ketdi!

53. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Lukich o'rniga Toshmirzaev tushdi

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Stanislavlevichning qanotdan uzatgan to'pini Komolafe darvozaga yo'naltirdi. Darvozabon har qancha urinmasin to'pni qaytara olmadi - 0:2.



49. UXXXX! Xavfli vaziyat! "Qo'qon-1912"ning hujumi...Nurmatov zarba bera olmadi, Qambarov to'pni olib qo'ydi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Meliev o'rniga Xojimirzaev tushdi


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:1

45+1. ZARBA! Sanjar SHoahmedovning chamasi 18 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

38. UXXX! Komolafe hozir birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi 

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Temurxo'ja Abduxoliqov 0:1. Havodan Stanisavlevich uzatgan to'pni Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi! 





23. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Oybek Rustamov

22. Qanotdan uzatilgan to'pni SHixov boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. Nesterov osonlik bilan to'pga egalik qildi...




15. ZARBA! Komolafe-Abduxoliqov kombinaciyasidan keyin Temurxo'janing erlatib uzoq burchakka yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq chiqdi.

6. Mezbonlarning ilk xavfli hujumi... O'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Sanat SHixov yaqin masofadan noaniq yo'lladi.



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика