So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  6 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  2 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

Superliga: Qiziqarli boshlangan tur zerikarli va nursiz o'yin bilan tugadi yoxud chempionlik uchun kurashayotgan "eski bo'rilar" (tur sharhi) Yangiliklar

Superliga: Qiziqarli boshlangan tur zerikarli va nursiz o'yin bilan tugadi yoxud chempionlik uchun kurashayotgan "eski bo'rilar" (tur sharhi)

Superliga 6-tur yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.

To'rt kun davom etgan mazkur tur "Surxon" - "Andijon" uchrashuvi orqali yakun yasaldi.

Dinamo

Qadamboy Nurmetov - 35', Sardor Eminov - 45'

Superliga. 6-tur

26/04/2019, 17:30

2
:
2
Tugadi

Navbahor

Slavko Lukich - 25', Aleksandr Kasyan - 47'

45'
90'
35'  Qadamboy Nurmetov
35'  Sardor Eminov
37'  Sardor Eminov
45'  Sardor Eminov
67'  Qadamboy Nurmetov (Vohid Shodiyev)
71'  Jasur Azimov (Sanjar Baratov)
89'  Sardor Eminov (Nizomjon Norov)
90'  Hakimzhon Alamxonov
25'  Slavko Lukich
25'  Azim Ahmedov
39'  Oston O'runov (Shahzod Shaymanov)
47'  Aleksandr Kasyan
47'  Ivan Solovyov
67'  Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov)
74'  Ivan Solovyov (Elman Tagaev)

Turni ochib bergan bahs Samarqandda "Dinamo" va "Navbahor" o'rtasida kechdi. Qiziqarli, shiddatli va gollarga boy o'tgan bahsda muxlislar ochiq futbol guvohiga aylanishdi. Dastlab Slavko Lukichning golga aylangan uzatmasi tabloda "Navbahor" ustunligini taminlagan bo'lsa, keyin Qadamboy Nurmetov Eminovning pasidan so'ng muvozanatni tikladi. Tanaffusga qadar esa "Dinamo" tablodagi hisobni o'z foydasiga oshirishga ham ulgurdi. Bu safar "Dinamo"ning tezkor qarshi hujumini Sardor Eminov o'zining aniq va chiroyli zarbasi orqali samarali yakunladi. Ikkinchi bo'lim avvalida esa "Navbahor" tashabbusni o'z qo'liga oldi va tezda muvozanatni tikladi. Standart vaziyatidan so'ng Aleksandr Kasyan boshi bilan Botirali Ergashev qo'riqlagan darvozasini ishg'ol etdi. SHundan so'ng har ikkala jamoada gol urish uchun qator vaziyatlar yuzaga keldi. "Dinamo" ustunligi ostida o'tgan ikkinchi bo'limda mezbonlarga oxirgi zarbani berishda aniqlik va mahorat etishmagan bo'lsa, "Navbahor"da qarshi hujumlarda hisobni o'z foydasiga oshirish uchun bir qancha vaziyatlar sodir etildi. Lekin to'pni darvoza to'riga yo'llashni uddasidan chiqishmadi. Qayd etish kerakki, ko'plab vaziyatlarda jamoa futbolchilarida oxirgi zarbani yo'llashda aniqlik etishmagan bo'lsa, bazi vaziyatlarda O'tkir Yusupov va Botirali Ergashev o'z mahoratlarini ko'rsatishdi va jamoalarini muqarrar gollardan qutqarishdi.

Davron Fayziev ("Dinamo" bosh murabbiyi): “Navbahor” jamoasi bugun men qo'rqqan jihatdan foydalanib darvozamizni 2 bora ishg'ol qildi. Namanganliklarga standart vaziyatlar juda qo'l keldi. Umuman olganda Superliganing super jamoasiga munosib qarshilik ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Bugun jamoamiz 1 ochko ishladimi yoki 2 ochko yo'qotdimi degan savolga javob berishni esa muxlislarga qoldirgan bo'lar edim. Bugun stadionga kelgan ishqibozlar afsuslanmaydigan o'yin bo'ldi, fikrimcha. Bugun maydonda jangovar tarzda harakat qilgan shogirdlarim bilan esa faxrlanaman".

Andrey Kanchelskis ("Navbahor" bosh murabbiyi): "CHindanam, Angliya futboliga xos bo'lgan o'yin bo'ldi. Bugungidek uchrashuvdan so'ng boshimda oq sochlarim yanada ko'paydi deyishim mumkin. Muxlislar uchun jangovar durangli ajoyib, hujumkor ochiq futbol bo'ldi. Ammo murabbiy sifatida men jamoam o'yinidan qoniqmadim. Birinchi bo'limda 0:1 vaqtida 2-golni ham urganimizda o'yin boshqacha kechgan bo'lardi. O'yinni tahlil qilamiz, ko'rib chiqamiz. Sababi aksariyat futbolchilar bilib qo'yishi kerak – futbolni bir marta emas, har o'yinda o'ynash shart. Bu borada xulosa qilamiz".


Nasaf

Humoyun Murtozaev - 9', Boburbek Davlatov - 14', Dilshod Saitov - 59', Humoyun Murtozaev - 66'

Superliga. 6-tur

26/04/2019, 19:35

0
:
4
Tugadi

OKMK

45'
90'
9'  Humoyun Murtozaev
14'  Boburbek Davlatov
59'  Dilshod Saitov
59'  Aziz G'aniyev
63'  Islom Kenzhaboev (Oybek Bozorov)
66'  Humoyun Murtozaev
74'  Doniyor Narzullayev (Sharof Muhitdinov)
80'  Sardor Abduraimov (Bobir Abdixoliqov)
32'  Zohir Pirimov (SHahboz Umarov)
67'  Mirjamol Qosimov (Sanat Shixov)
77'  Shahzodbek Nurmatov (Jasur Hakimov)

Qarshida turnir jadvalidagi autsayderlar o'zaro to'qnash kelishdi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" o'z uyida Qosimov boshqaruvidagi AGMKni mehmon qildi. Humonyun Murtazoevning dubli, Bobur Davlatovning chiroyli kombinaciyani ajoyib ijro orqali samarali yakunlagani va Dilshod Saitovning uzoqdan "o'qlagan" to'pi darvoza to'riga tushgani yakunda "Nasaf"ning yirik g'alabani taminladi. AGMK esa Qarshida "Nasaf"ga munosib qarshilik ko'rsatishni uddalay olmadi. SHu kuni "Nasaf" darvozasini qo'riqlagan yosh posbon Abduvohid Nematov o'zining katta futboldagi debyut bahsini quruq o'tkazdi.

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi): O'ylaymanki bugun haqli tarzda g'alaba qozondik. AGMKdan har jabhada ustunlik qildik. To'p bilan ham, to'psiz ham raqibdan tezroq harakat qildik. Bugun yigitlarni ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik. Yigitlarim xotirjanlik bilan ishonchli harakatlanishdi. Ikkinchi gol uchrashuv taqdirini hal etdi".

Hikmat Ergashev (AGMK murabbiyi): "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular shakllangan jamoa va ularda yaxshi futbol maktabi bor. Biz esa yangi jamoa tuzganmiz va hali ular bir-birlari bilan kirishib keta olishmayapti. "Bunyodkor" jamoasi bilan o'yinda ham xatolar bo'ldi. Dastlabki 15 daqiqa ichida ikkita to'p farqi bilan orqada qolish - yigitlar ruhiyatiga qattiq tasir etdi. Bugungi o'yin uchun muxlislardan uzr so'raymiz. O'ylashimcha, AGMK jamoasiga xarakter etishmadi. Jamoamiz murabbiyi takidlaganidek, jamoani o'zi bilan ergashtira oladigan etakchi futbolchi yo'q. Zafar Polvonov shamollab qolgani bois bugun maydonga tusha olmadi".

Buxoro

Ivan Nagayev - 49', Doston Ibragimov - 53'

Superliga. 6-tur

26/04/2019, 19:35

2
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Xurshid G’iyosov - 40', Xurshid G’iyosov - 69'

45'
90'
46'  Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov)
49'  Ivan Nagayev
53'  Doston Ibragimov
73'  Ivan Fatich
89'  Doston Ibragimov
40'  Xurshid G’iyosov
65'  ZHasur ZHaloliddinov (Suhrob Izzatov)
69'  Xurshid G’iyosov
90'  Lutfulla To’rayev (Bobur Farhodov)

Buxoroda esa Baxtiyor Ashurmatov jamoasi Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor"ni qabul qildi. Gollarga boy va qiziqarli kechgan mazkur bellashuvda tomoshabinlar jami to'rtta gol guvohiga aylanishdi. Birinchi bo'lim "Bunyodkor" ustunligi ostida o'tdi va Xurshid G'iyosovning goli "qaldirg'ochlar"ni tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketishlarini taminladi. Ikkinchi bo'limni esa "Buxoro" faol va tajovuzkor boshladi. Natijada tezkorlik bilan hisobni tenglashtiruvchi golni urishdi. Ivan Nagaev mazkur vaziyatda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Keyinchalik mezbonlar ikkinchi to'pni ham darvozaga yo'llashdi. Doston Ibragimovning aniq zarbasi "Buxoro"ga ustunlikni taminladi. Lekin bu hisobni saqlab qolish "Buxoro"ga nasib etmadi. "Qaldirg'cholar" to'purariga aylangan Xurshid G'iyosov Abramov jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoluvchi golga mualliflik qildi va o'yinda durang natijasi qayd etilishini taminladi.

Baxtiyor Ashurmatov ("Buxoro" bosh murabbiyi): "Birinchi bo'limdagi o'yinimizdan umuman ko'nglim to'lmadi, muxlislar ham norozi bo'lishdi. Yigitlar o'yinga kirishib ketisha olishmadi, "Bunyodkor" jamoasi to'pni yaxshi nazorat qilib, tezkor futbol ko'rsatdi. Ularning o'yiniga moslashish ancha qiyin kechdi. Buning oqibatida taym oxirlarida gol o'tkazib yubordik".

Vadim Abramov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi): "Bugun bir-biridan farq qiladigan 2 xil taymlar guvohiga aylandik. Birinchi bo'limdayoq barcha masalani uzil-kesil hal etib qo'yishimiz lozim edi. Lekin “Buxoro” jamoasi ikkinchi bo'limda 2 marta darvozamizni ishg'ol etishni uddalay oldi, biz uchun kutilmaganda. Ammo baribir yigitlarimiz shundan keyin ham bo'shashishmadi va hisobni tenglashtira olishdi. Yutganimizda yaxshiroq bo'lar edi, albatta. Lekin na iloj. Bugungi xatolarimiz kelasi galgi g'alaba uchun yigitlarga dars bo'lsa ajab emas".


Lokomotiv

Jamshid Iskanderov - 3', Islom Tuxtaxo’jayev - 31', Yovan ZHokich - 71', Temurxo’ja Abduxoliqov - 72'

Superliga. 6-tur

27/04/2019, 17:30

1
:
3
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
3'  Jamshid Iskanderov
3'  Husniddin G’ofurov
31'  Islom Tuxtaxo’jayev
46'  Husniddin G’ofurov (Avazbek O'lmasaliev)
71'  Yovan ZHokich
72'  Temurxo’ja Abduxoliqov
76'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
86'  Davron Hoshimov
30'  Fayzullo Qambarov
46'  Medina Smit (Sardor ZHahonov)
74'  Salim Mustafoyev (Akmal Rustamov)

Toshkentda peshqadamlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qildi. Jamshid Iskanderovning tezkor va juda chiroyli kiritgan goli "temiryo'lchilar"ga ustunlikni taqdim etdi. SHundan so'ng Islom To'xtaxo'jaev tanaffusga qadar yana bir chiroyli gol muallifiga aylandi va hisobni 2:0ga etkazdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tizgini "Qizilqum" tarafga o'tdi. Ammo navoiyliklar raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishni uddasidan chiqa olishmadi. Ikkinchi bo'lim o'rtasida "Qzilqum" darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo "Loko" to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov "nuqta"dan tepgan to'pini Makosin bartaraf etishni uddasidan chiqdi. SHundan so'ng ruhlangan "Qizilqum"ning navbatdagi oldinga o'tishi "Loko" futbolchisining to'pga tegishi natijasida avtogolga aylandi va o'yinda hisob qisqardi. Lekin urilgan golga ruhlanishga ham ulgurmagan "Qizilqum" himoyadagi juda bo'sh va etiborsizligi natijasida uchinchi golni o'tkazib yubordi. Bu vaziyatda penaltini golga aylantirolmagan Abduxoliqov mo'ljalda adashmadi. Natijada "Lokomotiv" "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin ketma-ket beshinchi g'alabasini rasmiylashtirdi.

Andrey Fyodorov ("Lokomotiv" bosh murabbiyi): "O'yin qiyin bo'ldi. OCHLdagi durangdan keyin yigitlar o'zini yo'qotib qo'ymadi. Ular xarakter ko'rsatishdi. Futbolchilarim o'yinni nazorat qila olishdi. Ha, tezkor goldan keyin o'yin surati o'zgarib ketdi. Ammo ayta olaman, uchrashuv bizning ustunligimiz ostida o'tdi va shu boisdan g'alabaga erishdik".

Hamidjon Aktamov ("Qizilqum" bosh murabbiyi): "Ikkita bo'limda ikki xil o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limdagi ko'pol xatoimiz qimmatga tushdi. "Loko"ga qarshi o'yindagi bittagina xato ham gol bilan tugashi mumkin. Buni o'yindan avval futbolchilarga takidlagandim. O'z o'yinimizni topib olish uchun ko'p vaqt sarflab yubordik. Baribir "Lokomotiv" kuchli jamoa, amaldagi chempion".


Metallurg

Muzaffar Muzaffarov - 35', Stanislav Andreyev - 58', Bahodir Pardayev - 79'

Superliga. 6-tur

27/04/2019, 18:30

1
:
3
Tugadi

Qo’qon-1912

Shahboz Erkinov - 28'

45'
90'
35'  Muzaffar Muzaffarov
35'  Zohid Abdullayev
58'  Stanislav Andreyev
79'  Bahodir Pardayev
79'  Bahrom Abdurahimov
28'  Shahboz Erkinov
28'  Murod Xolmuhamedov

Bekobodda esa "Qo'qon-1912" "Metallurg" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvni "Qo'qon-1912" jamoasi yaxshi va faol boshladi. SHahboz Erkinovning goli mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, Muzaffar Muzaffarov o'zining aniq zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi. Bu hisob tanaffusga qadar o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda esa uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev "Qo'qon-1912" darvozasi tomon bahsli penalti belgiladi. Aynan mazkur "nuqta"dan unumli foydalangan Stanislav Andreev "Metallurg"ni oldinga olib chiqdi. Bahsli penalti va buning natijasiga kiritilgan gol esa uchrashuv taqdiriga tasir qildi. Natijada uchrashuvning qolgan daqiqalarida "Metallurg" yana bir bor raqib darvozasini nishonga olishdi. Bu vaziyatda Bahodir Pardaev o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. 

Andrey SHipilov ("Metallurg" bosh murabbiyi): "Umuman olganda, bugun biz ushbu bahs uchun berilgan barcha ko'rsatmalarni deyarli 99 foizga ado eta oldik. Buni yakuniy natija ham aytib turibdi. Qo'lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan butun jamoamizni tabriklayman. Asosiy maqsadimiz keyingi uchrashuvlarda ham faqat va faqat olg'a intilish".

No'mon Hasanov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): "Penalti qo'yilgan vaziyatga etirozim bor. Menimcha, bu vaziyatda qoida buzilmagan edi. Ikki jamoa o'yinchilari ham to'p uchun kurash olib borayotgan edi. Harakatda bo'lgan bizning futbolchi birdan to'xtab olmaydiku, axir. SHogirdlarim bugun yaxshi o'ynashdi. Hisobni ochganimizdan keyin ularning kayfiyati ko'tarildi. Penalti bo'lmaganida ehtimol boshqacha hisob bo'larmidi".


So'g'diyona

Nikola Milinkovich - 88'

Superliga. 6-tur

27/04/2019, 19:35

2
:
1
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 72', Jaloliddin Masharipov - 82'

45'
90'
12'  Daniel Nasriddinov
54'  Shohruz Norxonov
58'  Shohruz Norxonov
60'  Elyor Orifov
84'  Sanjar Rashidov (Sahob Rashidov)
88'  Nikola Milinkovich
72'  Dragan CHeran
82'  Jaloliddin Masharipov
85'  Dostonbek Hamdamov (ZHasur YAxshiboev)

Peshqadam "Paxtakor" esa Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoniga aylandi. Birinchi bo'lim nisbatan ancha sokin va mezbonlarning xavfli vaziyatlariga boy tarzda o'tdi. Maxaradze, Rashidovning xavfli zarbalari golga aylanmadi. Bir vaziyatda Quvvatov jamoasini goldan qutqargan bo'lsa, ikkinchi vaziyatda Maxaradze markazdan bo'sh qolgan darvozani nishonga ololmadi. Tanaffusdan so'ng "Paxtakor" nafaqat to'pni nazorat qildi, balki o'yindagi tashabbusni butkul o'z qo'liga oldi. Ketma-ket xavfli vaziyatlar sodir etildi. Ko'p marotaba darvoza ustuni va to'sini "So'g'diyona" jamoasi joniga oro kirdi. Ikkinchi bo'lim o'rtasida esa Norxonov to'psiz Krimecni tirsaki bilan urgani uchun ikkinchi bor ogohlantirib qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Natijada "So'g'diyona" peshqadam "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvning qolgan daqiqalarini 10 kishi bo'lib o'tkazdi. Natijada Dragan CHeran avvaliga jarima maydonchasi oldidan darvoza to'riga to'pni yo'llagan bo'lsa, keyinchalik Hamdamovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng 11-metrlik "nuqta" belgilandi. Bu vaziyatda esa Masharipov penaltini golga aylantirib, hisobdagi ustunlikni ikkitaga oshirdi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Alijonov jarima maydonchasi ichida to'pni qo'liga ilib olgani uchun mehmonlar darvozasi tomon penalti qo'yildi. "So'g'diyona" legioneri Milinkovich esa "nuqta"dan adashmadi va hisobni qisqartirdi. Lekin qolgan daqiqalarda Ulug'bek Baqoev jamoasi muvozanatni tiklashga ulgurmadi va o'yin peshqadam "Paxtakor"ning g'alabasi bilan yakun topdi.

Ulug'bek Baqoev ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): "Yigitlarga maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun ular jangovar tarzda harakat qilishdi va o'yin so'nggiga qadar qo'llarini ko'tarishmadi, kurashishdi, harakat qilishdi. SHuningdek, “Paxtakor” jamoasini qo'lga kiritgan g'alabasi bilan tabriklayman".

SHota Arveladze ("Paxtakor" bosh murabbiyi): "Kutilganidek qiyin bahsni o'tkazdik. Umuman olganda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. O'yin davomida darvozamiz tomon to'g'ri berilgan zarbani ham eslolmayman. Ikkinchi bo'limda esa adashmasam qanotdan darvoza tomon bir marta zarba berildi. SHuningdek, yana 2-3 marta burchak zarbalari amalga oshirildi. Uchrashuvni to'liq o'z nazoratimiz ostida o'tkazdik. Ayniqsa tanaffusdan keyin ko'plab vaziyatlar sodir etildi. Ulardan ikkitasini esa o'z foydamizga hal etishni uddaladik".


Surxon

Superliga. 6-tur

29/04/2019, 17:30

0
:
0
Tugadi

Andijon

45'
90'
36'  Abror Ismoilov
46'  Abduqahhor Xozhiakbarov (Abbosbek Maxsataliyev)
79'  Ayubxon Nomanov (Abdulaziz Yusupov)
85'  Vladimir Bubanya
90'  Sherzod Hakimov (Ravshan Khursanov)
21'  Oybek Qilichev
29'  Dilshod Rahmatullayev
46'  Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov)
57'  Ro’zimboy Ahmedov
63'  Abror Xusinov (Farhod Mirahmatov)
81'  Oybek Qilichev (Asror G'ofurov)
90'  Ruslan Matniyozov

Termizda turning oxirgi to'qnashuvi "Surxon" va "Andijon" o'rtasida kechdi. Nursiz va zerikarli o'tgan bahsda hududiy tashabbus asosan maydon egalarida bo'ldi. Biroq "Surxon" ushbu ustunlikdan naf chiqara olmadi va o'yinda g'olib nomi aniqlanmadi.

Andrey Miklyaev ("Surxon" bosh murabbiyi): "Bugungi bahs qiyin o'tganini ayta olaman. Bunga hukm surgan ob-havo ham biroz tasir o'tkazdi. Biz o'zimiz istagan natijani qayd eta olmadik. Raqib himoyasini yorib o'tib, darvozani ishg'ol etishning imkoni bo'lgani yo'q. O'zi umuman hujumda ko'plab vaziyatlar yuzaga ham kelmadi. 2-3 ta qulay imkoniyatni esa qo'ldan boy berdik. SHu sababdan bugun jamoamiz 2 ochko yo'qotganini takidlay olaman".

Ildar Sakaev ("Andijon" bosh murabbiyi): "O'yin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Juda jangovar ruhdagi bahs bo'lganini takidlay olaman. Yigitlarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. SHuningdek, uzoq masofadan bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlarimizdan ham minnatdorman. Superligada har bir uchrashuv jiddiy kurashlar ostida o'tadi. Har 3-4 kunda o'yin o'tkazyapmiz. Asosiysi – shu oraliqda imkon qadar tezroq tiklanib, keyingi o'yinga tayyor bo'lsak bo'lgani. Bugungi bahsda qo'lga kiritilgan ochkodan mamnunmiz. Endi kelasi o'yinlarda ham ochkolar qo'lga kiritishga urinamiz".


SHu tariqa Superliganing 6-tur o'yinlari yakunlandi. O'tkazilgan 7 uchrashuvda muxlislar jami 23ta gol ko'rishdi. Hozirgacha o'tkazilgan 42 o'yinda Superligada jami 112ta gol kiritildi. Bu har bir o'yinga 2,66tadan golga to'g'ri keladi.


Superliga. 6-turning eng chiroyli gollari TOP-5



Turnir jadvali


Qayd etish kerakki, Superliganing 6-turidan keyin qator o'rinlarda o'zgarishlar kuzatildi. Oxirgi pog'onadagi "Nasaf" AGMK ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng 8-o'ringa sakradi. AGMK esa turnir jadvalining eng so'nggi qismiga o'rnashdi. "Metallurg" "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib beshinchi o'rindan kuchli uchtalikka kirdi. "Qo'qon-1912" bir pog'ona pastladi, yani 12-o'rindan 13-pog'onaga tushdi. "Bunyodkor" jamoasi Buxorodagi durangdan keyin bir o'rin pastga tushdi. "Andijon" esa Termizda ishlagan 1 ochkosi tufayli bir o'rin yuqoriladi. "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "So'g'diyona" 8-o'rindan 11-pog'onaga tushib ketdi. SHuningdek, "Lokomotiv"ga taslim bo'lgan "Qizilqum" 12-o'ringa quladi. Qolgan jamoalar ("Paxtakor", "Lokomotiv", "Navbahor", "Dinamo", "Buxoro") esa o'tgan turdagi o'rinlarini saqlab qolishdi.

CHempionlik yo'lidagi kurashda yana o'sha-o'sha grandlar bellashishmoqda. "Paxtakor" hozircha mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirib, "Loko"dan 1 ochko ko'p jamg'argan holda etakchilikni davom ettirmoqda. Birinchi turda "Paxtakor"ga taslim bo'lgan "Loko" esa qatorasiga 5 o'yinda g'alabani tantana qilib, peshqadamni izma-iz takib qilmoqda. Birinchi va uchinchi o'rindagi jamoalar o'rtasidagi tafovut 6 ochkoga ko'paydi.


FAKTlar

- "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov qatorasiga 5 uchrashuvdan buyon gol urmoqda

- "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtazoevning AGMK darvozasiga kiritgan ikkinchi goli Superliganing joriy mavsumdagi yubiley 100-goliga aylandi.

- Eng ko'p g'alaba qozongan jamoalar: "Paxtakor" va "Lokomotiv" (5)

- Eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoalar: AGMK va "So'g'diyona"

- Eng ko'p durang o'ynagan jamoa: "Surxon"

- Eng ko'p gol urgan jamoa: "Lokomotiv" (13)

- Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa: "Qo'qon-1912" (14)

- Eng kam gol urgan jamoa: "Andijon" (4)

- Eng kam gol o'tkazgan jamoalar: "Paxtakor" va "Surxon" (4)

- Umuman durang o'ynamagan jamoalar: "Lokomotiv" va "So'g'diyona"

- Eng ko'p gol AGMK ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan - 20

- Eng kam gol "Surxon" ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan - 9

- Mazkur turdagi qatorasiga 5 o'yinda 4tadan gol kiritildi ("Dinamo" - "Navbahor" 2:2, "Nasaf" - AGMK 4:0, "Buxoro" - "Bunyodkor" 2:2, "Lokomotiv" - "Qizilqum" 3:1, "Metallurg" - "Qo'qon-1912" 3:1)

- Yagona mag'lub bo'lmagan jamoa - "Paxtakor"



To'purarlar


Assistentlar:

Husniddin G'ofurov ("Lokomotiv") - 3

Ivan Solovyov ("Navbahor") - 3

Arslonmurot Amanov ("Lokomotiv") - 2

Bahrom Abduraximov ("Metallurg") - 2

Muzaffar Muzaffarov ("Metallurg") - 2

Eldor Boymatov ("Qizilqum") - 2

Medina Smit ("Qizilqum") - 2

Aziz G'aniev ("Nasaf") - 2

Xurshidbek Muxtorov ("Nasaf") - 2

SHerzod Karimov ("Surxon") - 2

Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 2

Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor") - 2

Jasur Hasanov (AGMK) - 2

Sardor Eminov ("Dinamo") - 2


NAVBATDAGI TUR

7-tur

1 may, chorshanba

18:30 PAXTAKOR — METALLURG

2 may, payshanba

18:30 LOKOMOTIV —QO'QON-1912

4 may, shanba

17:30 NAVBAHOR — SO'G'DIYONA

19:45 BUXORO — NASAF

5 may, yakshanba

17:20 ANDIJON — DINAMO

17:30 AGMK — SURXON

19:45 QIZILQUM — BUNYODKOR


* Tur laureatlari ertaga elon qilinadi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика