SHerzod Esanov “Andijon” muxlislari bilan xayrlashdi
23 iyu 2024 21:21
Yangiliklar
SHerzod Esanov “Andijon” muxlislari bilan xayrlashdi
O'zbekiston U-23 terma jamoasi yarim himoyachisi klub muxlislariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
“Qadrli “Andijon” muxlislari!
Men hayotimdagi bu muhim lahzalarni hech qachon unutmayman. Hurmatli andijonliklar va jamoa muxlislari, har bir o'yinda tinimsiz qo'llab-quvvatlab borganingiz uchun sizlarga chin dildan rahmat aytaman.
Maydondagi har bir daqiqamda sizning qo'llovingizni his etib, rohatlanib harakat qildim. SHubhasiz, sizlar O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislarsizlar!
Murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim, tibbiyot xodimlari, mamurlar va barcha xodimlarga tashakkurimni bildiraman.
Yangi sarguzashtlarni boshdan kechirish payti keldi. “Andijon”ga esa yangi marralarni zabt etishini tilayman. Ular sizning ishonchingizni oqlashiga ishonaman!”, dedi Esanov.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi faoliyatini Rossiyaning "Akron" jamoasida davom ettiradi. Mavsumning birinchi qismida u O'zbekiston chempionati va kubogida hammasi bo'lib 15 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar