So’nggi yangiliklar

00:30Неъматилло Қуттибоев: "Омад сабабли ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 00:15Гёкереш "Спортинг" учун бошқа ўйнамаслигини маълум қилди. Клуб футболчига берган ваъдасини бажармаган  5 23:57Исломбек Исмоилов: "Куч ва тезлик томонидан рақибга ҳеч қандай имконият қолдирмадик"  1 23:2636 ёшли Перишич "Барса"га ўтмоқчи  2 23:07"Челси" Санчонинг МЮга қайтганини эълон қилди. Лондонликлар футболчини тўлиқ сотиб олмагани учун 5 млн евро тўлашади  2 22:44"Реал Мадрид"нинг Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномаси маълум  5 22:36Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Чилини мағлубиятга учратди  14 22:02Мирко Еличич: "Жамоам ҳақиқий футбол намойиш этганидан хурсандман"  0 21:47"Манчестер Сити" Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномасини эълон қилди  6 21:09"Реал" эртага Трент учун таништирув маросими ўтказади  1 20:45"Ливерпуль" Нуньес учун 70 миллион евро сўрамоқда. Ҳужумчига Испаниядан таклиф бор  1 20:23Де Брюйне пайшанба куни "Наполи" учун тиббий кўрикдан ўтади  1 19:55Про лига. “Арал" меҳмонда "Олимпик"ни таслим қилди  1 19:37Скалони : "Энцо четлатилганидан кейин ҳам Аргентина босимни давом эттирди. Жамоа кучини текшириш учун жуда яхши имтиҳон бўлди"  1 18:45"Реал" ижтимоий тармоқларда энг оммабоп клуб, "Барса" – 2-ўрин, МЮ – 3-ўрин, ПСЖ – 4-ўрин...  7

OLIMPIADAGACHA. Ispaniya OTJ haqida nimalarni bilishimiz kerak yoxud "Qizil furiya" bilan tanishamiz Yangiliklar

OLIMPIADAGACHA. Ispaniya OTJ haqida nimalarni bilishimiz kerak yoxud "Qizil furiya" bilan tanishamiz

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun o'z tarixida birinchi marotaba Olimpiya o'yinlarida debyut qiladi. Dastlabki raqibimiz - Ispaniya. "Qizil furiya" haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Olimpiadadagi ishtiroklar

Ispaniya olimpiya terma jamoasi o'z tarixida besh marotaba yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. "Qizil furiya"ning musobaqadagi debyuti 32 yil avval Barselonada o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida sodir bo'lgan edi. Musobaqa Barselonada o'tkazilgani uchun ispanlar mezbon sifatida avtomatik tarzda yo'llanmani qo'lga kiritishgan edi. Ispaniya OTJsi o'zining debyutidayoq oltin medalni qo'lga kiritadi, finalda Polsha 3:2 hisobida mag'lub etilgan. Barselona-1992dagi oltin medal Ispaniya OTJ tarixidagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi. Atlantada o'tkazilgan keyingi Olimpiya o'yinlarida esa Xaver Klement boshchiligidagi ispanlar chorak final bosqichida musobaqaning vice-chempionlari Argentinaga mag'lub bo'lishadi. Sidney-2000da ham ispaniyalik sportchilar futbol sport turi bo'yicha ishtirok etishadi. Ketma-ket uchinchi Olimpiadada ishtirok etayotgan ispanlar bu safar ham medallarni qo'lga kiritishadi. Inyaki Saez boshchilik qilgan jamoa finalda Kamerunga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ladi. Ispaniya OTJsining to'rt yillikning eng katta musobaqasidagi keyingi ishtiroki London-2012 o'yinlariga to'g'ri keladi. Katta tanaffusdan so'ng yana Olimpiadaga qaytgan ispanlar, bu safar guruh bosqichidan so'ng o'z uylariga qaytishadi. Yaponiya va Gondurasdan uchralgan mag'lubiyatlar va so'ngi turdagi Marokashga qarshi nursiz durang sababli ispanlar turnirdagi ishtirokini erta yakunlashga majbur bo'ladi. Tokio-2020da esa ispanlar yana bir marotaba kumush medallarini qo'lga kiritishadi. Luis De La Fuente boshchilik qilgan jamoa finalda Braziliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.



Tarkib va murabbiylar

Ispaniya olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan va ular: Arnau Tenas(PSJ), Joan Garsiya(Espanol), Alexandro Iturbe(Atletiko Madrid), Pau Kubarsi(Barselona), Kristian Moskera(Valensiya), Erik Garsiya(Barselona), Joan Pacheko(Real Sosedad), Migel Guterrez(Jirona), Serxio Gomes(Real Sosedad), Xuan Miranda(Bolonya), Xuanlu Sanches(Sevilya), Mark Pubil(Elche), Fermiin Lopez(Barselona), Pablo Barrio(Atletiko Madrid), Benyat Turrintes(Real Sosedad), Adrian Bernabe(Parma), Aleks Baena(Villyareal), Almar Oroz(Malorka), Diego Lopez(Valensiya), Samu Omorodion(Atletiko Madrid), Abel Ruiz(Jirona), Serxio Kamelo(Rayo Valekano)

Ispaniya OTJ terma jamoasining transfer qiymati 370 million evro. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi esa yaqindagina Evroda g'olib bo'lgan Aleksa Baena. "Vilyarreal" futbolchsining transfer narxi 40 million evroga baholangan. Musobaqadagi eng yosh futbolchi ham aynan Ispaniya Olimpiya terma jamoasi azosi hisoblanadi. 17 yoshlik "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi musobaqaning eng yosh ishtirokchisi sifatida etirof etildi. Jamoani esa "Atletiko" safidagi o'yinlari bilan tanilgan Santi Deniya boshqarmoqda. Ispaniya OTJ safiga "Atletiko Madrid" va "Real Sosedad" jamoalaridan eng ko'p futbolchilar chaqirilgan, ikki klubdan ham uch nafar futbolchi Parij Olimpiadasida ishtirok etadi.



Tokio-2020

Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Tokioda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Ispaniya guruhda Argentina, Misr va Avstraliya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandi. Eslatib o'tamiz, aynan Avstraliya terma jamoasi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi U23 Osiyo kubogining uchinchi o'rin uchun bahsida O'zbekiston terma jamoasini kichik 1:0 hisobida mag'lub etgan edi. Musobaqaning dastlabki uchrashuvida Misrga qarshi nursiz qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi turda kichik 1:0 hisobida Avstraliya mag'lub etilgan. Guruh bosqichining so'ngi bahsida esa Argentina bilan 1:1 hisobidagi murosa ko'chasi tanlangandi. CHorak finalda esa Kot-DIvuar ekstra taymlarda 5:3 hisobida taslim etilgandi. Yarim finalda esa "qizil furiya"ga "samuray"lar yaxshigina qarshilik ko'rsatishgan. 120 daqiqa davom etgan uchrashuvda Marko Asensioning yagona goli finalchi nomini aniqlab bergan. Ispanlarning finaldagi raqibi Braziliya bo'lgan. Birinchi taym yakunida Mateush Kunyaning goliga ikkinchi bo'limda javob qaytargan Migel Oyarsabal javob qaytarganidan so'ng o'yinda deyarli xavfli vaziyatlar kuzatilmagan. Faqatgina 108-daqiqada Malkomning goli oltin medalga kim ega chiqishini hal qilgan. Yaqindagina Evroda qahramonga aylangan Migel Oyarsabal, Mark Kukurelya, Dani Olmo, Pedri, Migel Merino va Unai Simonlar Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etishgan.



Olimpiadadagi mashhurlar yoxud Gvardioladan Xavigacha

Ispaniya futboli dunyoga eng mashhur futbolchilarni etkazib beradigan "fabrika"lardan biri hisoblanadi. Ispaniya terma jamoasida tarkibida Olimpiya o'yinlari ishtirok etgan mashhurlar ham talaygina ular: 

1. Pep Gvardiola(Barselona-1992)

2. Luis Enrike(Barselona-1992)

3. Raul(Atlanta-1996)

4. Santi Deniya(Atlanta-1996)

5. Gaiska Mendeta(Atlanta-1996),

6. Fernando Morentes(Atlanta-1996)

 7. Xavi(Sidney-2000)

 8. Karles Puyol(Sidney-2000)

 9. Joan Kapdevilla(Sidney-2000)

 10. David De Xea(London-2012)

 11. Isko(London-2012)

12. Jordi Alba(London-2012)

13. Koke(London-2012)

 14. Sezar Aspilikueta(London-2012)

15. Dani Olmo(Tokio-2020)

16. Mark Kukurelya(Tokio-2020)

17. Migel Oyarsabal(Tokio-2020)

18. Marko Asensio(Tokio-2020)

19. Pedri(Tokio-2020)


O'yindan oldingi fikrlar

Ispaniya terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o'yinlarining ochilish o'yini oldidan Ispaniya Olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan videomatbuot anjumani o'tkazdi. Unda bosh murabbiy Santi Deniya ishtirok etdi.

"Olimpiya o'yinlari qiyin turnir, kichikroq miqyosda bo'lsa-da, jahon chempionatiga o'xshab ketadi. Birinchi o'yin, odatda, eng muhimi hisoblanadi va biz bor etiborimizni  mazkur bahsga qaratganmiz. Orzularni ro'yobga chiqarish vaqti keldi. Mening vazifam — qisqa vaqt ichida jamoa shakllantirib, ularni bir oilaga aylantirishdan iborat. Oltin medal bizni o'ziga chorlamoqda, chunki ko'p yillar mobaynida bunga erisha olmadik. Barcha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.  Fermin va Aleks Baenaning ikkalasi ham Evropa chempionati g'olibi bo'lishganidan keyin etib kelishgan. Ular biz uchun juda muhim futbolchilar sanaladi. Ikki yigit yaxshi holatda etib kelgan", dedi ispaniyaliklar ustozi" - deya fikr bildirdi Santi Deniya

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Ispaniya o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi. Olg'a, O'zbekiston!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика