Eshitdik-da! "Olimpik"ning yana bir futbolchisi Superliganing boshqa klubiga o'tmoqda
24 iyu 11:42
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Olimpik"ning yana bir futbolchisi Superliganing boshqa klubiga o'tmoqda
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Olimpik"ni yozgi transfer oynasida yana bir futbolchi tark etadi. Gap chap qanot himoyachisi Ahmadullo Muqumjonov haqida ketmoqda. 22 yoshli o'yinchining transfer huquqi OKMK klubiga tegishli. Muqumjonov 2-davrani ijara aosida "Bunyodkor"da o'tkazadi. Klub va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar yakuniy pallada.
Eslatib o'tamiz, 9 iyul kuni transfer huquqi OKMKga tegishli bo'lgan va "Olimpik"da o'ynab kelayotgan boshqa bir himoyachi Asad Rahimjonov ham "Bunyodkor"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edik. Bizdagi malumotlarga ko'ra, "qaldirg'ochlar" Rahimjonov bilan futbolchi Olimpiadaga yo'l olishidan avval shartnoma imzolab bo'lishgan.
Eshitdik-da! Parij Olimpiadasiga boradigan OTJ azosi "Bunyodkor"ga o'tmoqda
Malumot uchun, Ahmadullo Muqumjonov joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 15 ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urib, 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar