Superliga. "Metallurg" Navoiyda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
5 may 2018, 22:25
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarni kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


90+3. O'yin tugadi. "Qizilqum" - "Metallurg" 1:2

90+1. Ogohlantirish. "Metallurg". Javohir Ilyosov

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

85. Bugungi uchrashuvni 11252 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda...

83.  O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Kvesieshvili boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. Noaniq.

75. ZARBA! Yana Gevorkyan, yana to'p jonli devorga tegib qaytdi

75. Yana "Qizilqum" jarima to'pi ishladi

73. ZARBA! Gevorkyanning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

72. O'zgarish. "Metallurg". Zohid Abdullaev o'rniga Zafar To'raev tushdi

68. Ogohlantirish. "Metallurg". Shahzod Shaymanov

65. Alisher Sanoevning to'p uzatishida so'ng Elguja jarima maydoni ichida ikki raqibni chalg'itb chap oyog'i bilan gol urdi - 1:2.

65. GOOOOOOOOOOL! Elguja Grigalashvili 1:2

61. Ogohlantirish. "Qizilqum". Elguja Grigalashvili

59. Ogohlantirish. "Qizilqum". Giorgi Kvesieshvili

50. O'ng qanotdan Zabihillo O'rinboev katta tezlikda oldinga bordi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, Muhsin Ubaydullaev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Shaymanov darvozaga yo'lladi - 0:2.

50. GOOOOOOOOOL! Shahzod Shaymanov 0:2

46. Ikkinchi taym boshlandi. 


45+3. Birinchi taym tugadi.

45+2. Javohir Ilyosov ajoyib seyv bilan jamoasini goldan qutqarib qoldi

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi

44. Samandar Shodmonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Nemanya Yovanovich boshi bilan darvozaga yo'lladi. Noaniq.

40. Xavfli vaziyat! Gevorkyanning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Shodmonov darvozaga yo'lladi, ozgina noaniq!

39. O'zgarish. "Qizilqum". Doniyor Usmonov o'rniga Samandar Shodmonov maydonga tushdi.

32. ZARBAAAAA! Sherali Jo'raevning kuchli zarbasidan so'ng Javohir Ilyosov to'pni ushlab oldi!

21. Chap qanotdan Islom Isoqjonovning jarima maydonchasiga uzatgan to'pni Zohid Abdulllaev qabul qilib oldi va qiyinchiliksiz darvozaga yo'lladi - 0:1.

21. GOOOOOOOL! Zohid Abdullaev 0:1

20"Qizilqum" ko'proq hujum qilmoqda, havodan uzatilgan to'pga Yovanovich zarba berdi, noaniq

11. ZARBAA! Yovanovichning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, Elguja esa qaytgan to'pga zarba bera olmadi

10. Dastlabki daqiqalarda jamoalar tengma teng o'yin namoyish etishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 20:30da boshlanadi.


 


20:30 - “Qizilqum” – “Metallurg” 1:2
5 may 2018. Navoiy. "Yoshlar" stadioni.
Hakamlar:
O.To'ychiboev (Farg'ona), SH.A'zamov (Farg'ona), R.Kapadze (Farg'ona), K.Rasulov (Qashqadaryo).
Nazoratchi – D.Roman (Toshkent).
Komissar – L.Qo'chqorov.
Gollar: Zohid Abdullaev 21, - 0:1 (Islom Isoqjonov). Shahzod Shaymanov 50, - 0:2. Elguja Grigalashvili 65, - 1:2 (Alisher Sanoev).
"Qizilqum": Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Giorgi Kvesieshvili, Alisher Sanoev, Doniyor Usmonov (Samandar Shodmonov, 39), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich
Zaxira: Erkin Jabborov, Suhrob Yarashev, Nodir Kamolov, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Sergey Proxorov, Artyom Makosin, Mirjalol Qosimov

"Metallurg": Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabihillo O'rinboev, Islom Isoqjonov (Muhammad Isaev, 51), Zohid Abdullaev, Jasur Hasanov, Sherzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko
Zaxira: Zafar Safoev, Javohir Esonqulov, Abror Toshqo'ziev, Dilyorbek Ermatov, Andrey Shipilov, Xudoyshukur Sattorov, Zafar To'raev, Jamshid Yusupov

Ogohlantirishlar: Giorgi Kvesieshvili 59, Elguja Grigalashvili 61, Shahzod Shaymanov 68, Javohir Ilyosov 90+1.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia