So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  4 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  67 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Superliga. "Paxtakor" "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi, Sergeevdan dubl Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi, Sergeevdan dubl

2020 yilgi Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

1.O'YIN BOSHLANDI! 

Dastlabki daqiqalarda jamoalar hujum tashkil qilib, gol urishga intilishdi. 

"Navbahor"ni qo'llash uchun stadionga kelgan minglab muxlislar ajoyib muhitni yuzaga keltirishmoqda.

12-daqiqada Abbos G'ulomovni yiqitgani uchun Hojiakbar Alijonov ogohlantirildi. Bu 2020 yilgi Superligada dastlabki sariq kartochka bo'lib tarixga kirdi.

18-daqiqada mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Sayfievning havodan uzatgan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi, O'tkir Yusupov ajoyib seyv namoyish etdi, qaytgan to'pni Sergeev yana darvozaga tepdi, bu safar ham Yusupov o'z o'rnida! 

21-daqiqada Isoqjonov ogohlantirildi.

"Navbahor"ning qarshi hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda, ammo golga tortadigan vaziyat sodir bo'lganicha yo'q.

GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 26-daqiqada Ivan Solovyov gol urdi - 0:1.  Bu vaziyatda Abbos G'ulomovning ajoyib pasini alohida takidlash lozim.

33. Aziz Turg'unboevning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. 

Ivan Solovyovning urgan golini saytimizning telegramdagi rasmiy kanalida tomosha qilish mumkin.

45. "Navbahor" jarima maydoniga uzatilgan to'pni Yusupov egallab oldi. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

QIZIL KARTOCHKA! 45+3-daqiqada Islombek Isoqjonov ikkinchi marta sariq kartochka oldi va maydonni tark etdi. 


Ikkinchi taym boshlandi.

GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 51-daqiqada CHeranning uzatgan to'pini Igor Sergeev darvozaga yo'lladi - 1:1. 

"Navbahor" 10 kishi bo'lib qolgach, biroz shashti tushib qolgandek. "Paxtakor" esa sondagi ustunlikdan foydalanmoqda. 

Stadionga kelgan "Navbahor" muxlislari hakam shaniga "yaxshigina salomlar" yo'llashmoqda. 

68. "Paxtakor"da o'zgarish, Sobirxo'jaev o'rniga Eren Derdiyok tushdi. SHveycariyalik futbolchining Superligadagi debyuti.

70. "Navbahor" jarima to'piga ega bo'ldi, Turg'unboevning zarbasi o'ta noaniq ketdi. 

QIZIL KARTOCHKA! 78. Egor Krimec ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. 

83. "Paxtakor"da yana o'zgarish, Dostonbek Hamdamov o'rniga Asadbek Sobirjonov tushdi

85. Anzur Ismoilovdan ajoyib aniq zarba, O'tkir Yusupovdan undan ham ajoyib seyv! 

GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 89. Igor Sergeev dublini rasmiylashtirdi - 2:1.  

Uchrashuvda "Paxtakor" "Navbahor"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.



"Paxtakor" – "Navbahor" 2:1 (0:1)
27 fevral 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 16:00
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Farhod Abdullaev
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Ivan Solovyov 26, - 0:1 (Abbos G'ulomov). Igor Sergeev 51, - 1:1 (Dragan CHeran). Igor Sergeev 89, - 2:1 (Anzur Ismoilov).

"Paxtakor": 25.Eldor Suyunov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimec, 34.Farrux Sayfiev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (77.Eren Derdiyok, 68), 20.Odiljon Hamrobekov, 17.Dostonbek Hamdamov (8.Asadbek Sobirjonov, 83), 10.Dragan CHeran, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeev (23.SHerzod Azamov, 90+1).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Alisher Salimov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 21.Abror Ismoilov, 29.Vladimir Kozak, 92.Umar Eshmurodov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg'unboev, 11.Islombek Isoqjonov, 15.Obid Jo'raboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 70.Abbos G'ulomov.
Zaxira: 23. Dilshod Hamroev, 5. G'iyosjon Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 17. Abdulxay Ismoilov, 18. Sardor Telyakov, 33. Tohir SHamsiddinov, 94. Anvar Hojimirzaev, 95. Zabihillo O'rinboev.

Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov 12, Islombek Isoqjonov 21, Ivan Solovyov 29, Egor Krimec 33, Sardor Sobirxo'jaev 41, Eren Derdiyok 72, Xurshidbek Muxtorov 82, O'tkir Yusupov 89, Farrux Sayfiev 90+4.

CHetlatish: Islombek Isoqjonov 45+3 (2SK), Egor Krimec 78 (2SK).


Paxtakor

Igor Sergeyev - 51', Igor Sergeyev - 89'

Superliga. 1-tur

27/02/2020, 16:00

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Ivan Solovyov - 26'

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

45'
90'
12'  Xozhiakbar Alizhonov
33'  Egor Krimets
41'  Sardor Sobirxo’jayev
51'  Igor Sergeyev
51'  Dragan CHeran
68'  Sardor Sobirxo’jayev (Eren Derdiyok)
72'  Eren Derdiyok
78'  Egor Krimets
83'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)
89'  Igor Sergeyev
89'  Anzur Ismoilov
90'  Igor Sergeyev (Sherzod A’zamov)
90'  Farrux Sayfiev
21'  Islombek Isoqjonov
26'  Ivan Solovyov
26'  Abbos G'ulomov
45'  Islombek Isoqjonov
82'  Xurshidbek Muxtorov




Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика