So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  24 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  11 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  2 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  4 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  12 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  30 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  4 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  8 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Superliga. "Buxoro" o'z maydonida "Qizilqum" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Buxoro" o'z maydonida "Qizilqum" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Buxoro Qizilqum
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.




Superliga, 3-tur
BUXORO — QIZILQUM 1:1
7 aprel 2019. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Doniyor Saylavov, Rishat Nig'monov, Ishoq Ibragimov.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Medina Smit 5, - 0:1 (Alisher Sanoev). Doston Ibragimov 27, - 1:1.

"Buxoro": Rahimjon Davronov, Azamat Isroilov, Mirjalol Jumaev, Ivan Nagaev, Salamat Qutiboev, Asad Sobirjonov, Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Akram Bahriddinov (Firdavs Asadov, 63) (Akobir To'raev, 87), Artyom Kulesha, Doston Ibragimov (Jamoliddin Ubaydullaev, 75)
Zaxira: Nodir Ashurmatov, Xurshid Xodjaev, Behruz SHodmonov, Tohirjon SHamsiddinov, Behruz Zayniddinov, Jahongir Abdumo'minov

"Qizilqum": Evgeniy CHeremisin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev (Xurshid Olimov, 46), Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoev, Eldor Boymatov, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvili (Murod Bobojonov, 89), Ariagner Smit Medina
Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Azizbek Usmonov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashov


Buxoro

Doston Ibragimov - 27'

Superliga. 3-tur

07/04/2019, 18:30

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Medina Smit - 5'

45'
90'
27'  Doston Ibragimov
63'  Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov)
75'  Doston Ibragimov (Jamoliddin Ubaydullayev)
5'  Medina Smit
5'  Alisher Sanayev
46'  Alisher Sanayev (Xurshid Olimov)



MATNLI TRANSLYACIYA



90. O'yin tugadi.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

89.  Qizilqum safida o'zgarish: Grigalashvili o'rniga Murodbek Bobojonov maydonga tushdi.

89. Raqib darvozasi oldida o'ta xavfli vaziyatni yaratishdi futbolchilar: SHerali Jo'raevning uzatib bergan to'pini darvozaga yo'llashga Grigalashvili bir soniya kech qoldi.

87. Buxoroliklar tarkibida o'zgarish: Firdavs Asadov o'rniga Akobir To'raev maydonga tushdi.

81. Grigalashvili chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va kutilmagan yaqin burchakka erlatib kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi

77. Qanotdan uzatilgan to'pni Firdavs Asadov boshi bilan darvozaga yo'lladi. CHeremisin o'z o'rnida!

75. "Buxoro" safida o'zgarish: Doston Ibragimov o'rniga Jamoliddin Ubaydullaev maydonga tushdi.

73. Grigalashviliga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima to'pi. Darvozagacha 22 metrlar masofa... Elgujaning zarbasi ancha noaniq chiqdi

63. "Buxoro" tarkibida o'zgarish: Akram Bahriddinov o'rniga Firdavs Asadov maydonga tushdi.

59. Ivan Nagevga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan jarima zarbasini Akrom Bahriddinov aniq va kuchli zarbasi bilan darvozaga yo'lladi. CHeremisini zarbani bartaraf eta oldi.

58. Qanotdan uzatilgan to'pni Elguja Grigalashvili chamasi 2-3 metrlardan darvozga noaniq yo'lladi

55. Boymatovning burchakdan uzatgan to'pini Qambarov Smitga uzatdi. Medinaning chalqancha usulda bergan zarbasi golga aylanishiga santimetrlar etishmadi...

52. Medina Smit chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni jamoadoshlariga uzatdi.. Buxorolik himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi..

46. O'zgarish. "Qizilqum". Alisher Sanoev o'rniga Xurshid Olimov maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45. Birinchi taym tugadi

38. Smitning chap qanotdan uzatgan to'pini Mirjalol Qosimov yaqin masofadan darvozaga yo'llay olmadi. Gol urish uchun juda qulay imkoniyat edi

33. Buxoroliklarning xavfli hujumi. Asadbek Sobirjonov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o'tkir burchak ostida bo'lishiga qaramay zarba berishga erishdi. CHeremisin xavfni bartaraf etdi

27. GOOOOOOOOOOOOL! Doston Ibragimov jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarbasi bilan uzoq burchakni aniq nishonga oldi - 1:1.


25. Mezbolarning xavfli zarbasi. Asadbek Sobirjonovning chamasi 18 metrlardan yaqin burchakka yo'llagan kuchli va aniq zarbasini CHeremisin qaytarib qoldi

20. Mezbonlar to'p nazoratini o'zlarida saqlab turishga urinishmoqda...

15. Eldor Boymatovning burchakdan uzatgan to'pini Ubaydullaev boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi. Noaniq.

13. Buxoroliklarning kam sonli hujumlaridan biri. O'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni CHeremisin egallab oldi.

8. "Qizilqum"ning navbatdagi hujumi. Grigalashvili to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Boymatovga uzatdi. Eldor to'pga etib kela olmadi. Ammo raqib futbolchisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi

6. Gol urilgan vaziyatda hujumchi Sanovening qanotdan uzatgan to'pini raqib jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va chamasi 4-5 metrlar masofadan qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi...


5. GOOOOOOOOOOOOL! Mehmonlarning o'ng qanotdan boshlangan hujumini Medina Smit muvaffaqiyatli yakunladi - 0:1.

3. Doston Ibragimovning "jonli devor"dan oshirib yo'llagan zarbasini CHeremisin egallab oldi

2. Mezbonlar jarima to'pi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Darvozagacha 20 metrlar masofa

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 



YANGILASH

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика