So’nggi yangiliklar

11:55Винисиус, Леау ёки Хвича: дунёнинг энг яхши чап қанот вингери эълон қилинди  1 11:22Роналду Осиё Чемпионлар Лигасидаги голини отасининг хотирасига бағишлади  0 10:47"Барселона" жароҳат сабаб бир йилга сафдан чиққан футболчи билан янги шартнома тузди. Товон пули эса даҳшат  0 10:06Владимир Бубанья: “Финални кўтаринки кайфият билан кутяпман”  1 09:19Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 08:45Sofascore. Кечаги учрашув учун "Пахтакор" футболчилари неча баҳо олишди?  2 08:17"1:6"! Ҳисоб ўйинга мос бўлмаган Аргентина - Қозоғистон учрашувидан ГАЛEРEЯ  4 07:40"Реал Мадрид"нинг яна бир етакчиси жароҳат олди  2 07:10Элит Чемпионлар лигаси. 36 ёшли Драган Черан "Пахтакор"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  7 02:24Германиялик болалар футболи бўйича мутахассис “Шўртан” футбол клубига келди  1 01:31Қозоғистон устози: "Футзалда ҳаёт шундай – бугун сен зўрсан, уч кундан кейин эса йўқ"  0 01:21ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Ал Аҳли" меҳмонда ғалаба қозонди, Машарипов жамоаси мағлуб бўлди, "Ал Насср" Роналдунинг голи эвазига зафар қучди (+жадвал)  1 00:37Винисиус Кокега: "Менда иккита ЧЛ соврини бор, сенда ҳеч нарса"  14 23:57Ғалабани "ўзгача" нишонлаган ва жазоланган Мартинес: "Бу ҳақоратли ҳаракат деб ўйламагандим"  8 23:31Камолиддин Тожиев: "Эронга ижобий натижа учун келган эдик"  14

Superliga. "Olimpik" safarda "Bunyodkor"ni sharmandali hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" safarda "Bunyodkor"ni sharmandali hisobda mag'lub etdi

Teglar :  BunyodkorOLIMPIK
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvi yakunlandi.


BUNYODKOR – OLIMPIK 1:5


30 aprel 2022 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Elyor Tursunov, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Nikita Mustafin
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistenti: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gol: Abdurauf Bo'riev, 9 (0:1), Ruslan Jiyanov, 29 (0:2), Alisher Odilov, 37 (0:3), Ibrohim Tomiva, 40 (1:3), Davron Anvarov, 73 (1:4), Po'latxo'ja Xoldorxonov, 90+1 (1:5)

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov (91.Zafar Safoev, 62), 4.Davron Ergashev, 5.Dilshod Jo'raev (99.Umid Sultonov, 71), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Odiljon Abdurahimov (10.Rasul Yo'ldoshev, 46), 8.Francis Narx, 22.Usmonali Ismonaliev, 33.Umarali Rahmonaliev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Tomiva (29.Muzaffar Olimjonov, 71), 88.Jahongir O'rozov (2.Sardor Xursandov, 46)

Zaxira: 3.Mahmudjon Mahamadjonov,  19.Bilol Tupliev, 21.G'ayrat Azizxo'jaev, 37.Muhammadodil Qahramonov.


"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamt Mirsaidov, 4.Eldorbek Begimov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Ruslanbek Jiyanov (99.Muhammadali G'iyosov, 69), 10.Farruhbek Muxtorov (8. Bektemir Abdumannonov, 58), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (47.Humoyun SHerbo'taev, 87), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (77.Davron Anvarov, 58), 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov (22.Po'latxo'ja Holdorxonov, 69), 44.SHahzod Toirov.

Zaxira: 1. SHukron Yo'ldashev, 17. Jaloliddin Sodiqov, 19. Doston Tursunov, 20. Diyor Ortiqboev, 



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Olimpik" safarda "Bunyodkor"ni qaqshatqich hisobda mag'lubiyatga uchratdi.


90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! O'sha aytib bo'lmas hisob qayd etildi, Po'latxo'ja Holdorxonov gol muallifi - 1:5.

90. Muhammadali G'iyosov raqib darvozaboniga shikast etkazgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

Fan-klub tomonidan SHuhrat Maqsudovga hayqiriqlar yangramoqda.

88. "Olimpik" futbolchisi birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

87. "Olimpik"da so'nggi o'zgarish: Humoyun SHerbo'taev Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga maydonga tushdi.

86. Mezbonlarning burchak zarbasi samarasiz yakunlandi.

81. Usmonali Ismonaliev hakam tomonidan ogohlantirildi. Qo'polliklarning ham chegarasi bor. Hakam VARni ko'rib chiqmoqda. Sariq o'z kuchida qoldi.

Maqsad sari intilsang, albatta erishasan, faqat bugungi o'yinda emas

78. Mirsaidov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam uning o'rnidan turish kerakligini uqtirdi. 

76. Rikoshet bo'lmaganda aytishga noqulay hisobni tabloda ko'rgan bo'lardik.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Davron Anvarov hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.


71. Mezbonlarda o'zgarishlar: Dilshod Jo'raev o'rniga Umid Sultonov,  Ibrohim Tomiva o'rniga Muzaffar Olimjonov safga qo'shildi.

71. Narxning chap qanotdan oshirgan pasiga oyoq qo'yadigan sherigi topilmadi.

69. "Olimpik" yana ikki o'zgarishga qo'l urmoqda: Po'latxo'ja Holdorxonov Otabek Jo'raqo'zievni, Muhammadali G'iyosov Ruslanbek Jiyanovni almashtirdi.

66. Xavfli vaziyat! Jiyanov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqandi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

62. "Bunyodkor"da darvozabon almashmoqda: Zafar Safoev Suhrob Sultonov o'rniga o'yinga qo'shildi.

60. So'nggi ikki daqiqa ichida "Bunyodkor"ning ikki o'yinchisi raqib jarima maydonida yiqildi, biroq bosh hakam penalti belgilashga asos yo'q deb topdi.

58. "Olimpik"da ikki o'zgarish: Davron Anvarov Muhammadaziz Ibrohimov o'rniga, Bektemir Abdumannonov esa Farruhbek Muxtorov o'rniga o'yinga qo'shildi.

57. ZARBA! Narx qanotdan oshirilgan to'pga bosh bilan zarba bergandi, Nazarov xotirjam to'pni egallab oldi.

55. Maydonda shifokorlarni keragidan ortiq ko'ryapmiz. Navbatdagi jabrdiyda Muhammadaziz Ibrohimov.

53. Yo'ldoshevning beo'xshov uzatmasi SHuhrat Maqsudovning "yoqimli maqtovi"ga sabab bo'ldi.

52. Ikki futbolchi to'p uchun kurashda "shoxlashdi". SHifokorlar maydonga tushib kelishdi.

51. Jiyanov yana gol urgisi kelyapti. Uning bu safargi zarbasi aniq bordi, biroq Sultonov hushyorlikni yo'qotmadi.

50. "Olimpik"da yana bir standart vaziyat raqib himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

48. To'p jonli devordan nariga o'tmadi.

47. "Bunyodkor" darvozasi yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

"Bunyodkor" taym boshida ikki o'zgarishag qo'l urdi: Abdurahimov o'rniga Rasul Yo'ldoshev, O'rozov o'rniga Sardor Xursandov maydonga tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. "Olimpik" yirik hisob bilan birinchi bo'limni yakunlashi mumkin edi, jamoa hujumchisiga aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi.

45. "Bunyodkor" futbolchisi jarima zarbasidan so'ng hisobni qisqartirishi mumkin edi, bosh bilan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

44. Davron Ergashev raqamdoshini maydonga qulatgani uchun sariq kartochka bidan jazolandi.

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Tomiva Nazarovning sovg'asini golga aylantirib, hisobni qisqartirdi.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! Alisher Odilov  hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Qanodan uzatilgan to'pni Odilov qiyinchiliksiz darvozaga joylab qo'ydi.

34. "Bunyodkor" jarima tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Qarshi hujumda esa mehmonlar hisobni yiriklashtirishiga bir bahya qoldi.

"Bunyodkor"ning butun fan-klubidan qo'shni sektorda o'tirgan bolakayning "Olimpik" degan qichqirig'i balandroq eshitilmoqda. SHu zumrasha hurmati g'alaba qozonmasa bo'lmaydi mezbonlar.

31. Bo'ldi-da endi, sal qolsa, Jiyanov yana bir golni qo'shib tantana qilardi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Ruslando bo'lib ket-a! Jiyanov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va oxir-oqibat maqsadiga erishdi.

28. Narx yiqitildi. U o'z tilida nimanidir deb qo'ydi, lekin biz tushunmadik.

26. Mirsaidov raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

25. Hammasi joyida. Bahonada futbolchilar ham hordiq chiqarib olishdi.

Hakam VAR bilan gaplashmoqda. Mezbonlar darvoazasiga penalti belgilanishi mumkin.

22. "Olimpik" ikkinchi golga yaqin kelgandi, yana bir imkoniyat ko'kka sovurildi.

21. Maydon markazida yana mehmonlar o'yinchisi "chopildi".

19. Muxtorov uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, noaniq.

17. Noyerov, yo'g'e, Nazarov bu safarov Mirsaidovni yakkama-yakka holatga boshlagandi, yana to'pni to'xtatishda sustkashlik.

16. Maydon markazida "Olimpik" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

14. Goldan keyin mezbonlar hali o'ziga kelolmayapti, hujumlar "Olimpik" tomonidan tashkil etilmoqda.

"Bunyodkor" osmoni uzra qaldirg'ochlar emas, muxlislardan ham ko'proq pashshalar uchib yuribdi.

12. Gol urgan mehmonlar faollikni oshirdi. Jiyanov chap qanotdan aldamchi harakatlar qilib, darvozaga zarba yo'lladi, noaniq.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Sen urmasang, senga urishadi! CHap qanotdan kirib borgan Jiyanovning uzatmasidan so'ng Bo'riev to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

8. ZARBA! Narxning uzatmasidan so'ng Tomiva to'xtatmasdan zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida.

7. "Bunyodkor"da yana bir burchak to'pi tepish imkoniyati paydo bo'lgandi, yana besamar yakunlandi.

5. Mezbonlar burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Vaziyat bartaraf etildi.

4. Vladimir Nazarov Begimovni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga boshlagandi, Eldor to'pni to'xtatishda yaxshi harakat qilolmadi, natijada yaxshi hujum ko'kka sovurildi.

3. "Olimpik"ning javobi esa "yigit baho"ga loyiq bo'ldi.

2. ZARBA! Narxning zarbasi darvozasi to'sinini titratib yubordi.

1. Dastlabki hujum samaramiz yakunlandi.

1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Ayni damda "Bunyodkor" 10 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda, "Olimpik" esa 3 ochko bilan 11-pog'onani band etib turibdi.

Hozirgina Sevara Nazarxon ijrosidagi maroqli tarona ijro etildi. Endi esa ikki jamoa maydonda maroqli futbol namoyish etgani maydonga chiqishga shay holatda turishibdi.

O'yin avvalidagi chiroyli kadr. Ko'ramiz, o'yin so'nggida kimning kayfiyati chog', kim esa g'amgin maydonni tark etar ekan.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. Bir necha daqiqalardan so'ng "Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvi start oladi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика