Superliga. Bugun 13-tur boshlanadi
28 iyu 2019 10:25
Yangiliklar


Superliga. Bugun 13-tur boshlanadi
18:00 - DINAMO — BUNYODKOR (Sport TV LIVE)
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Serazitdinov, Aleksandr Sidorov, Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: SHerzod Rajabov
18tadan ochko to'plagan ikki klub o'rtasidagi bahs.
"Dinamo" bu mavsum o'z uyidagi hech bir o'yinda yutqazmayapti. Jamoaning Samarqanddagi mag'lubiyatsiz seriyasi 7ta o'yinga etdi (4 g'alaba, 3 durang). "Bunyodkor" esa so'nggi ikki turda g'alaba qozona olmadi (1 durang, 1 mag'lubiyat).
Samarqand klubi oxirgi uchta turning barchasida raqib darvozasiga ikkitadan gol urishga erishdi.
Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida jami 20 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Qaldirg'ochlar" 16 bor g'alaba qozonishgan. Uch marta durang qayd etilgan. "Dinamo" o'z tarixida bir martagina "Bunyodkor"ni mag'lub eta olgan. Bu voqea 2014 yil Toshkentdagi bahsda sodir bo'lgan.
Samarqandda o'tgan 10ta uchrashuvning hech birida mezbonlar 3 ochkoni qo'lga kirita olishmagan. Ikki marta durang kuzatilgan va 8 bor imkoniyat boy berilgan.
Dinamo Sanjar Baratov - 64' |
Superliga. 13-tur 28/06/2019, 18:00 2
:
1
Tugadi
|
Bunyodkor Mirzhahon Mirahmadov - 29', Xurshid G’iyosov - 87' |
19:00 - AGMK — METALLURG (Mahalla TV LIVE)
Hakamlar: Elyor Tursunov, Doniyor Saylavov, Rishad Nugmanov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Farhod Abdullaev
Komissar: Sardor Qudratullaev
Toshkent viloyatining ikki klubi o'rtasidagi to'qnashuv.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa o'tgan turda Andijonda g'alaba qozonib 4ta tur davom etgan g'alabasiz seriyasiga barham berdi. "Metallurg" ushbu mavsum safarda g'alaba qozona olmagan 4ta klubdan biri bo'lib turibdi (3 durang, 3 mag'lubiyat).
O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak Olmaliq klubi 11 marta, Bekobod klubi 10 marta g'alabaga erishgan. O'zaro o'yinlar faqat bir marta durang bilan nihoyasiga etgan.
AGMK o'z tarixida bir marta o'z maydonida "Metallurg"ga yutqazgan (2018 yil).
Bu yil AGMK safida o'ynayotgan SHerzod Fayziev 2018 yilda "Metallurg" sharafini himoya qilgan. Muzaffar Muzaffarov esa o'tgan yil AGMKda o'ynagan va hozirda Bekobod klubida to'p tepmoqda.
OKMK Sardor Rahmonov - 54' |
Superliga. 13-tur 28/06/2019, 19:00 1
:
1
Tugadi
|
Metallurg Server ZHeparov - 25' |
20:00 - QIZILQUM — NAVBAHOR (Sport TV LIVE)
Hakamlar: Jasur Muhtorov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Erkin Baxtiyorov
O'tgan tur 0:8 hisobida yutqazgan "Qizilqum" o'z uyida yangi bosh murabbiyga ega bo'lgan "Navbahor"ni qabul qiladi.
"Lochinlar"ning chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 9ta o'yinga etdi (4 g'alaba, 5 durang). "Qizilqum" esa besh turdan buyon hech kimni yuta olmayapti (3 durang, 2 mag'lubiyat).
Bu jamoalar shu kungacha bir-biri bilan 38 marta o'yin o'tkazgan. 14ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan bo'lsa 13ta bahsda navoiyliklar g'olib chiqishgan. Qolgan 11ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan.
"Qizilqum" maydonida o'tgan oxirgi 5ta o'yinning barchasida mezbonlar g'olib bo'lishgan. So'nggi marta "Navbahor" 2013 yilda ushbu raqib maydonidan g'alaba bilan qaytgan.
Qizilqum Medina Smit - 27' |
Superliga. 13-tur 28/06/2019, 20:00 2
:
1
Tugadi
|
Navbahor Aleksandr Kasyan - 70', Aleksandr Kasyan - 80' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar