So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  5 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Birga-bir vaziyatlarda jamoasini qutqargan posbon, xet-trik qayd etgan futbolchi, jamoasi kambek qilgan murabbiy - Superligada 8-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Birga-bir vaziyatlarda jamoasini qutqargan posbon, xet-trik qayd etgan futbolchi, jamoasi kambek qilgan murabbiy - Superligada 8-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 8-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi darvozaboni – Umidjon Hamroev ("Mashal")

Bu turda "Mashal" "Buxoro" mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Muborakliklar posboni seyvlari bilan qoyil qoldirdi, shuningdek, bir qator birga-bir vaziyatlarda jamoasi joniga ora kirdi. Shu orqali u Championat.asia ijodkorlari tomonidan 8-turning eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi murabbiyi – Mirjalol Qosimov (OKMK)

OKMK "Andijon"ga qarshi 8-tur to'qnashuvida fantastik kambek namoyish qildi. Mirjalol Qosimov shogirdlari tanaffusga 1:3 hisobida boshi egik holda yo'l olganiga qaramay, ikkinchi taymda butkul boshqacha o'yin ko'rsatib, irodali g'alabaga erishdi (4:3). Shu tariqa tajribali murabbiy 8-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi futbolchisi – Xurshid G'iyosov (OKMK)

OKMK bu tur Olmaliqda o'ziga xos kambek ko'rsatdi. Olmaliqliklar 4:3 hisobida g'alaba qozongan bahsda G'iyosov xet-trik qayd etdi. U bir marta bosh bilan gol urgan bo'lsa, ikki marta penalti orqali darvozani ishg'ol etdi. Shu tariqa Xurshid G'iyosov 8-turning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilindi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng chiroyli goli muallifi – Ilhom Vahobov ("Qizilqum")

"Qizilqum" bu tur o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Mezbonlarning birinchi goliga chap qanot himoyachisi Iljomjon Vahobov mualliflik qildi. U maydon markazida to'pni egallab, katta tezlikda oldinga bordi hamda chap oyog'ida darvozabon uchun qiyin bo'lgan nuqtani nishonga oldi. Ushbu to'pni kiritgan Ilhom Vahobov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика